Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qorovulbozor.uz|RASMIY KANAL

qorovulbozortuman
Qorovulbozor tumani hokimligining telegramdagi rasmiy sahifasi. Murojaat uchun : Karimov Islom Tel: +998997051149 @senator2102
Subscribers
4 561
24 hours
-2
30 days
-40
Post views
874
ER
19,16%
Posts (30d)
394
Characters in post
645
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
October 27, 17:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Online
Ayni damda Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro agroklaster chorva” MCHJ da Xitoy davlatidan 310 bosh golshteyn zotli naslli qoramollar olib keltirildi.
Rejaga muvofiq 1000 bosh naslli mollar keltiriladi.
@qorovulbozortuman

October 27, 15:23
Media unavailable
4
Show in Telegram

Apple Pay & Google Pay: how to use
Kartangizni Wallet’ga qöşing — tölovlar bir “tap” bilan amalga oşadi.
✔️
Apple Pay — iPhone va Apple Watch uçun
✔️
Google Pay — Android smartfonlar uçun
Step by step yöriqnoma — videoda
📹
🔗
Batafsil

October 27, 11:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Jarayon
⚡️
⚡️
A-380 magistral yo‘li bo‘yida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Qorovulbozor tumani hududidan o‘tuvchi A-380 magistral avtomobil yo‘li bo‘yida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish, yashil hududlarni parvarishlash va sanitariya-tozalik holatini yaxshilashga qaratilgan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida yo‘l yoqalari chiqindilardan tozalanib, daraxtlarning shox-shabbalari tartibga keltirilmoqda hamda oqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
A-380 magistral yo‘li bo‘yidagi obodonlashtirish ishlari hududda tozalikni saqlash, yashil maydonlarga e’tiborni kuchaytirish va yo‘l atrofidagi muhitni yanada tartibli holatga keltirishga xizmat qiladi.
✍️
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati

October 27, 09:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sizlarga mamnuniyat bilan bir xuşxabarni yetkazmoqçiman: va nihoyat, bugundan Özbekistonda Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari işga tuşdi.
—
Я рада поделиться хорошей новостью: сегодня в Узбекистане наконец заработали Apple Pay и Google Pay.

October 27, 09:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Shaxsiy_qabul
Bugun, Qorovulbozor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari G‘anisher Djunaitov fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy yechim talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✍️
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati

October 27, 09:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga
ishonch bildirdi.
–
Orangizdan kelajakning buyuk shifokorlari, olimlari va kashfiyotchilari chiqishiga ishonaman!
Bizning vazifamiz ana shu
iqtidorlarni kashf etish, ularga ishonish va orzularini ro‘yobga chiqarish
uchun imkoniyat yaratishdan iborat
,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Shu maqsadda
“Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati
tashkil etildi. Mazkur platforma t
alabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari
so‘zni tibbiyot xodimlariga berib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga topshiriq berdi.
– Men bir narsani so‘rayman:
har bir tibbiyot xodimi o‘ziga savol bersin: “Bugun inson salomatligi uchun kechagidan ko‘ra ko‘proq nima qila oldim?”.
Agar har birimiz shu savolga javob qidirib ishlasak,
tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 09:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xorijiy klinikalarda tajriba to‘plagan
vatandosh shifokorlar mamlakatimiz shifoxonalariga jalb etiladi.
– Biz ularni o‘zimizdagi shifoxonalarga olib kelib,
Yangi O‘zbekiston tibbiyotida o‘z maktabini yaratishiga xizmat qiladigan yangi tizimni
yo‘lga qo‘yamiz,
– dedi Prezidentimiz.
Bunday mutaxassislarning oylik
ish haqiga 50 million so‘mgacha ustama
to‘lanadi.
Ish joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Ularga atrofida
kuchli jamoa shakllantirish, birga ishlaydigan shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlash
imkoniyati beriladi.
Nufuzli konferensiyalarda qatnashish va xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.
Bu ishlar
26 ta ixtisoslashgan markazdan
boshlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili
5-10 nafardan vatandosh shifokorni jalb etishga
mas’ul bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz kelgusi yildan
kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yo‘nalishlarda o‘nta sun’iy intellekt tizimi
ishga tushirilishini ma’lum qildi.
– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha yangi yechimlar joriy etiladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bu yechimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi.
Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qo‘llashga e’tibor kuchaytiriladi.
Har bir viloyatda
“Eng yaxshi AT operatori” va “Raqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari
o‘tkaziladi. G‘oliblar
100 million so‘mdan mukofot
oladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritib, ma’rifatparvar alloma
Abdurauf Fitratning “Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha – ulug‘roqdir” degan so‘zlarini
esladi.
Tizimda
kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash
uchun 50 milliard so‘m ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil
1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi.
Bu imkoniyat
yosh kadrlar
uchun ham joriy qilinadi: har yili
500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi yildan
olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qo‘shimcha ustamasi 2 million so‘mdan 4,5 million so‘mga oshiriladi.
Bunday hududga ishga kirgan shifokorga
50 million so‘m bir martalik rag‘bat puli
ham beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 08:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kelasi yildan
26 ta ixtisoslashgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida ishlashga
o‘tiladi. Har bir direktor
sohaga yangilik kiritish, quyi bo‘g‘in xodimlari malakasini oshirish va ilmni amaliyotga joriy qilish
bo‘yicha aniq majburiyat oladi.
Nufuzli xorijiy universitet klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinib, markazlardagi kamchiliklar ko‘rsatiladi va direktorlarning vazifalari aniq belgilanadi.
Direktorlar yil yakunida jamoatchilik oldida hisobot beradi. Ish natijasiga qarab kontrakt uzaytiriladi.
Prezidentimiz respublika, viloyat va tumandagi har bir shifoxona hamda
poliklinika faoliyatiga aholining o‘zi baho beradigan mexanizmlarni kelasi yildan joriy etish
vazifasini qo‘ydi.
Har bir
shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bog‘lanishi, bunda aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi asosiy mezon bo‘lishi
qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X