Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qalampir LIVE

qalampirlive
Qalampir.uz — saytining tezkor yangiliklar kanali. ▫️ | RASMIY — @qalampir ▫️ | SPORT — @qalampirsport Reklama: @qalampir_marketing , +998(99)868-33-20 Voqea joyidan qaynoq videolarni yuboring: @InfoQalampir
Subscribers
59 182
24 hours
-69
30 days
-1 521
Post views
4 955
ER
8,37%
Posts (30d)
1 992
Characters in post
406
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 18:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ukraina qancha vaqt talab qilinsa, shuncha muddat kurashishda davom etadi – Budanov
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 18:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇹🇷
Turkiya dron va raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Turkiya AKINCI uchuvchisiz jangovar apparatini ROKETSAN kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan UAV-300 va UAV-122 raketalarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan. Sinovlarning asosiy natijasi UAV-300 tovushdan tez uchuvchi ballistik raketasi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Raketa 250 km dan ortiq masofadagi nishonni muvaffaqiyatli urib, AKINCI dronining uzoq masofaga mo‘ljallangan ballistik zarba berish imkoniyatlarini namoyish etgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 17:55
Media unavailable
4
Show in Telegram

🇾🇪
Yaman husiylari Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi yaqinidagi hududni egalladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 17:40
Media unavailable
5
Show in Telegram

🇾🇪
🇸🇦
Husiylar Dubab shahridan qochgan Saudiyaga aloqador guruhlarga tegishli harbiy texnikani egallab oldi
Dubab shahri Yaman janubi-g‘arbidagi Taiz muhofazasida joylashgan strategik muhim port shahridir. U muhim dengiz va neft yo‘li bo‘lmish Bob al-Mandeb bo‘g‘ozining aynan yonida joy olgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 17:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

400 минг доллар эвазига ўзгарган дунё: 11 сентябрь фожиасининг арзон режаси ва қиммат оқибатлари
🎬
Видеони кўриш
👉
Мақолани ўқиш
Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 16:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇸🇦
🇾🇪
Yaman Saudiyaning Karayel droni urib tushirilganini e’lon qildi
Yaman kuchlari Hajjah viloyati osmonida Saudiya Arabistoniga tegishli bo‘lgan Karayel rusumli razvedka uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilganini ma’lum qilgan.
Haddan ziyod harbiy vaziyatlar kuzatilayotgan ushbu hududda dushmanning texnikasi yo‘q qilingani tasvirlangan video yozuvlar rasman jamoatchilikka taqdim etilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 16:31
Media unavailable
4
Show in Telegram

🇮🇹
Milanning Malpensa aeroportida EasyJet samolyoti tutun sababli evakuatsiya qilindi
Italiyaning Milan shahridagi Malpensa aeroportida Pragaga uchishga tayyorlanayotgan EasyJet aviakompaniyasiga tegishli samolyotda tutun aniqlangan. Natijada bortdagi 146 nafar yo‘lovchi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tutun chiqishiga yo‘lovchilardan birining yukidagi pauerbank sabab bo‘lgan. Hodisadan so‘ng aeroport faoliyati taxminan bir soatga to‘xtatilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 16:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇸
🇵🇰
🇮🇷
Pokiston AQSH va Eronni muzokaralar stoliga chaqirmoqda
Pokistonning BMTdagi doimiy vakili Asim Iftixor Ahmadning ta’kidlashicha, mavjud qiyinchiliklarga qaramay, Islomobod Vashington va Tehron bilan yuqori darajadagi muzokaralarni davom ettirmoqda. Diplomat tomonlar o‘rtasida o‘zaro ishonch yetishmasligini qayd etdi. Shu bilan birga, uning fikricha, AQSH va Eronni muzokaralar stoliga qayta o‘tqazmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q.
Pokiston AQSH va Eron o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklash hamda mavjud kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan bartaraf etishga ko‘maklashish tarafdori ekanini bildirdi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 16:01
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🇺🇦
🇷🇺
Rossiya Kiyevdagi ikki yoqilg‘i quyish shoxobchasiga zarba berdi: qurbonlar bor
Zarbalar shaharning Dnepr va Obolon tumanlaridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga berilgan. Obolon tumanidagi shoxobchaga ikki marta zarba berilgan. Hujumlar oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 6 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH

September 11, 15:49
Media unavailable
6
Show in Telegram

🇮🇹
Italiyaga kuchli bo‘ron yopirildi
Bir necha oylik jazirama issiqdan so‘ng Italiyada suv toshqinlari, momaqaldiroqlar va havo haroratining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Eng katta talafot Toskana viloyatida qayd etildi, Liguriya qirg‘oqlari yaqinida esa ulkan dengiz quyuni kuzatildi.
Udine provinsiyasida esa avtomobili suv bosgan ostki o‘tish joyida qolib ketgan ayol halok bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY
|
LIVE
|
SPORT
|
TV
|
ENGLISH