Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.

quyi_chirchiq_pressa
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Subscribers
1 967
24 hours
-2
30 days
-25
Post views
372
ER
18,91%
Posts (30d)
223
Characters in post
887
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 27, 13:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
QUYI CHIRCHIQDA YOSHLAR MUAMMOLARIGA YECHIM TOPILDI
Bugun Quyi Chirchiq tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O. Tursunov, viloyat hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov, Quyi Chirchiq tumani hokimi Akmal Xolmurodov hamda Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R. Tursunboyev ishtirok etdi.
200 nafardan ortiq yosh qatnashgan uchrashuvda ularning bandligi, imtiyozli kredit olish va boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ko‘plab murojaatlar joyida hal etildi. Jumladan, uzoq vaqtdan buyon ish izlayotgan yoshlar bandligi ta’minlandi, imtiyozli kredit olishda muammolarga duch kelgan yoshlarning masalalariga yechim topildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish
👇
📱
Telegram
🌐
WebSayt
🌐
YouTube
📱
Instagram
📱
Facebook

October 27, 12:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

#FVV_murojaati
Aholini is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha FVV murojaati
Is gazi inson hayoti uchun o‘ta xavfli bo‘lib, o‘limga olib kelishi mumkin. Bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, FVV boshqarma boshlig‘i Odil Qo‘ldoshev rioya etilishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalarni bayon qildi.
—
Обращение МЧС населению с целью предупреждения случаев отравлений угарным газом
Угарный газ смертельно опасен. С целью предупреждения таких несчастных случаев, начальник Управления МЧС Одил Кулдошев озвучил основные правила, которые следует соблюдать.
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com

October 27, 12:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

☄️
Is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘indan saqlaning!
👆
Yuqoridagi infografika orqali barchasini bilib olishingiz mumkin.
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X

October 27, 12:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

☄️
FVV ogohlantiradi! Is gazidan ehtiyot bo‘ling.
Is gazi
- hayot uchun xavfli! Isitish pechlari, dudburonlar va shamollatish tizimlarining sozligini tekshiring!
—
☄️
ФВВ огоҳлантиради! Ис газидан эҳтиёт бўлинг.
Ис гази -
ҳаёт учун хавфли! Иситиш печлари, дудбуронлар ва шамоллатиш тизимларининг созлигини текширинг!
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com

October 27, 12:27
Media unavailable
3
Show in Telegram

☄️
Is gazi – rangsiz, hidsiz, ta'msiz zaharli gazdir!
Is gazidan zaharlanishdan
ogoh bo‘ling!
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
—
☄️
Ис гази – рангсиз, ҳидсиз, таъмсиз заҳарли газдир!
Ис газидан заҳарланишдан
огоҳ бўлинг!
Ўзингиз ва яқинларингиз ҳаётини хавф остига қўйманг.
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com

October 27, 12:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

Is gazi hayot uchun xavfli
Yaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring.
—
Угарный газ опасен для жизни
Уже в ближайшие дни в отдельных локациях страны, в частности в горных и предгорных районах, люди начнут поэтапно пользоваться отопительными котлами. В этом ролике прозвучали важные рекомендации, к которым необходимо прислушаться. Отправьте это видео своим близким.
Boshqayangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com

October 27, 12:24
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
BEFARQ BO‘LMANG!
Is gazidan zaharlanishning oldini olaylik!
Havo harorati pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi. Biroq yoz mavsumi davomida ishlatilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan isitish qurilmalari, ayniqsa, qo‘lbola va nostandart moslamalardan foydalanish, dudburon va mo‘rkonlarning tozaligi hamda sozligiga e’tiborsizlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
So‘nggi kunlarda is gazidan zaharlanish oqibatida insonlar hayotdan ko‘z yumayotgani barchamizni yanada hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga undashi kerak. Zero, is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni sezish qiyin. Shu bois xavfsizlik qoidalariga beparvolik qilish inson hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
Isitish mavsumida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz:
◎ Faqat muvofiqlik sertifikatiga ega, belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola va nostandart qurilmalarni ishlatmang.
◎ Mavjud isitish moslamalarini mavsum boshlanishidan oldin malakali mutaxassislarga ko‘rsating, ularning texnik holati va xavfsiz ishlashini tekshirtiring.
◎ Dudburon va mo‘rkonlarning holatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring, ularni qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
◎ Xonani isitish maqsadida ochiq olovdan, jumladan, gaz plitadan foydalanmang. Isitish moslamalarini belgilangan maqsaddan tashqari ishlatish xavfli.
◎ Xonalarda havo almashinuvi va shamollatish imkoniyati mavjudligini ta’minlang. Ventilyatsiya kanallarini berkitmang, ularning ishlash holatini nazorat qilib boring.
◎ Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang, ulardan foydalanishda ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalari va xavfsizlik talablariga amal qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday holat kuzatilsa, darhol toza havoga chiqing, xonani shamollating, boshqa odamlarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordam hamda tegishli favqulodda xizmatlarga murojaat qiling.
Unutmang: is gazi xavfini ko‘z bilan ko‘rib yoki hididan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, isitish moslamalarini tekshirish va dudburonlarni tozalash juda muhim. Bu shunchaki tavsiya emas, hayotni asrashning muhim shartidir.
Aziz yurtdoshlar! Isitish mavsumini xavf-xatarsiz o‘tkazish uchun befarq bo‘lmang. O‘zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratish ertaga insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
🌐
hududgaz.uz

October 27, 06:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Ўзбекистонда бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказилмоқда
Президент Фармонига
мувофиқ
, 2026 йил 15 октябрдан 30 ноябрга қадар мамлакатимизда илк бор бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказилмоқда.
📊
Ушбу тадбирнинг асосий мақсади — Ўзбекистонда фаолият юритаётган иқтисодий бирликлар, уларнинг фаолият йўналишлари, бандлик ҳолати ва асосий иқтисодий кўрсаткичлари ҳақида тўлиқ ва ишончли маълумотларни шакллантиришдан иборат.
🔹
Рўйхатга олиш жараёнида юридик шахслар, якка тартибдаги тадбиркорлар, ўзини ўзи банд қилган шахслар, деҳқон хўжаликлари, ҳунармандлар, оилавий тадбиркорлар ва бошқа иқтисодий бирликлар қамраб олинади.
✅
Тадбир натижалари иқтисодиётнинг ҳақиқий ҳолатини баҳолаш, тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, ҳудудларни ривожлантириш ва манзилли қарорлар қабул қилиш учун муҳим ахборот манбаи бўлади.
👉🏻
Бизнесни рўйхатга олиш тадбирида фаол иштирок этинг!
🔸
Ҳар бир маълумот тараққиётга хизмат қилади!

October 26, 13:08
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Quyi_Chirchiq_tumani
#Uchrashuv
⚡️
QUYI CHIRCHIQ TUMANIDAN 16 NAFAR SPORTCHI RESPUBLIKA BOSQICHIDA ISHTIROK ETADI
📍
Joriy yilning 26-oktabridan 8-noyabriga qadar “Prezident olimpiadasi” sport musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Viloyat bosqichida yuqori natijalarga erishgan Quyi Chirchiq tumanidan 16 nafar yosh sportchi ushbu bosqichda tumanimiz sharafini himoya qiladi.
📍
Shu munosabat bilan tuman hokimi Akmal Xolmurodov, tuman IIB boshlig‘i D. Xusanov hamda tuman prokurori B. Satvaldiyev ishtirokida sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda yoshlarning tayyorgarligi, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
📍
Uchrashuvda jahon chempionlari Umidjon Ermatov, Ruxshona Shuxratova va Xurshid Imamov ham ishtirok etib, yosh sportchilarga o‘z tavsiyalari va motivatsion maslahatlarini berdilar.
Tuman hokimi sportchilarga Respublika bosqichida omad, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tiladi.
📱
Telegram
🌐
WebSayt
🌐
YouTube
📱
Instagram
📱
Face

October 26, 11:44
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

🇺🇿
QUYI CHIRCHIQDA YOSHLAR MUAMMOLARIGA YECHIM TOPILDI
Bugun Quyi Chirchiq tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati hokimining birinchi
o‘rinbosari O. Tursunov, viloyat hokimi o‘rinbosari O. Sultonbekov, Quyi Chirchiq tumani hokimi Akmal Xolmurodov hamda Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R. Tursunboyev
ishtirok etdi.
200 nafardan ortiq yosh qatnashgan uchrashuvda
ularning bandligi, imtiyozli kredit olish va boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ko‘plab murojaatlar joyida hal etildi. Jumladan, uzoq vaqtdan buyon ish
izlayotgan yoshlar bandligi ta’minlandi, imtiyozli kredit olishda muammolarga duch kelgan yoshlarning
masalalariga yechim topildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni o‘z vaqtida hal etish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
🕊
Telegram
🌐
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube