Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Rassomlar

rassomlar
Санъатшунослик Instagram: instagram.com/rassomlar_uz Facebook: facebook.me/rassomlar Twitter: twitter.com/rassomlar Донат 👉 https://tirikchilik.uz/VanGogh Кино 👉 @moodvintage
Subscribers
2 269
24 hours
2
30 days
1
Post views
4 282
ER
188,72%
Posts (30d)
—
Characters in post
393
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Art & Culture
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Design & Creative Arts
Summary
September 17, 18:07

Ha, aytgancha, bu kanal hali o'lgani yo'q
😁
. Ketib qolmanglar

September 17, 18:06

Jan-Batist Vikar
Jean-Baptiste Wicar
1762-yilda Fransiyaning Lill shahrida tug‘ilgan Vikar yoshligidan san'atga qiziqish bildirgan. 1781-yildan boshlab o‘sha davrning eng mashhur rassomlaridan biri bo‘lgan
Jak-Lui Davidga
shogird tushadi. Bu juda muhim voqea edi, chunki David keyinchalik Fransuz neoklassitsizmining eng yirik namoyandalaridan biriga aylanadi. Vikar ham uning ta’sirida tarixiy va antik mavzulardagi rasmlar ishlay boshlaydi.
David haqda ham ikki og'iz aytib ketmasa bo'lmadi, shekilli. Xullas, David rokokodek uslub Yevropa saroylarini ishg'ol qilib turgan bir vaqtda neoklassisizm oqimini tanlagani bilan ajralib turadi. (Tanib olishlaring uchun: Napoleon tasvirlari bilan mashxur va Napoleonning shaxsiy rassomlaridan hisoblangan; inqilobchilardan)
1784-yilda u ustoziga hamroh bo‘lib Rimga boradi. Qizig‘i shundaki, qisqa tanaffuslarni hisobga olmaganda, umrining qolgan qismini deyarli Italiyada o‘tkazgan. Vikar hozirda portretlar va tarixiy sahnalar tasviri orqali eslanadi. Uning uslubida David maktabining ta’siri yaqqol seziladi: aniq chiziqlar, antik dunyoga qiziqish va qahramonlarni ulug‘vor ko‘rsatish kabi belgilardan ajratib olish mumkin.
Vikar faqat rassom emas, balki katta kolleksioner ham edi. Ayniqsa eski ustalarning chizmalari va eskizlarini yig‘ishga juda qiziqqan. U to‘plagan kolleksiyalardan biri keyinchalik Lilldagi Tasviriy San’at Muzeyi (Musée des Beaux-Arts de Lille) fondining asosiy qismlaridan biriga aylangan. Shu sababli uning nomi nafaqat rassom, balki san’at merosini saqlab qolgan inson sifatida ham eslanadi.
Bu eskizga kelsak, u juda tez va erkin ishlangan kompozitsion tayyorgarlik chizmasi hisoblanadi. Qora bo‘r bilan ishlangan sahnada qadimgi yunon faylasufi Suqrot qamoqxonada tasvirlangan. U qo‘lida zahar to‘ldirilgan qadahni ushlab turibdi va atrofiga yig‘ilgan shogirdlari hamda kuzatuvchilarga murojaat qilayotganga o‘xshaydi.
Bu voqea Suqrot hayotining eng mashhur lahzalaridan biridir. Miloddan avvalgi 399-yilda Afina sudi uni yoshlarni buzishda va shahar xudolariga ishonmaslikda ayblab, o‘limga hukm qiladi. Suqrot qochish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, qonunga bo‘ysunish va zahar ichib o'lish jazosini tanlaydi. Keyinchalik bu sahna G‘arb san’atida donishmandlik, e’tiqod va prinsiplariga sodiq qolish ramziga aylangan.
Eskizning o‘zida ham ayrim qiziqarli detallar bor. O‘ng tomondagi arkali ochilish ichida zinapoyalar ko‘rinadi. Orqa devorda esa diagonal chiziq orqali yorug‘likning qayerdan tushayotgani belgilangan. Bu rassom yakuniy asarni chizishdan oldin kompozitsiya, yorug‘lik va figuralarning joylashuvini sinab ko‘rayotganini ko‘rsatadi. Ya’ni bu tayyor rasm emas, balki rassom fikrining qog‘ozdagi dastlabki shakli hisoblanadi.
Eskizni joylashimdan maqsad tayyor asardan ko'ra, kimgadir bundan ko'proq narsa o'rganishiga yordami tegadi, deb o'yladim.
@rassomlar

September 17, 18:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

January 30, 18:45

Programizlar bormi haqqi beriladi?
@bdullayeva_fotima_01
murojaat uchun.
Instagram tushunadiganlar yozsin.

January 15, 18:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Qishgi peyzaj"
Choy Yon-Gyol,2008.

January 15, 13:58

Javob:"Lili Elbe portreti"(Eynar Vegener) Rassom:Gerda Vegener o'z turmush oʻrtogʻini tasvirlagan va bu keng jamoatchilikda katta shov-shuvlarga sababchi boʻlgan.

January 15, 13:58

https://telegra.ph/Eynar-Vegenerdan-Lili-Elbegacha-01-15

January 15, 13:56

Siz suratda koʻrib turgan rassom "ayolni" uzr erkakni asl ismi qanday edi?

January 15, 13:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Siz suratda koʻrib turgan rassom "ayolni" uzr erkakni asl ismi qanday edi?

January 15, 13:13
Media unavailable
2
Show in Telegram

"Balerina Ulla Poulsen "Shopeniana" baletida"
Parij 1927-yil.
©
Gerda Vegener.
Film"Daniyalik ayol"(The Danish Girl)2015.