Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI RASMIY KANALI

qorakol_akademik_litsey
USHBU KANALDA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI QORAKOʻL AKADEMIK LITSEYI YANGILIKLARI, UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABI 9-SINF BITIRUVCHILARINI QABUL QILISH BOʻYICHA MAʼLUMOTLAR EʼLON QILIB BORILADI. Murojaat uchun: @NazarovNozimbek @Karakullyceumappeal_bot
Subscribers
2 790
24 hours
10
30 days
170
Post views
1 595
ER
57,17%
Posts (30d)
27
Characters in post
901
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 16, 10:49
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

📣
Qorako‘l akademik litseyida “Bitiruv kuni” tantana qilindi
Aniq fanlarga ixtisoslashgan Qorako‘l akademik litseyi xususida gap ketganda, shubhasiz, ilm-fanda xalqaro olimpiadalarda yurtimiz dovrug‘ini keng yoyayotgan yosh iqtidor egalari, yuqori bilimi va salohiyati bilan yurtimiz xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida mehnat faoliyatini dadil olib borayotgan yosh mutaxassislar, matematika va boshqa aniq fanlarni chuqur o‘qitish va tadqiq etishga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro oliy ta’lim dargohlari yosh va yetuk kadrlari ko‘z oldimizda gavdalanadi.
📌
Batafsil
📌
Батафсил
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

June 16, 05:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu aleykum 9-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari. Ro'yxatdan o'tishda rasm quyidagi namuna asosida bo'lishi kerak. Rasm namunadagiday bo'lmasa arizangiz rad etiladi

June 15, 10:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#infografika
📈
Buxoro davlat universiteti Qorako'l akademik litseyiga 2021-2025-yillar bo'yicha har bir yo'nalish kesimida kirish ballari.
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Youtube

June 14, 14:20
Media unavailable
6
Show in Telegram

June 14, 14:20
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyida
“Bitiruv kuni” tantanali nishonlandi!
Tadbirda Buxoro davlat universiteti rektori O. X. Xamidov hamda Qorako‘l tumani hokimi X. Tohirov so‘zga chiqib, Qorako‘l akademik litseyining 35 yillik faoliyati davomida erishgan yutuqlari, jumladan, 5000 nafardan ortiq bitiruvchilarni voyaga yetkazgani, respublika fan olimpiadalarida 67 ta imtiyozli diplom hamda xalqaro olimpiadalarda 60 ta medal qo‘lga kiritilganini alohida e’tirof etdilar. Shuningdek, ular 33-qaldirg‘och avlodiga kelgusi ta’lim va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar tilab, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdilar..
Tadbir davomida akademik litsey direktori G‘. Jumaqulov bitiruvchilarning erishgan yutuqlarini alohida e’tirof etdi. Jumladan, bitiruvchilardan 50 nafari muddatidan oldin 189 va undan yuqori ball bilan talabalikka tavsiya etilgani, 22 nafar o‘quvchi oltin medal, 53 nafari kumush medal bilan taqdirlangani, 165 nafar bitiruvchi imtiyozli diplom, 57 nafari esa oddiy diplom sohibiga aylangani ta’kidlandi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan 1079 ta xalqaro va milliy sertifikat qo‘lga kiritilgani, “Kitobxonlik” tanlovlarida 10 nafar g‘olib yetishib chiqqani, 5 nafar o‘quvchi “Rektor stipendiyasi”, 20 nafar o‘quvchi esa “Litseyimiz iftixori” stipendiyasi sovrindori bo‘lgani qayd etildi. Bundan tashqari, AIMO xalqaro olimpiadasida 1 ta oltin medal qo‘lga kiritilgani ham alohida faxr bilan tilga olindi.
Tadbir yakunida ustozlar, ota-onalar va bitiruvchilar esdalik suratlariga tushishdi. Bayram ko‘tarinki ruhda davom etib, musiqiy dasturlar va ko‘ngilochar chiqishlar barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Aziz bitiruvchilar!
Hayot yo‘llaringiz doimo yorug‘, parvoziz esa yanada baland bo‘lsin! Omad va zafarlar sizlarni hech qachon tark etmasin!
🎓

🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📺
Youtube

June 13, 09:19
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
📘
BILIM — ENG YUKSAK CHO‘QQI: 189 BALL TO‘PLAGAN 30 NAFAR QORAKO‘L AKADEMIK LITSEYI BITIRUVCHILARI E’TIROF ETILDI

Bugun Buxoro davlat universitetida Qorako‘l akademik litseyining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari bilan tantanali uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda 2026-yilgi oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun belgilangan “Fanlar majmuasi”dagi barcha 5 ta fandan milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan, maksimal 189 ball to‘plab, muddatidan oldin talabalik huquqini qo‘lga kiritgan 30 nafar akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida yoshlar Buxoro davlat universitetida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, elektron boshqaruv tizimlari hamda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, universitetning “Registrator ofisi” faoliyati, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng universitet rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyat va bo‘lajak talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Rektor o‘z nutqida bitiruvchilarni ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy qutlab, ularning erishgan natijalari uzoq yillik mehnat, izlanish va bilimga bo‘lgan yuksak intilish samarasi ekanligini ta’kidladi.
Muloqot davomida yoshlar 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab universitetda ochilishi rejalashtirilayotgan yangi ta’lim yo‘nalishlari, xususan iqtisodiyot va tibbiyot sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari, zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari hamda talabalarning kasbiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirning eng quvonchli lahzalaridan biri sifatida 189 ball natijasini qayd etgan bitiruvchilarga universitetning maxsus
“189 ball vaucheri”
, shuningdek, qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu e’tirof yoshlarning bilim va intellektual salohiyatiga berilgan yuksak baho bo‘lib, ularni kelgusida yanada katta marralarni zabt etishga ruhlantirdi.
Uchrashuv yakunida ta’kidlanganidek, Buxoro davlat universiteti iqtidorli va bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratishda davom etadi.

30 nafar bitiruvchining 5 ta fandan milliy sertifikatga ega bo‘lib, maksimal 189 ball natijasiga erishgani nafaqat akademik litsey, balki butun Buxoro ta’lim tizimi uchun ham katta yutuq va faxr hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
Youtube

June 12, 09:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli ota-onalar, ustozlar va qadrli mehmonlar!
Bitiruv marosimi 14-iyun kuni ertalab soat 06:00da faollar zalida bo‘lib o‘tadi.

June 11, 13:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ДИҚҚАТ
‼️
2026/2027 ўқув йили учун давлат гранти квоталари тасдиқланди
2026/2027 ўқув йили учун бакалавриат ва магистратура босқичларининг кундузги таълим шакли бўйича давлат гранти асосида қабул квоталари Президент ҳужжати билан тасдиқланган. Давлат гранти квоталари таълим йўналишлари ва мутахассисликлар кесимида белгиланади.

June 10, 16:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#AkademikLitsey
✴️
Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
💬
10-iyundan 2026/2027 oʻquv yili uchun
akademik litseylarga
umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni
my.edu.uz
portali
orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
📝
Abituriyentlar tizimda
ID karta yoki tug‘ilganlik
haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
➡️
3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat
(tug‘ilganlik haqida guvohnoma yuklanganda (PDF, JPEG);
✔️
O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar
— fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat
(mavjud boʻlsa)
.
☝️
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
▶️
oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi
(bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak)
;
▶️
va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
📍
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
📆
Qabul jarayonlari
10-iyulga
(shu kuni ham)
qadar davom etadi.
*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan
“Maslahat markazlari”
orqali olish mumkin.
*Eslatma:
📂
Qabul kvotasi
bu yerda
👈
🗂
Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
bu yerda
👈
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 07, 16:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🧜🏻‍♂️
IQ (intellektual qobiliyat) darajangizni oshirmoqchmisiz?
💥
IQ testlarni yechishni o’rganmoqchimisiz?
🏛
Akademik litseylarga (9-sinflar uchun);
🏫
Prezident maktablariga (3-4-sinflar uchun);
🏢
Ixtisoslashtirilgangan maktablarga (3-4-sinflar uchun) kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko’rmoqchimisiz?
📚
U holda mazkur to’plam aynan siz uchun mo’ljallangan bo’lib, bu to’plamda jami 30 ta variantda 20 tadan 600 ta test savollari va kitob oxirida ularning javoblari berilgan.
📚
KITOB HAQIDA SAVOLLAR BO'LSA YOKI XARID QILMOQCHI BO'LSANGIZ, YOKI IQ TEST UCHUN TAYYORLOV KURSI KERAK BO'LSA,
@Ondayev
GA MUROJAAT QILISHINGIZ MUMKIN
📲