Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Raqamli ta'lim markazi

raqamli_talim_markazi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Raqamli ta'lim va sun'iy intellektni rivojlantiriş markazi 🤖 Texnik qöllab-quvvatlaş rasmiy boti: @eduyordam_bot 📞 +998 71 203 13 24 💻 www.e-edu.uz
Subscribers
39 651
24 hours
-61
30 days
-1 849
Post views
11 213
ER
28,28%
Posts (30d)
10
Characters in post
542
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 21, 03:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni muborak boʻlsin!
Ona tilimiz xalqimizning madaniyati, tarixi va tafakkurini aks ettiradigan vositadir. Uni ardoqlash va rivojlantirish barchamizning burchimiz.
✨
Hurmat bilan
Raqamli ta'lim markazi
jamoasi!
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 18, 17:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔈
Pedagoglik maqomingizni onlayn aniqlang!
💻
Endilikda
my.edu.uz
orqali fuqaroning o‘zi yoki ota-onasining pedagoglik maqomini tekshirish va shu orqali 30% kontrakt chegirmasi qo’llanishini aniqlash mumkin.
🔆
Xizmatdan foydalanish uchun hujjat talab etilmaydi.
🔆
Ariza bir bosqichda topshiriladi.
🔗
Xizmatdan foydalanish:
my.edu.uz
Kerakli ma’lumotni olish uchun platformaga kiring va “
Pedagogik maqomini aniqlash
” xizmatini tanlang.
📎
Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati
Raqamli ta'lim markazidan,
Raqamli ta'lim xizmatlari.
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 17, 15:34

Raqamli ta'lim va sun'iy intellektni rivojlantirish markazi
pinned a video

October 17, 15:22
Media unavailable
2
Show in Telegram

✔️
Pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt chegirmasiga qanday ariza beriladi?
Ta’lim kontrakti uchun chegirma olishga ariza topshirmoqchimisiz?
💻
Buning uchun
kontrakt.edu.uz
platformasiga kirib, kerakli xizmatni tanlash va arizani to‘ldirish lozim.
🎥
Videoni tomosha qiling va ariza topshirish tartibini bosqichma-bosqich o‘rganing!
📎
Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq
lavozimlar roʻyxati
🔗
kontrakt.edu.uz
Ma'lumot uchun: 30% kontrakt chegirmasiga ariza berishdan oldin ota-onangiz pedagog hisoblanishini
my.edu.uz
portalida bilib olishingiz mumkin.
Raqamli ta'lim markazidan,
Raqamli ta'lim xizmatlari.
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 15, 10:47
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔈
Pedagog xodimlar uchun muhim yangilik!
📈
Pedagog xodimlarning farzandlariga ta’lim uchun chegirma qo‘llash maqsadida ariza berish tartibini bilasizmi?
🎥
Ushbu videoqo‘llanmada ariza topshirish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin.
📌
Videoni tomosha qiling va boshqa pedagog hamkasblaringizga ham ulashing!
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 11, 05:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 09, 12:16
Media unavailable
3
Show in Telegram

🏆
Kiberxavfsizlik sohasidagi samarali faoliyat e’tirof etildi
Joriy yilning
5–6 oktabr kunlari
“
Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026
” xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda oliy ta’lim sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarining axborot tizimlari va resurslarini kiberxavflardan himoya qilish hamda xodimlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar baholandi.
Vazirlik
kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi samarali faoliyati va
yuqori natijalari uchun Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shuningdek, sammit doirasida tashkil etilgan
“Cyberkent 4.0”
musobaqasining
Himoyachi jamoa (Blue Team)
yo‘nalishida Markaz nomidan
CERT-EDU jamoasi
ishtirok etdi va faxrli o‘rinni egallab, yuqori natijalarni qayd etdi.
Mazkur e’tirof va natijalar vazirlik huzuridagi
Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi
tomonidan oliy ta’lim tizimida kiberxavfsizlikni mustahkamlash, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning munosib natijasidir.

October 09, 06:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini AI Plus — 1 yil BEPUL!
Endilikda O‘zbekiston talabalari
“Google Gemini AI Plus”
obunasidan
1 yil davomida bepul
foydalanish imkoniyatiga ega!
✅
Talabalar
Aileaders.uz
platformasi orqali talabalik maqomini tasdiqlab, qiymati
60 AQSH dollariga teng yillik obunani
bepul faollashtirishlari mumkin.
🚀
Google AI Plus talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
🔹
Gemini AI
— sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kengaytirilgan limitlar bilan foydalanish.
🔹
400 GB bulutli xotira
— Google Photos, Google Drive va Gmail uchun umumiy xotira.
🔹
Google Flow
— sun’iy intellekt yordamida kreativ videolar va kinematografik sahnalar yaratish.
🔹
Gmail’da Gemini
— elektron pochta bilan ishlashda sun’iy intellekt yordamidan foydalanish.
🔹
NotebookLM
— o‘quv va tadqiqot materiallarini tahlil qilish, audio va video mazmunini umumlashtirish hamda testlar bilan ishlash.
🔹
AI musiqa studiyasi
— sun’iy intellekt yordamida musiqiy ijod qilish imkoniyatlari.
🎓
Bu imkoniyat — talabalar uchun bilim olish, ilmiy izlanish olib borish va zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim qadam!
👉
Bepul obunani faollashtirish:
https://aileaders.uz/
📱
Telegram
|
📱
Instagram
#GoogleGemini
#GeminiAI
#SuniyIntellekt
#Talabalar
#RaqamliTexnologiyalar

October 06, 13:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎓
Eng ko‘p murojaat qilinadigan ta’lim xizmatlari
🎥
Qaysi xizmatlar eng ko‘p talab qilinishini va ular bo‘yicha statistikalarni videoda batafsil bilib oling.
Siz qaysi ta’lim xizmatidan foydalangansiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
➡️
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 01, 06:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Aziz ustoz va murabbiylar!
Raqamli ta'lim va sun'iy intellektni rivojlantirish markazi
nomidan
1-oktabr
—
O’qituvchi va murabbiylar kuni
bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Sizlarga
sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik
va kasbiy faoliyatingizda
yuksak zafarlar
tilaymiz!
📱
Telegram
|
📱
Instagram