Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Quva tumani hokimligi

quvaaxborothizmati
Қува тумани ҳокимлиги расмий канали Facebook: https://www.facebook.com/quvatumanhokimligi Veb sayt: https://quva.uz/ youtube.com : https://www.youtube.com/channel/UC6qGN6twkDYDUX4baAmUc5Q Fuqarolar murojaatlari uchun: t.me/quva_murojaat_bot
Subscribers
14 897
24 hours
-862
30 days
-5 407
Unusual 24 hours drop
Post views
485
ER
3,26%
Posts (30d)
322
Characters in post
769
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 17:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Seulda Farg‘ona uchun yangi investitsiyaviy imkoniyatlar muhokama qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Respublikasining yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator amaliy muzokaralar o‘tkazdi.
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 11, 14:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔔
“Tashabbusli budjet”da yana 417 ta loyiha
g‘olib bo‘ldi
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi doirasida asosiy g‘oliblar qatoridan joy ololmagan
417 ta loyiha
qo‘shimcha g‘olib
deb topildi.
Jumladan,
✔️
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan
346
ta loyiha qo‘shimcha g‘olib
deb topildi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami
240,3 mlrd so‘m
yo‘naltirildi.
✔️
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari
qarorlariga ko‘ra, mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan
71
ta loyiha qo‘shimcha g‘olib
deb e’lon qilindi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami
101,0 mlrd so‘m
yo‘naltirildi.
Ma’lumot uchun:
amaldagi tartibga ko‘ra,
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari
mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan navbatdagi loyihalarni
qo‘shimcha tarzda g‘olib deb e’lon qilish vakolatiga ega.
➡️
Qo‘shimcha g‘olib loyihalar ro‘yxati
➡️
Deputatlar tashabbusi
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

September 11, 13:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Seulda O‘zbekiston va Koreya hududlarini yanada yaqinlashtirgan muhim muloqot maydoni — birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Buning amaliy samarasi sifatida umumiy qiymati 420 million dollar bo‘lgan 23 ta investitsiyaviy va savdo kelishuviga erishildi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

September 11, 12:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

ҚУВАНИНГ АНOРИ — ҚУВАНИНГ ИФТИХОРИ!
Кузнинг файзли кунлари, анорзорларнинг бетакрор манзараси ва Қувага хос барака!
Бир дона анорда —
миллийлик, меҳнат ва юрт файзи
мужассам.
Қува анори — таъми билан тилларда, номи билан дилларда!

September 11, 10:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

САЙЁР ҚАБУЛ: МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
Бугун Фарғона вилояти ҳокимининг ўринбосари
Хакимжон Долимов
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Халқ қабулхонасида фуқаролар ҳамда юридик шахсларнинг мурожаатларини ўрганиш ва уларни ҳал этиш мақсадида
сайёр қабул
ўтказди.
Қабул давомида мурожаатлар тингланиб, уларни қонуний ва амалий ҳал этиш бўйича масъулларга тегишли вазифалар белгилаб берилди.
🔔
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
quva.uz

September 11, 06:10
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

“TASHABBUSLI BUDJET”: MAKTABDAGI TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
#kotibiyat_mudiri
#Haftalik_ish_reja
#Biriktirilgan_loyiha

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash deputati D.Sodiqova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan 2026-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan 42-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlar jarayoni o‘rganildi.

Mazkur loyiha “SSS BLESSING RESIDENSES” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, umumiy qiymati 1 mlrd 606,4 mln so‘mni tashkil etadi.
🤩
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining sifati, loyiha talablariga muvofiqligi va belgilangan muddatlarga rioya etilishiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar mas’ul tashkilot vakillariga ko‘rsatib o‘tildi va bartaraf etilishi nazoratga olindi.
✏️
Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli yakunlash va obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌐
Instagram|

Telegram
|

Facebook
|
📹
Youtube
🦅
E-Kengash

September 11, 05:23
Media unavailable
5
Show in Telegram

Farg‘ona viloyati va Incheon shahri hamkorligi
yangi bosqichga
ko‘tariladi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Seul shahrida o‘tkazilayotgan Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumi doirasida Incheon metropoliten shahri meri Pak Chan De bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, mustahkam do‘stlik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangani alohida ta’kidlandi. Keyingi yillarda davlatlarimiz o‘rtasidagi yaqin aloqalar hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni kengaytirish, ta’lim, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalarda yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
__
Сотрудничество Ферганской области и города Инчхон выходит на
новый уровень
__
Cooperation Between Fergana Region and Incheon Enters a
New Stage
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

September 11, 05:23
Media unavailable
10
Show in Telegram

Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo
hamkorlik forumi
Seulda o‘z ishini boshladi
Bugun Seul shahrida birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Forum ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirishga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston va Koreyaning hududiy rahbarlari, davlat idoralari, ishbilarmon va ekspert doiralari vakillari ishtirok etmoqda.
__
Первый Узбекско-Корейский
форум межрегионального
сотрудничества начал работу в Сеуле
__
First Uzbekistan–Korea Interregional
Cooperation Forum
Kicks Off in Seoul
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

September 11, 05:23
Media unavailable
3
Show in Telegram

Quva anori Janubiy Koreyaga eksport qilindi
Quva tumanida yetishtirilayotgan anor mahsulotlarining xorijiy bozorlarga eksporti yildan-yilga kengayib
bormoqda.
Ayniqsa, sifatli, shirin va xushta’m anor navlariga xalqaro bozorlarda talab ortib, mahalliy bog‘bonlar uchun yangi eksport imkoniyatlari yaratilmoqda.
Quva tumani anorchilik sohasida ko‘p yillik tajriba va shakllangan an’analari bilan ajralib turadi. Hududda yetishtirilayotgan anorlar o‘zining mazasi, tashqi ko‘rinishi va sifati bilan nafaqat ichki bozorda, balki xorijiy iste’molchilar orasida ham tobora ommalashmoqda.
Anorchilik tuman iqtisodiyotining muhim drayver sohalaridan biriga aylanib, aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Ayni kunlarda tumanda ertapishar anor navlari pishib, eksport mavsumiga start berildi. Mahsulotlarni xorijiy xaridorlarga sifatli yetkazib berish, saralash va qadoqlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, kuni kecha “Rich Farm Ekspo” MCHJ tomonidan 9 tonna Quva anori Janubiy Koreyaga eksport qilindi. Hozirda mazkur mahsulotlar Janubiy Koreyaning yirik savdo do‘konlarida iste’molchilarga taklif etilmoqda.
Bu nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozorlarni ochayotgani, balki Quva anorining xalqaro miqyosda raqobatbardosh mahsulot sifatida tan olinayotganidan ham dalolatdir.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

September 11, 05:22
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Korik_tanlov
“ENG YAXSHI KITOBXON OILA"

2026-yil 10-sentyabr kuni Quva tuman axborot-kutubxona markazi hamda Favqulodda vaziyatlar tuman bo‘limi hamkorligida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oilalari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, oilada mutolaa madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ishtirokchilarning bilim va dunyoqarashini boyitish hamda oilaviy kitobxonlik an’analarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining adabiy bilimlari, kitobxonlik darajasi, mustaqil fikrlashi, tezkor va hozirjavobligini namoyish etdilar.
📌
Yakuniy natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarning bilim va salohiyati munosib baholanib, yuqori natija qayd etgan g‘oliblar hamda faol qatnashchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
📚
Kitobxon oila — ziyoli avlod va ma’rifatli jamiyat garovidir!