
Qamariddin Bekmuhammad
📣
МУҲИМ ЭЪЛОН Самарқанддаги «Китобхонлик мактаби» 23 октябрга кўчирилди Айни дам Самарқанд шаҳрида бўлиб ўтаётган катта анжуман сабабли Самарқандда ўтказилиши режа қилинаётган «Китобхонлик мактаби» лойиҳасининг илк сони бир кун кейин, яъни 23 октябрь жума…
Maktab o‘zi bizga kerakmi?
Maktab bolani tarbiyasiga ham mas’ulmi yoki barcha mas’uliyat faqat oilasining bo‘ynidami?
30 xil xarakterdagi bolaga bir xil yondashuv — ta’lim tizimidagi eng katta xatomi?
“Matemaster”
bilan maktabdagi yashirin haqiqatlar haqida ochiq gaplashdik.
💬
Siz nima deb o‘ylaysiz, videoni ko‘rib, izohlarga o‘z fikringizni yozib qoldiring!
📹
Premyera
:
https://youtu.be/jKQ1Gc9nFKk
@gurungpodkasti
🎉
«Умра атласи» китоби қайта нашрдан чиқди
Устоз
Абдул Азим Зиёуддиннинг
«Умра атласи»
номли китоби
📖
Бу асар умрага тайёргарлик кўраётганларда сафар ҳақида жонли тасаввур ҳосил қилишга мўлжалланган.
Китоб уч бўлимдан иборат бўлиб, дастлабки иккитасида умра ибодати, зикру дуолар, масжидда, хусусан, икки Ҳарамда юриш-туриш одоблари содда ва равон, оммабоп услубда баён қилинган. Учинчи бўлимда эса Мадина ва Маккадаги тарихий ёдгорликлар, зиёратгоҳлар ҳақида тарихий-қомусий маълумотлар, кўргазмали суратлар, хариталар тақдим этилган.
✅
Китобга
«Ҳарамда жаноза ўқиш тартиби», «Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг шамойиллари», «Ҳаж ва умранинг қабул бўлиш аломатлари»
каби мақолалар ҳам киритилган.
👉
Нархи: 49 000 сўм
📍
Манзилларимиз
✅
Сайт орқали буюртма бериш
Сотиб олиш учун:
✍️
@hilol_reception
📞
+998712175999
✅
«Hilol» иловаси
орқали сотиб олсангиз, ҳар сафар 1% бонусга эга бўласиз.
@hilolnashr
✨
Айни вақтда китобхонлар билан суҳбатлар, викторина саволлари ҳамда қизиқарли ўйинлар ташкил қилиниб, тадбирнинг иккинчи қисми давом этмоқда. Ғолибларга шайх ҳазратларининг асарларидан ҳадъя этилмоқда.
Улуғ ёшли онахоннинг тадбирдаги иштироклари ёшларимизга катта ўрнак бўлди.
😊
🌐
YouTube орқали томоша қилинг
@hilolnashr
✨
Тадбирда устоз
Муҳаммад Айюб Косоний ҳазратлари сўзга чиқиб, бу илм маскани келажакда бунданда зиёда бўлишини тилаб, шайх ҳазратлариниг ибратли фаолиятларини эслаб ўтдилар.
🌐
YouTube орқали томоша қилинг
@hilolnashr
Assalamu alaykum!
Salomatmisiz?
Sizni “Hilol Nashr”ning 15 yilligi munosabati bilan 10-oktabr soat 14:00 da “15 yil ma’rifat taratib” shiori ostida boʻlib oʻtadigan katta tadbirimizga taklif qilamiz!
Tashrifingizdan xursand boʻlamiz!
Manzil: “Dream Park” (eski Gʻafur Gʻulom)
MUHABBAT
Bu mavzu hech qachon urf ("trend")dan qolmaydi))
Balki eslarsiz, maktabdagi adabiyot darsligida bir adibning "Muhabbat o'zi eski narsa, ammo har bir qalb uni qaytadan kashf etadi", degan gapi bo'lardi.
Ustoz yozuvchi Tohir Malik aytadi:
"Kishining mijozi har xil bo'lganidek, uning ishq-muhabbatga doir his va tuyg'ulari ham turlichadir. Shuningdek, toqatlarining darajalarida ham tenglik yo'q. Demoqchimizkim, kishi ishq va muhabbatni bir xilda anglamaydi va qalbi bir xilda yona qolmaydi".
Biz ham bu mavzuda "
GURUNG
"lashdik. Lekin hali aytiladigan gaplar ko'p edi, yana imkon bo'lganda davom ettiramiz. Hozircha suhbatga quloq tuting, fikrlaringizni yozing, yoqtirmani bosing, obuna bo'ling.
@QamariddinBekmuhammad
“ISMIGA MUNOSIB LATIF INSON EDILAR”
Hilol-nashr nashriyotida butun umrini ilmga bag‘ishlagan ulug‘ ustoz—Shayx Muhammad Latif Juman rohimahulloh xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ustozni yaqindan tanigan insonlar u zot haqidagi xotiralarini o‘rtoqlashdilar. Suhbatlar davomida ustozning ilmga bo‘lgan muhabbati, shogirdlariga g‘amxo‘rligi, saxovati va insonlar bilan muomala qilishdagi o‘ziga xos fazilatlari yodga olindi.
Shayx Muhammad Latif Juman Toshkent islom institutida faoliyat yuritib, sarf, nahv, fiqh va tafsir ilmlaridan dars bergan ekanlar. “Abu Nahv”—nahv ilmining otasi, deb e’zozlanganlar.
Ustozning ilm yo‘lidagi matonatlari, himmatlari haqida gap ketganda, 57 yoshlarida Qur’oni Karimni to‘liq yod olganlari hayrat uyg‘otdi.
Bu uchrashuv bizga shunday xulosa berdi: yaxshi ustozning merosi faqat yozgan kitoblari yoki aytgan darslarida emas ekan. Ustozning tarbiyasi, shogirdlari va insonlar qalbida qoldirgan yaxshi izi ham uning eng katta merosi ekan.
19.09.2026
@QamariddinBekmuhammad
https://www.youtube.com/live/UKzLWc8s2_4