Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QUR'ON•TV

qurontvuz
Rasmiy manbalar asosida yuritiladi Qalbingiz orom oladigan, Kundalik Qur'on oyatlari va Ibratli hikoyalar joylab boriladigan QUR'ON•TV @REKLAMA_QURONTVUZ
Subscribers
9 387
24 hours
1
30 days
-193
Post views
566
ER
6,03%
Posts (30d)
167
Characters in post
581
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
May 20, 06:18
Media unavailable
3
Show in Telegram

@QuronTvuz

May 19, 18:53

Koʻz va quloqlarimiz — qalbimizning darvozasidir
​Koʻpchiligimiz bolalikda televizor orqali hind kinolarini qiziqib tomosha qilganmiz va ulardagi botil eʼtiqodlaru xurofotlarga guvoh boʻlganmiz. Afsuski, bugungi kunimizda ham televizor va ekranlar orqali xalqimizga koʻrsatilayotgan koʻplab kinolar fahsh, buzuqlik, axloqsizlik va boshqa talaygina fasodlarni tarqatishda davom etmoqda. Agar Alloh taolo Oʻzi asramasa, bularning barchasi jamiyatimiz va kelajak avlod qalbiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi.
​Insonning koʻrayotgan va eshitayotgan narsalari uning dunyoqarashiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladi. Shuning uchun ham koʻz va quloqlarimizni yot gʻoyalardan, maʼnaviy buzuqliklardan asrashimiz shart. Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday marhamat qiladi:
​"(Ey inson!) Oʻzing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, koʻz, dil — bularning barchasi toʻgʻrisida (har bir inson) masʼul boʻlur". (Isro surasi, 36-oyat)
​Bolalikda ongga singdirilgan oʻsha zaharli mafkuralar bugun oʻzining achchiq "meva"sini bera boshladi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir kimsaning: "Men oʻtgan hayotimda harbiy boʻlganman", deya ruhlarning koʻchib oʻtishi (reinkarnatsiya) haqida safsata sotganiga guvoh boʻldik. Eng achinarli jihati — u oʻzining bu uydurmalariga muqaddas dinimiz va Qurʼonni ham aralashtirishga uringan.
​Vaholanki, ruhlarning boshqa tanaga koʻchib oʻtishi (tanasux) barcha Islom ulamolarining ittifoqiga koʻra kufr eʼtiqod hisoblanadi. Zero, Qurʼoni Karim bu tushunchaning mutlaqo yolgʻon ekanini ochiq-oydin bayon qilgan:
​"Toki qachon ulardan (yaʼni, mushriklardan) biriga oʻlim kelganida: «Parvardigor, meni (yana hayotga) qaytaringlar. Shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam», deb qolur. Yoʻq! (U aslo hayotga qaytarilmas). Darhaqiqat, bu (har bir jon berayotgan kofir) aytadigan soʻzdir. Ularning ortida to qayta tiriladigan kunlarigacha (dunyoga qaytishlaridan toʻsib turadigan) bir toʻsiq (barzax) boʻlur". (Moʻminun surasi, 99-100-oyatlar)

Buyuk olim Ibn Hazm (rahimahulloh) ham ushbu eʼtiqodning kufr ekanligiga butun Islom olami ijmo (ittifoq) qilganini naql etganlar.
Inson oʻlgandan keyin qayta-qayta dunyoga kelmaydi, balki barcha amallari uchun Qiyomatda hisob beradi. Alloh taolo taʼkidlaganidek:
​"Har bir jon oʻlimni totguvchidir. Va Qiyomat kunida, hech shak-shubhasiz, ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz. Bas, kim doʻzahdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu hayoti dunyo esa faqat aldaguvchi matodir". (Oli Imron surasi, 185-oyat)
​Bugungi kunda oʻziga eʼtibor qaratmoqchi boʻlgan yoki dunyoning oʻtkinchi matosiga uchgan baʼzi kimsalar oʻz safsatalarini oʻtkazish uchun Qurʼon va Islom nomidan foydalanishga urinmoqda. Biroq unutmangki, pok dinimiz va muqaddas Kitobimiz bunday botil eʼtiqodlardan hamda axloqsiz gʻoyalardan mutlaqo pokdir!
@QuronTvuz

May 19, 05:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

​​
​​ Uhud Jangi — Birgina Xato G‘alabani Tartibsizlikka Aylantirdi! - AI Talqinida - Ey Rasululloh
7-q
ism

May 19, 05:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Тақво қилмаган бу кўзлар, Қиёматда билмам недан сўзлар...
Амали ноқис бу безбет юзлар, тинмай Жаннатга киришни кўзлар...

May 19, 05:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

ФАРҚ
Аёлнинг тўққиз нафси, бир ақли, эркакнинг тўққиз ақли, бир нафси бордир. Аёл бир ақли ила тўққиз нафсига соҳиб чиқа оларкан. Аммо эркак тўққиз ақли ила бир нафсига соҳиб чиқа олмас!
🖋
Жалолиддин Румий

May 19, 05:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

ҲАЙҲОТ
Шунча дуо қилдим ижобат қани?...
Қанча гуноҳ қилдинг хижолат қани?...

May 19, 05:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

КУН_ҲИКМАТИ
Эй нафсим!
Тавба ҳам бир лаззатдир...
Уни ҳам бир тот!

May 19, 05:40

Zulhijjaning 10 kunligi haqida
Rasululloh ﷺ dedilar:
“Alloh taologa Zulhijjaning ushbu o‘n kunidagi amallardan ko‘ra sevimliroq bo‘lgan boshqa kunlardagi amal yo‘q.”
Sahobalar:
“Hatto Alloh yo‘lida jihod hammi?” — deb so‘rashdi.
Rasululloh ﷺ:
“Hatto jihod ham. Faqat jonini va molini olib chiqib, hech narsasiz qaytmagan kishining jihodi bundan mustasno”, — dedilar.
— Imom Buxoriy rivoyati.

Bu 10 kunning fazilatlari
1. Alloh eng yaxshi kunlar deb qasam ichgan
Alloh taolo Qur’onda:
“Tongga qasam. O‘n kechaga qasam.”
degan. Tafsir olimlari bu “o‘n kecha”ni Zulhijjaning o‘n kuni deb izohlaganlar.

2. Arafah kuni — gunohlar kechiriladigan kun
9-kun — Arafah kuni juda ulug‘ kun.
Rasululloh ﷺ dedilar:
“Arafah kunining ro‘zasi o‘tgan va kelayotgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘lishidan Allohdan umid qilaman.”
— Imom Muslim rivoyati.

3. Qurbonlik va Hayit ibodati
10-kun Qurbon hayiti bo‘lib, musulmonlar qurbonlik qilish orqali Allohga yaqinlashadilar.

Bu kunlarda qilinadigan eng yaxshi amallar
Namozni vaqtida o‘qish
Qur’on tilovati
Ko‘p zikr aytish:
“Subhanalloh”
“Alhamdulillah”
“Allohu Akbar”
“La ilaha illalloh”
Tavba qilish
Sadaqa berish
Qarindoshlar bilan aloqani mustahkamlash
Arafah kuni ro‘za tutish (hajda bo‘lmaganlar uchun)

Takbir aytish
Sahobalar bu kunlarda ko‘p takbir aytganlar:
“Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illalloh.
Allohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd.
@Umaralqatami

May 19, 05:15

Ulamolar aytishicha:
Zulhijjaning kunduzlari
— eng afzal kunduzlardir.
Ramazonning oxirgi 10 kechalari
esa — eng afzal kechalardir.
Chunki Ramazonning oxirgi o‘n kechasida
Laylat al-Qadr
bor. U ming oydan yaxshiroqdir.
Shayxul Islom
Ibn Taymiyyah
aytganlar:
“Zulhijjaning o‘n kuni kunduzlari jihatidan afzal, Ramazonning oxirgi o‘n kechalari esa kechalari jihatidan afzaldir.

May 19, 05:14
Media unavailable
1
Show in Telegram