
QO'SHTEPA24 | TEZKOR XABARLARI
Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalardagi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tartibli mehnat migratsiyasiga tayyorlash maqsadida nemis tili kurslariga jalb etish, o‘qitish tartibini tushuntirish hamda guruhlarga taqsimlash bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga xorijda mehnat faoliyatini olib borish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, nemis tilini o‘rganishning afzalliklari hamda kurslarda ta’lim olish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berilib, yoshlar nemis tili kurslari uchun shakllantirilgan guruhlarga taqsimlandi.
Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy va til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0dYc1ZWUy
⚡️
Пластик операция қимматга тушди
😳
Хитойлик аёл юзини операция қилдирганидан сўнг 6 йилдан бери кўзини юма олмаяпти.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0dYc1
ZWUy
📍
Fargʻona viloyatidagi ayollar uchun IT va raqamli marketing kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
Fargʻona viloyatidagi xotin-qizlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “IT koʻnikmalari va raqamli marketing” loyihasi yakuniga yetdi. Loyiha doirasida oʻquv kurslari Fargʻona shahri, Qoʻshtepa va Toshloq tumanlarida tashkil etilib, viloyatning turli hududlaridan jalb etilgan xotin-qizlar qamrab olindi.
🗓
2026-yil 9-iyun kuni Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Oʻzbekistondagi Loyihalar koordinatori (PCUz) koʻmagida, IT Park va Virtual Group hamkorligida tashkil etilgan “IT koʻnikmalari va raqamli marketing” kurslarini yakunlash hamda sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda YXHT PCUz vakillari, Fargʻona viloyati hokimligi masʼul xodimlari, IT Park, Virtual Group mutaxassislari va kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan 90 nafar ayol tadbirkor ishtirok etdi.
💻
Loyiha doirasida ishtirokchilar IT yoʻnalishida:
▪️
kompyuter va internetdan samarali foydalanish;
▪️
raqamli vositalar va onlayn platformalar bilan ishlash koʻnikmalarini egalladilar.
📈
Raqamli marketing yoʻnalishida esa:
▪️
ijtimoiy tarmoqlar orqali mahsulot va xizmatlarni targʻib qilish;
▪️
mijozlarni jalb etish va onlayn savdoni rivojlantirish boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻldilar.
🎯
Loyiha ayollarning raqamli bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ularning biznes faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda raqamli iqtisodiyotdagi ishtirokini kengaytirishga qaratildi.
🏆
Tadbir yakunida kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan 90 nafar ishtirokchiga YXHT PCUz va IT Park nomidan sertifikatlar topshirildi.
🤝
Mazkur tashabbus xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning zamonaviy texnologiyalar va marketing vositalaridan samarali foydalanishiga koʻmaklashish hamda yangi biznes imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilmo
qda.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgX
j0dYc1ZWUy
Kun mavzusi
Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullaevning tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan intervyusi.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.
me/+1eRVgXj0dYc1ZWUy
❗️
1995-йилдаги ва 2026-йилдаги болалар
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0dYc1ZWUy
🔰
Qoʻshtepada xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda
Qoʻshtepa tumanida Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan aholi oʻrtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning mol-mulki daxlsizligini taʼminlash hamda qoʻriqlash xizmatlarining afzalliklarini keng targʻib qilish maqsadida profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida mahallalar aholisiga xonadonlar va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqlovga topshirishning ustun jihatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Mutaxassislar tomonidan qoʻriqlovga olingan obyektlar doimiy nazorat ostida boʻlishi, favqulodda yoki xavfli holatlar yuzaga kelganda esa tezkor harakatlanuvchi guruhlar qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borishi tushuntirildi.
Shuningdek, oʻgʻirlik, talonchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishda Qoʻriqlash xizmatining oʻrni va imkoniyatlari haqida keng tushunchalar berildi.
Tadbirlar yakunida ishtirokchilarga axborot bukletlari tarqatilib, xizmatdan foydalanish tartibi boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Xavfsizlik va osoyishtalikni taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan bunday targʻibot tadbirlari aholi xabardorligini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0dYc1
ZWUy
RASMIY MUNOSABAT
Facebook ijtimoiy tarmoqlarda
Qoʻshtepa tumani Eshonguzar MFY B.Margʻiloniy koʻchasidan oʻtgan zovur usti qisimidagi jami 96 kv.m qurilgan temir kontener noqonuniy buzdirib yuborildi sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Holatning kelib chiqish sabablari, qonuniy asoslari hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot videolavhada keltirilgan.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0dYc
1ZWUy
#Fargona_TRK
Qoʻshtepa tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0dYc
1ZWUy
Qoʻshtepada sport infratuzilmasi kengaymoqda
Qoʻshtepa tumani hokimi A.Abdullayev boshchiligida Katta Beshkapa mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 46-umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi boʻsh turgan bino-inshootdan samarali foydalanish maqsadida yangi boks zali foydalanishga topshirildi.
Mazkur sport inshootining ishga tushirilishi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, kelgusida sportning turli yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Yangi boks zali mahalla yoshlari uchun sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularning sport sohasidagi yutuqlarini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0dYc1ZWUy
#DXX_kubogi
Qo‘shtepa tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🥇
🏆
👉
Қўштепа хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+1eRVgXj0d
Yc1ZWUy