Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" FILIALI 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

qmtu_express
🚅 Kanalda "Qoʻqon MTU" filialida amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, temir yo'l tizimidagi yangiliklar yoritib boriladi! Web-sayt: 👉 kokand.aitm.uz Admin: @mtu2media Virtual murojaat: https://kokand-rju-priyomnaya.vercel.app/
Subscribers
2 738
24 hours
-2
30 days
-42
Post views
3 497
ER
127,72%
Posts (30d)
18
Characters in post
1 245
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
October 27, 15:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

“ÖZBEKISTON TEMIR YÖLLARI” AJ“da ZAKOVAT” INTELLEKTUAL ÖYINI
BÖLIB ÖTDI
Bugun “Özbekiston temir yöllari” AJ tizimidagi korxona va taşkilotlar örtasida ötkazilgan “Zakovat” intellektual öyinida 53 ta jamoa bilim va tafakkur borasida özaro bellaşdi.
Quvonarlisi, “Temiryölinfratuzilma” AJ jamoalari ham munosib iştirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi:
1-Örin
— “Buxoro MTU” filiali jamoasi
3-Örin
— Qönğirot lokomotiv deposi jamoasi
5-Örin
— “Qöqon MTU” filiali “Energetiklar” jamoasi
👏
Ğolib va faol iştirokçilarni samimiy tabriklaymiz! Kelgusi bellaşuvlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
"
Temiryölinfratuzilma” AJ matbuot xizmati.
👍
🌎
railwayinfra.uz
❤️‍🔥
Telegram
❤️‍🔥
Facebook
❤️‍🔥
Instagram

October 27, 09:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

TADBIRKORLAR UÇUN YUK TAŞIŞ XIZMATLARINI YANADA TAKOMILLAŞTIRIŞ BÖYIÇA UÇRAŞUV
Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Vahobov Davron Abdujaloloviç hamda “Özbekiston temir yöllari” AJ rahbariyati iştirokida uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuv davomida tadbirkorlarning eksport va import faoliyatini qöllab-quvvatlaş, yuklarni xorijiy davlatlarga tezkor va qulay yetkazib beriş, xorijdan yuklarni öz vaqtida olib keliş hamda multimodal taşuvlar imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, xalqaro transport koridorlaridan samarali foydalaniş, eksport va import bilan şuğullanuvçi korxonalarni yuk vagonlari bilan ta’minlaş hamda taşiş xizmatlarini soddalaştiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur taşabbuslarning asosiy maqsadi — tadbirkorlar uçun yuk taşiş jarayonlarini qulaylaştiriş, yuklarni yetkazib beriş muddatlarini qisqartiriş, logistika xarajatlarini kamaytiriş va eksport-import operatsiyalari samaradorligini oşirişdan iborat. Multimodal taşuvlarni rivojlantiriş orqali turli transport turlarini özaro uyğunlaştiriş, xalqaro transport koridorlari imkoniyatlaridan kengroq foydalaniş va tadbirkorlarning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tadbirkorlarning transport-logistika sohasidagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, yuk vagonlari ta’minotini yaxşilaş, xizmat körsatiş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda biznes vakillari uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş masalalari körib çiqildi.
|Site|
Telegram|
Facebook|
YouTube|
Instagram
|X

October 26, 11:36
Media unavailable
4
Show in Telegram

“Temiryölinfratuzilma” AJ Qöqon MTU filialida kompleks texnik körik ötkazilmoqda
“Özbekiston temir yöllari” AJ rahbariyatining tegishli buyruğiga asosan,
Qöqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filialiga qaraşli korxona, taşkilot va stansiyalarda
kompleks texnik körik işlari olib borilmoqda.
Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshligʻi
A.O.Şarifboyev
hamda  Qöqon MTU filiali boş muhandisi
U.R.Majidov
boşçiligidagi komissiya a’zolari tomonidan temir yoʻl uçastkalari va stansiyalarning texnik holati atrofliça örganilmoqda.
Tekşiruv davomida quyidagi yoʻnalişlar nazoratdan ötkazilmoqda:
• Poyezdlar harakati xavfsizligi talablariga rioya etilişi;
• Temir yoʻl infratuzilmasining texnik holati;
• Profilaktik işlarning samarali taşkil etilişi;
• Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablarining bajarilişi;
• Korxona va stansiyalarning kuz-qış mavsumiga tayyorgarlik darajasi;
• Aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş çoralari.

October 24, 17:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yuk taşuvçilar diqqatiga!
Jamiyat daromadlarining yöqotilişini oldini oliş maqsadida “Özbekiston temir yöllari” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:
2026 yil 7 noyabrdan:
1. Mahalliy qatnovda barça yuklarni (GNG kodi 1001, 27090090, 2710, 2711, 27090010, 3901, 3902 yuklaridan taşqari) “Özbekiston temir yöllari” AJ stansiyalaridan Termiz stansiyasiga taşib keyinçalik uşbu yuklarni Termiz stansiyasida qayta yuklab Afğonistonga eksport qatnovida taşişda, Termiz stansiyasiga taşilgan har bir vagon uçun taşiş masofasidan kelib çiqib quyidagi miqdordagi yiğim Termiz stansiyasida undirilsin:
Yuk temir yöl transporti orqali taşilganda:
- 600–800 km masofa uçun 800 000 söm (QQSsiz);
- 801–1 000 km masofa uçun 1 000 000 söm (QQSsiz);
- 1 001 km va undan yuqori masofalar uçun 1 300 000 söm (QQSsiz).
Yuk avtomobil transporti orqali taşilganda:
- 0–300 km masofa uçun 2 800 000 söm (QQSsiz);
- 301–600 km masofa uçun 5 200 000 söm (QQSsiz);
- 601–800 km masofa uçun 6 600 000 söm (QQSsiz);
- 801 km va undan yuqori masofalar uçun 7 600 000 söm (QQSsiz);
2. Mahalliy qatnovda buğdoyni (GNG kodi 1001) “Özbekiston temir yöllari” AJ stansiyalaridan Termiz stansiyasiga taşib keyinçalik uşbu yuklarni Termiz stansiyasida qayta yuklab Afğonistonga eksport qatnovida taşişda, Termiz stansiyasiga taşilgan har bir vagon uçun taşiş masofasidan kelib çiqib quyidagi miqdordagi yiğim Termiz stansiyasida undirilsin:
Yuk temir yöl transporti orqali taşilganda:
- 0–300 km masofa uçun 6 800 000 söm (QQSsiz);
- 301–400 km masofa uçun 10 000 000 söm (QQSsiz);
- 401–500 km masofa uçun 13 000 000 söm (QQSsiz);
- 501–600 km masofa uçun 15 700 000 söm (QQSsiz);
- 601–700 km masofa uçun 18 600 000 söm (QQSsiz);
- 701–800 km masofa uçun 21 000 000 söm (QQSsiz);
- 801–900 km masofa uçun 23 000 000 söm (QQSsiz);
- 901–1 000 km masofa uçun 25 000 000 söm (QQSsiz);
- 1 001 km va undan yuqori masofalar uçun 26 000 000 söm (QQSsiz).
Yuk avtomobil transporti orqali taşilganda:
- 0–300 km masofa uçun 12 000 000 söm (QQSsiz);
- 301–400 km masofa uçun 16 000 000 söm (QQSsiz);
- 401–500 km masofa uçun 19 000 000 söm (QQSsiz);
- 501–600 km masofa uçun 21 000 000 söm (QQSsiz);
- 601–700 km masofa uçun 24 000 000 söm (QQSsiz);
- 701–800 km masofa uçun 27 000 000 söm (QQSsiz);
- 801–900 km masofa uçun 29 000 000 söm (QQSsiz);
- 901–1 000 km masofa uçun 31 000 000 söm (QQSsiz);
- 1 001 km va undan yuqori masofalar uçun 33 000 000 söm (QQSsiz).
3. Mahalliy qatnovda barça yuklarni “Özbekiston temir yöllari” AJ stansiyalaridan Termiz port (736704) stansiyasiga taşişda har bir vagon uçun quyidagi miqdordagi yiğim undirilsin:
Barça yuklarni (GNG kodi 1001, 27090090, 2710, 2711, 27090010, 3901, 3902 yuklaridan taşqari) taşişda:
- 0–300 km masofa uçun 3 000 000 söm (QQSsiz);
- 301–600 km masofa uçun 5 000 000 söm (QQSsiz);
- 601–800 km masofa uçun 6 000 000 söm (QQSsiz);
- 801–1 000 km masofa uçun 7 000 000 söm (QQSsiz);
- 1 001 km va undan yuqori masofalar uçun 8 000 000 (QQSsiz) söm.
Buğdoyni (GNG kodi 1001) taşişda:
- 0–300 km masofa uçun 13 000 000 söm (QQSsiz);
- 301–600 km masofa uçun 21 000 000 söm (QQSsiz);
- 601–800 km masofa uçun 27 000 000 söm (QQSsiz);
- 801–1 000 km masofa uçun 31 000 000 söm (QQSsiz)m;
- 1 001 km va undan yuqori masofalar uçun 33 000 000 söm (QQSsiz).
- 801–1 000 km masofa uçun 31 000 000 söm (QQSsiz)m;
- 1 001 km va undan yuqori masofalar uçun 33 000 000 söm (QQSsiz).
|
Site
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X

October 24, 16:16
Media unavailable
4
Show in Telegram

Bugun, 24-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filialida bayramona tadbir boʻlib oʻtdi
.
Temir yoʻl infratuzilmasi, poyezdlar harakati xavfsizligi hamda yoʻlovchilar osoyishtaligini taʼminlashda Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va sohaviy
xodimlarning mardona xizmati alohida oʻrin tutadi.
Shu munosabat bilan, Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi
B.P.Milladjanov
boshchiligida sohada
fidoyilik koʻrsatib kelayotgan
bir guruh xodimlar ishtirokida uchrashuv hamda bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻz xizmat burchini masʼuliyat bilan bajarib, temir yoʻl obyektlarida jamoat tartibi va xavfsizligini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan xodimlarga filial rahbariyati tomonidan
esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar
topshirildi.

October 22, 06:15
Media unavailable
4
Show in Telegram

«Pop–1 — Chust» peregonida temir-beton tunnel qurilishi munosabati bilan «OKNO» jarayoni tashkil etildi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosarining 2026-yil 21-oktyabrdagi 434-UN-sonli farmoyishiga asosan,
«Pop–1 — Chust»
peregonining 38-kilometri, 8-piketida zamonaviy temir-beton tunnel qurilish ishlarini xavfsiz va sifatli amalga oshirish maqsadida belgilangan tartibda
«OKNO»
jarayoni ajratildi.
Qurilish va montaj ishlarining texnologik ketma-ketlikda hamda harakat xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilgan holda olib borilishini ta’minlash maqsadida jarayon bevosita joyida nazorat qilinmoqda.
Xususan,
Qo‘qon MTU filiali bosh muhandisi
-
U.R.Majidov
, Qoʻqon temir yoʻl masofasi boshligʻi
X.U.Abdurahmonov
, 164-yoʻl mashina stansiyasi boshligʻi
R.Abdurahmonov
, hamda barcha tegishli korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari va mutaxassislari ishtirokida doimiy nazorat hamda muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

October 21, 15:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

“SHE’RIY LAHZALAR”
“She’riy lahzalar”
ruknida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan marhum shoir Muhammd Yusufning ona tilimizga bag‘ishlangan she’ri Qamchiq temir yo'l masofasi filiali Masofadan boshqarish muhandisi Xoldorov Xusanboy ijrosida yangraydi.

October 21, 04:22
Media unavailable
4
Show in Telegram

Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli korxonalarida obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi
Joriy yilning 20-oktyabr kuni Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P. Millajanov tomonidan uzel tasarrufidagi bir qator korxona va muassasalarda navbatdagi ishchi o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida:
Qo‘qon temir yo‘l masofasi ;
Qo‘qon lokomotiv deposi ;
Qo‘qon temir yo‘l shifoxonasi
hududlari hamda xizmat binolari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
- Korxona sexlarida olib borilayotgan tub ta’mirlash hamda modernizatsiya jarayonlari;
- Temir yo‘l shifoxonasi va korxonalar atroflarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tashqi estetik ko‘rinishini yaxshilash;
- Ishchi-xodimlar va tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat hamda xizmat sharoitlarini yaratish.
Hududlarni ozoda va shinam holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

October 19, 13:41
Media unavailable
4
Show in Telegram

Qoʻqon lokomotiv deposida modernizatsiya ishlari koʻzdan kechirildi
Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali bosh muhandisi U.R.Majidov tomonidan  depoda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari, hududni modernizatsiya qilish jarayonlari va amalga oshirilayotgan yangilanishlar oʻrganildi.
Asosiy eʼtibor qaratilgan masalalar:
- Kuz-qish mavsumini bexatar oʻtkazish, binolar va texnik vositalarning shayligini koʻzdan kechirish;
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Ishchi-xodimlarga qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya etilishini oʻrganish.
- Mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda jarayonlarni onlayn nazorat qilishga mo‘ljallangan kompyuter va monitoring tizimlarining ishlash holati ko‘rib chiqildi.
Oʻrganishlar yakunida masʼullarga ishlarni sifatli va oʻz vaqtida yakunlash, xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

October 19, 13:41

RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Quva – Shahrixon yo‘nalishidagi temir yo‘l kesishmasida avtotransport vositalarining tirbandligi va yo‘l yopib qo‘yilgani aks etgan video murojaat yuzasidan rasmiy ma’lumot
Joriy yilning 17-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Quva va Shahrixon tumanlarini bog‘lovchi temir yo‘l kesishmasida poyezd to‘xtab qolgani va buning oqibatida avtomobillar harakatida tirbandlik yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash va temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish maqsadida 2026-yil 17-oktabr kuni 238A-sonli talabnomaga asosan
“Neftchilar – Quva”
stansiyalari oralig‘ida soat 09:40 dan 10:40 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rejali rekonstruksiya (“OKNO”) ishlari amalga oshirildi.
Ushbu jarayonda 293-kilometr 6-piketdan 9-piketgacha bo‘lgan oraliqda eskirgan inventar relslar o‘rniga uloqsiz relslarni o‘rnatish uchun maxsus platforma vagonlaridan relslarni tushirish ishlari olib borilgan.
Shu sababli, Farg‘ona viloyati Quva tumani, “O‘zbekiston” MFY Qayqubot ko‘chasi bilan kesishgan “Neftchilar – Quva” stansiyalari oralig‘idagi 293-km 6-piketda joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasida
soat 09:40 dan 09:52 gacha (12 daqiqa mobaynida)
avtomobillar harakati vaqtincha cheklangan.
Ta’mirlash va rels tushirish ishlari belgilangan reja bo‘yicha qisqa fursatda yakunlanib, soat 09:52 da temir yo‘l kesishmasi orqali avtotransport vositalarining harakati to‘liq qayta tiklangan.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun haydovchilar va yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz hamda poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bunday texnik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz.