Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qöşköpir.uz | Rasmiy

qushkupiruz
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi Axborot xizmatining telegramdagi rasmiy sahifasi • http://gov.uz/qushkupir • fb.com/qushkupir.tuman.hokimligi • instagram.com/Qushkupiruz Murojaat uchun: @QushkupirMurojaat_bot
Subscribers
7 500
24 hours
-1
30 days
4 526
Post views
734
ER
9,79%
Posts (30d)
139
Characters in post
1 010
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 28, 14:34
Media unavailable
10
Show in Telegram

QÖŞKÖPIR TUMANIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR ÖTKAZILDI
📍
Qöşköpir tumanida “Çorşanba — favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va yonğinlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan keng kölamli profilaktik tadbirlar taşkil etildi.
Tadbirlar tuman hokimining birinçi örinbosari
Pirnafasov Sirojbek Azamatoviç
, tuman prokurori
Şoxrux Radjabov
hamda Favqulodda vaziyatlar bölimi rahbari
Şuhrat Maşaripov
boşçiligida ötkazildi.
Asosiy e’tibor aholi örtasida favqulodda vaziyatlar va yonğinlarning oldini oliş, fuqarolarning xavfsizlik borasidagi bilim va könikmalarini oşirişga qaratildi.
🔹
Tadbirlar davomida fuqarolarga yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş, elektr va gaz jihozlaridan töğri foydalaniş, isitiş moslamalarini xavfsiz işlatiş hamda is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça tuşuntirişlar berildi.
✅
Bunday profilaktik tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlaş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va insonlar hayotini asraşga xizmat qiladi.
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube

October 28, 10:11
Media unavailable
3
Show in Telegram

ИСО ҲАБИББЕЙЛИ: “ИСЛОМ ЦИВИЛИЗАЦИЯСИ МАРКАЗИ БУТУН ТУРКИЙ ДУНЁ УЧУН УЛКАН АҲАМИЯТГА ЭГА”
Ўзбекистон ва Озарбайжонни асрлар давомида шаклланган муштарак тарих, бой маънавий мерос ва буюк алломалар қолдирган илмий кашфиётлар бирлаштириб келади. Бокуда бўлиб ўтган халқаро анжуманда
Озарбайжон Миллий Фанлар академияси президенти Исо Ҳабиббейли
Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказининг бутун туркий дунё учун аҳамиятини алоҳида таъкидлаб, уни аждодлар меросини замонавий форматларда ўрганиш ва келажак авлодга етказишга хизмат қилувчи улкан мегалойиҳа сифатида эътироф этди.
📌
Батафсил
—
iccu.uz
___________________
ИСА ГАБИББЕЙЛИ: «ЦЕНТР ИСЛАМСКОЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ ИМЕЕТ ОГРОМНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ДЛЯ ВСЕГО ТЮРКСКОГО МИРА»
Узбекистан и Азербайджан связывают многовековая общая история, богатое духовное наследие и научные открытия выдающихся учёных и мыслителей. Выступая на международной конференции в Баку,
президент Национальной академии наук Азербайджана Иса Габиббейли
особо подчеркнул значение Центра исламской цивилизации в Узбекистане для всего тюркского мира. Он назвал Центр масштабным проектом, призванным содействовать изучению наследия предков, его представлению в современных форматах и передаче будущим поколениям.
📌
Подробно—
iccu.uz
Telegram
|
YouTube
|
Instagram |
Facebook
|
X
|iccu.uz

October 28, 10:10
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Боку_халқаро_анжуман
БОКУДА ЎЗБЕКИСТОН ВА ОЗАРБАЙЖОННИНГ МУШТАРАК ТАРИХИЙ МЕРОСИ ВА ИЛМИЙ ҲАМКОРЛИГИГА БАҒИШЛАНГАН ХАЛҚАРО АНЖУМАН ЎТКАЗИЛДИ
Жорий йилнинг 26 октябрь куни Озарбайжон пойтахти Боку шаҳридаги Халқаро Муғом марказида
“Ўзбекистон ва Озарбайжон: муштарак тарихий мерос, ислом цивилизацияси ва замонавий илмий ҳамкорлик” мавзусида халқаро анжуман
бўлиб ўтди. Тадбирда икки мамлакатнинг тарихий ва маънавий алоқаларини чуқур ўрганиш, буюк алломалар меросини халқаро миқёсда тарғиб қилиш, илмий-тадқиқот ва маданий-гуманитар ҳамкорликни янада ривожлантириш масалаларига эътибор қаратилди.
📌
Батафсил
—
iccu.uz
___________________
В БАКУ ОБСУДИЛИ ОБЩЕЕ ИСТОРИЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ УЗБЕКИСТАНА И АЗЕРБАЙДЖАНА И ПЕРСПЕКТИВЫ НАУЧНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА
26 октября в Международном центре мугама в Баку состоялась
международная конференция «Узбекистан и Азербайджан: общее историческое наследие, исламская цивилизация и современное научное сотрудничество»
. В центре внимания участников находились вопросы изучения исторических и духовных связей двух стран, популяризации наследия выдающихся учёных и мыслителей, расширения научно-исследовательского и культурно-гуманитарного взаимодействия.
📌
Подробно—
iccu.uz
Telegram
|
YouTube
|
Instagram |
Facebook
|
X
|iccu.uz

October 28, 08:12
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xalq deputatlari Qöşköpir tuman Kengaşining VII çaqiriq 36-sessiyasi bölib ötdi
Sessiyada tuman hokimining birinçi örinbosari
Pirnafasov Sirojbek Azamatoviç
, tuman deputatlari hamda tegişli taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi. Sessiyani Kengaş raisi Mahmud Tangriberganov olib bordi.
Kun tartibidan PQ-410-son qarori ijrosi, mahalliy budjetning qöşimcha mablağlarini yönaltiriş, budjet daromadlari ijrosi, suv resurslaridan samarali foydalaniş, aholi murojaatlari bilan ishlaş, 2027-yil uçun zaxiradagi iş örinlarini belgilaş, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ijrosi hamda deputatlar tomonidan saylovçilar bilan uçraşuvlarda aniqlangan muammolarni hal etish masalalari örin oldi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari tinglanib, deputatlarning fikr va takliflari muhokama qilindi. Tegişli masalalar böyiça qarorlar qabul qilindi.
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube

October 28, 07:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 27, 18:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

#OGOHLANTIRISH
🚨
IS GAZIDAN ZAHARLANISH VA YONG‘INLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA TARG‘IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab aholi yashash joylari hamda odamlar gavjum maskanlarda ovoz kuchaytirgichlar yordamida tunu kun targ‘ibot va ogohlantirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va boshqa xavfli hodisalarning oldini olish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan muhim tavsiyalar berilmoqda.
Isitish moslamalari va dudbo‘ronlarni muntazam tekshiring, xonalarni shamollatib turing, gaz va elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘ling.
Boshqa yangiliklar
👇
Sayt
|
Facebook
|
Telegram
|
Youtube
|
instagram

October 27, 12:31
Media unavailable
9
Show in Telegram

#Zulfıyahonim
izdoshlari
#Qo
‘shko‘pir tumani
#taqdirlash
tantanasidan fotolavhalar

October 27, 12:31
Media unavailable
10
Show in Telegram

“ZULFIYAXONIM” TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
Qo‘shko‘pir tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda iste’dodli, bilimli va faol qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyati va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida
“Zulfiyaxonim” tanlovining tuman bosqichi
bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 56 nafar iqtidorli qiz ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini, ijodiy salohiyati hamda tashabbuskorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar belgilangan shartlar asosida o‘zaro bellashib, tanlovga puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini namoyish etdilar.
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan va yuqori natijalarga erishgan qizlar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

October 27, 11:25
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Xorazm viloyatining investitsiyaviy salohiyati va suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b. U.Xusainov, Xorazm viloyati hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Davletov hamda hokimning turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Saidov Buyuk Britaniyaning “Moneff” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Sanjar Mavlyanov, Koreya Respublikasining Yoon Young Trading Co., Ltd. kompaniyasi rahbari Choy Yun Yon, Vengriyaning Lyudovika Davlat xizmati universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh direktori Liliana Śmiech,  “Korea Cosmetics CIS” kompaniyasi asoschisi Ulug‘bek Qodirov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Xorazm viloyatining investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy salohiyati, mavjud imkoniyatlar hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
👍
Muloqot davomida investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan qator yo‘nalishlar muhokama qilindi
:
▫️
Xorazm viloyatida mehmonxonalar qurish uchun investitsiya maydonlarini aniqlash hamda elektr stansiyalarini barpo etish imkoniyatlari;
▫️
zamonaviy ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish istiqbollari;
▫️
Urganch va Xiva shaharlarida Koreya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan kosmetika mahsulotlari savdo maydonlarini tashkil etish;
▫️
iqlim o‘zgarishi oqibatlarini hisobga olgan holda suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish, ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni Lyudovika Davlat xizmati universiteti tajribasi asosida o‘qitish va malakasini oshirish imkoniyatlari.
Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni batafsil o‘rganish, o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda istiqbolli tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
in
|
WiKi
|
Aloqa

October 27, 10:50
Media unavailable
6
Show in Telegram

TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA
Qo‘shko‘pir tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlar davom etmoqda.
Navbatdagi manzil Arablar mahallasida faoliyat yuritayotgan
“G‘IYOSBEK ILYOSBEK” MCHJ
bo‘ldi.
Korxona faoliyati bilan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
Pirnafasov Sirojbek Azamatovich
tanishib, tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida mavjud muammolarni hal etish va belgilangan maqsadlarga erishish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube