Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qurilish fakulteti │ SamDAQU

qurilishfakulteti22
Subscribers
1 020
24 hours
30 days
-20
Post views
322
ER
0,32%
Posts (30d)
21
Characters in post
763
December 06, 07:21
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Ekosavodxonlik
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida "Ekologik ma'suliyat haftaligi" doirasida “Ekosavodxonlik bilan tanishamiz
"
mavzusida interaktiv darslar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor A.N.Gadayev, "Atrof-muhit muhandisligi" kafedrasi professor-o'qituvchilari, universitet magistrantlari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.
Resurslardan adolatli foydalanish sog‘lom hayot va ijtimoiy tenglikni ta’minlashi dars davomida keng muhokama qilindi.
Qurilish fakulteti kanali
@qurilishfakulteti22

December 06, 06:12
Media unavailable
4
Show in Telegram

"Ekologik ma'suliyat haftaligi"
Mirzo ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Ekologik masʼuliyat haftaligi" doriasida “Ekoadolatli hayot” debati o'tkazildi.
Atrof-muhitning ifloslanishi global xavf bo‘lib, unga qarshi har bir insonning mas’uliyatli yondashuvi muhim. Ekoadolatli hayot energiya, suv, chiqindilarni boshqarishda tejamkorlikni talab qiladi, bu esa iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Resurslardan adolatli foydalanish kambag‘allikning kamayishi, sog‘lom hayot va ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi.
Ushbu debatda universitetimizning talaba yoshlaridan iborat 4 ta jamoa ishtirok etdi.
Bellashuv natijalariga ko'ra
:
1-o‘rin

"Economist" jamoasi,
2-o‘rin – "Ekofaollar" jamoasi,
3-o‘rin – "Yosh ekologlar" jamoasi
munozarachilari g'olibi bo'lishdi.
Qurilish fakulteti kanali
@qurilishfakulteti22

December 03, 07:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmazning yoshlar, ota-onalar va pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan murojaati
Hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va eng muhimi, kelajagimiz bo‘lgan aziz yoshlar!
Bugun butun dunyo miqyosida inson salomatligiga, ijtimoiy barqarorlikka va jamiyat ravnaqiga jiddiy tahdid solayotgan illatlardan biri — giyohvandlik va narkojinoyatlar masalasidir. Ushbu xavfli jarayonlardan himoyalanish, ularning oldini olish va yosh avlodni ogoh etish — barchamizning umumiy vazifamizdir.
Giyohvand moddalar nafaqat insonning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini yemiradi, balki uning ta’limdagi, mehnatdagi, oilaviy hayotdagi o‘rniga ham qaytarib bo‘lmas zarar yetkazadi. Eng achinarlisi, bu illat ko‘pincha yoshlarga “zamonaviylik”, “erkinlik” yoki “stressdan qutulish” niqobi ostida yaqinlashadi. Ammo uning ortida faqat iztirob, qaramlik, hayotning barbod bo‘lishi va jinoyatchilik yo‘liga kirib qolish xavfi bor.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlarimizning qanday muhitda bo‘layotgani, kimlar bilan muloqot qilayotgani, qanday axborot makonida yashayotgani — bu haqda befarq bo‘lish mumkin emas. Ularni qo‘llab-quvvatlash, dardini tinglash, ularning hayotida doim ishonchli tayanch bo‘lish — eng muhim mas’uliyatimizdir.
Aziz pedagoglar! Bizning vazifamiz nafaqat bilim berish, balki yoshlarni to‘g‘ri va sog‘lom tanlovlar sari yo‘naltirishdir. Har bir dars, har bir suhbat — yoshlar ongida xavfli illatlardan yiroq turish, ma’naviy barkamol bo‘lish g‘oyasini shakllantirish imkonidir.
Aziz talabalar! Bugun dunyo sizdan bilimli, sog‘lom fikrli va mas’uliyatli bo‘lishni talab qiladi. Hech qachon giyohvand moddalar oqibatida bir lahzalik xato butun hayotingizni izdan chiqarmasin. Sizning kuchingiz — aqlingizda, salohiyatingizda, ulkan orzularingizda. Ularni asrang, sog‘ligingizni asrang va har qanday shubhali takliflardan o‘zingizni keskin cheklang.
Universitetimiz barcha talabalar uchun sog‘lom, xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitini yaratishga sodiqdir. Agar siz yoki atrofingizdagi biror kishi bunday muammoga duch kelgan bo‘lsa, iltimos, sukut saqlamang — murojaat qiling, yordam so‘rang, birgalikda yechim topamiz.
Keling, barchamiz birlashib, farzandlarimiz, talabalari­miz va jamiyatimizning sog‘lom kelajagi uchun mas’uliyatni his qilaylik.
Giyohvandlikka qarshi kurash — bu bizning hayotimiz, salomatligimiz va kelajagimizni himoya qilish yo‘lidagi eng muhim qadamdir.
Hurmat bilan,
Dr. Chidem Turkyilmaz
SamDAQU Axborot xizmati

Telegram
I

Instagram

Facebook
I

YouTube

November 28, 11:02
Media unavailable
4
Show in Telegram

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Talabalar dekanati tyutorlari tomonidan
“Radikal g‘oyalarga qarshi huquqiy-ma’rifiy profilaktika”
mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalarga yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi radikal g‘oyalar, ularning oqibatlari hamda ularga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va ularni sog‘lom dunyoqarash ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Qurilish fakulteti kanali
@qurilishfakulteti22

November 27, 12:21
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Xavfsizlik - hayot garovi” shiori ostida bilimga boy interaktiv viktorina tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi — talabalar o‘rtasida xavfsizlikka oid bilimlarni mustahkamlash, ularning faolligini oshirish hamda bir jamoa sifatida fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
@qurilishfakulteti22

November 27, 07:08
Media unavailable
5
Show in Telegram

“Uch avlod uchrashuvi”
Mahallalarda yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi ogʻir, muammoli yoshlar va kam taʼminlangan oilalardagi yoshlar oʻrtasida, keksa avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda universitet prorektorlari, professor-o'qituvchilar, keksa avlod vakillari, va faol talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida uyushmagan, tarbiyasi og'ir, muammoli yoshlar muammolari muhokama qilindi.
@qurilishfakulteti22

November 26, 05:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyevga Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi qurilgan binosi haqida axborot berildi
#26nov
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram

November 25, 12:52
Media unavailable
5
Show in Telegram

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida qatagʻon qurbonlarining Vatan ozodligi va millat kelajagi yoʻlidagi fidoyiliklarini ochib berishga qaratilgan mavzu professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida muhokama qilindi. Millat fidoiylari merosini, ular koʻtargan milliy istiqlol hamda ozodlik gʻoyalarining tub mohiyatini ochib berishga qaratilgan ushbu davra suhbati talabalar va professor o'qituvchilarda chuqur taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida talabalar qatag'on qurbonlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib, ularining fojiali taqdiri va mustaqillikka eltuvchi yo‘l haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.
@qurilishfakulteti22

November 25, 12:21

DIQQAT E'LON!!
Universitetimizning professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilari diqqatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-yarim yillik ish rejasining 5-ilova 13-bandida “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni va roli, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etish belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosi yuzasidan Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan joriy yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” loyihasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qiziquvchi professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun talaba klublari bo'limi boshlig'i Ch.Xushmurodovaga murojaat qiling.
@Talaba_klublari_bolimi

November 25, 11:40
Media unavailable
4
Show in Telegram

Rektor va faol yoshlar uchrashuvi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida rektor Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitetning faol yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlarni ta’lim tizimidagi qiziqtirgan savollarga javob berildi. Uchrashuv saviyali va ko’tarinki ruhda o’tdi.
Qurilish fakulteti kanali
@qurilishfakulteti22