
Qarshi tumani hokimligi 🇺🇿
– Malakali tibbiyot uchun
shifokorning o‘zi yetarli emas, yonida yaxlit jamoasi ham kerak
,
– dedi Prezidentimiz.
Respublika shoshilinch yordam markazida
neyroxirurgiya bo‘yicha katta maktab
shakllangani, uning
tajribasini hududlarga yetkazish zarurligi
ta’kidlandi.
Buning uchun
jarroh, anesteziolog, reanimatolog, assistent va hamshiralardan iborat yaxlit jamoalar
joylarga yuboriladi. Ular
quyi bo‘g‘inda tibbiy xizmat sifati va aholi ishonchini oshirishga
xizmat qiladi.
Bunday jamoalar har bir hududda
tibbiyot xodimlarini jipslashtiradigan, bemorlarga malakali yordam ko‘rsatadigan guruhlarni tayyorlashi
kerak. Ixtisoslashgan markazlarning tuman va mahallalarda ishlashi, quyi bo‘g‘in xodimlarini o‘qitishi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.
Tibbiyot guruhlari markazlarga olib kelinib,
3-4 oylik stajirovkadan
o‘tkaziladi. Bu talab qolgan markazlarga ham taalluqli.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz kelasi yil
har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qilish
vazifasini qo‘ydi. Bu borada hududlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Dunyo tibbiyotida
genomika, hujayra va biotexnologiyalar orqali ilgari davolash imkonsiz bo‘lgan ko‘plab kasalliklarga yechim topilayotganini
qayd etildi. Biroq ilmiy taraqqiyot inson oldidagi mas’uliyatni ham oshiradi.
– Inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq
tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinchi o‘rinda turishi shart,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois,
bioetika va biotexnologiya sohalari uchun mustahkam huquqiy asos
yaratiladi.
Garvard tibbiyot maktabi
bilan hamkorlikda
irsiy kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi va genetik tekshiruv joriy etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
xususiy klinikalar soni
2017-yildagi 3,5 mingtadan
9 mingtadan ortiqqa yetganini
qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda
xususiy sektor oldinga o‘tdi:
uning ulushi
stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni
tashkil etmoqda.
Shu bilan birga,
hududlar o‘rtasida katta tafovut
saqlanib qolmoqda.
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand viloyatlari
va
Toshkent shahrida
xususiy klinikalarning
35-40 foizi statsionar o‘rinlarga ega.
Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo, Jizzax
va
Navoiyda bu ko‘rsatkich 15 foizga ham yetmaydi.
Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tug‘uruq komplekslari
kabi talab yuqori yo‘nalishlarda
xususiy sektor ishtiroki kutilgan darajada emas.
Ushbu yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Hokimlar har yili xususiy klinikalar uchun yer uchastkalarini belgilab, e’lon qiladi.
Yerlar
faqat shu maqsadda auksionga chiqariladi va qulay shartlarda taklif etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Kun sayin tibbiyotga
yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolash usullari
kirib kelmoqda.
– Tibbiyot xodimlari doim o‘z ustida ishlashi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak!
– dedi Prezidentimiz.
Shu bois
, xodimlar malakasini oshirishga xususiy sektor faol jalb etiladi.
Tibbiyot xodimlari
qayerda malaka oshirishni o‘zlari mustaqil tanlaydi.
Birlamchi bo‘g‘in va tumanlardagi xodimlarning
malaka oshirish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Mazkur xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda ishlaydigan
130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard so‘m mablag‘i o‘zida qoladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Kun sayin tibbiyotga
yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolash usullari
kirib kelmoqda.
– Tibbiyot xodimlari doim o‘z ustida ishlashi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak!
– dedi Prezidentimiz.
Shu bois
, xodimlar malakasini oshirishga xususiy sektor faol jalb etiladi.
Tibbiyot xodimlari
qayerda malaka oshirishni o‘zlari mustaqil tanlaydi.
Birlamchi bo‘g‘in va tumanlardagi xodimlarning
malaka oshirish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Mazkur xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda ishlaydigan
130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard so‘m mablag‘i o‘zida qoladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million so‘m stipendiya
to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib,
“universitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Tadqiqotlarda
tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash
va
asoratlarni kamaytirishga
e’tibor qaratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million so‘m stipendiya
to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib,
“universitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Tadqiqotlarda
tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash
va
asoratlarni kamaytirishga
e’tibor qaratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Davlatimiz rahbari sohada ta’lim, qurilish va sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oladigan
“Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari”
joriy etilishini ma’lum qildi.
–
Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni ko‘rishi kerak
,
– dedi Prezidentimiz.
Shu bois, birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich
maxsus kiyim-bosh bilan bepul ta’minlanadi.
Joriy yil ilk bor tuman bo‘g‘inidagi
eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari
o‘tkazilmoqda. G‘oliblar
30 million so‘mdan
mukofotlanadi.
Kelasi yil
rag‘bat yanada kuchaytiriladi:
viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan
14 nafar shifokor
elektromobil
bilan taqdirlanadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan
eng yaxshi o‘nta loyiha muallifiga 200 million so‘mdan grant
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
– Qancha zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng so‘nggi uskunalarni olib bermaylik,
malakali xodimlarsiz natija bo‘lmaydi,
– dedi Prezidentimiz.
Bugun
11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor
tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan
birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.
– Boshqa sohada yosh xodim xato qilishi mumkin, ammo bo‘lg‘usi shifokorning bunga haqqi yo‘q. Chunki
tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois,
kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi.
Kelasi yildan talabalar
haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
Bakalavriatni bitirgan
hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama
to‘lanadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m
bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
– Doim aytaman,
birlamchi bo‘g‘in qancha yaxshi ishlasa, xalqimiz shuncha sog‘lom bo‘ladi
,
– dedi Prezidentimiz.
Shu maqsadda
28 ta tumanda birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha yangi tizim
sinovdan o‘tkazildi. Ushbu tumanlarda
7 million aholi oilaviy shifokorlarga nomma-nom biriktirildi,
ikki tomonning vazifa va majburiyatlari o‘zaro bitimda belgilandi.
Yangi laboratoriyalar
ishga tushirilib, shifokor va hamshiralar o‘qitildi,
“bemor marshruti”
ishlab chiqildi. Bu
poliklinikalarga aholi ishonchini oshirdi
. Kafolatlangan paket doirasida
ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda.
Birlamchi bo‘g‘inda samara bergan
ushbu model kelasi yildan yana 100 ta tumanda yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X