Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

RESPUBLIKA YOŞ OLIMLAR KENGAŞI RASMIY KANALI

respublikayosholimlar_uz
🇺🇿 Özbekiston Yoşlar Ittifoqi muassisligidagi Respublika yoşolimlar Kengaşining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Murojaat uchun @Ryosholimlar_uz • www.ryok.uz • fb.me/yosholimlar.uzb • instagram.com/yosholimlar_uz
Subscribers
4 551
24 hours
1
30 days
-33
Post views
1 332
ER
29,27%
Posts (30d)
7
Characters in post
1 024
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 15, 07:30

❗️
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar
Chegirma faqat
DAVLAT
oliygohida
KUNDUZGI
ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;
👥
Chegirma
har bir farzand uchun alohida
qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.
📝
Chegirma olish uchun
kontrakt.edu.uz
orqali ariza yuborish kerak.
Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi
va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.
❌
Quyidagilarga chegirma berilmaydi:
➖
oliy
harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari
uchun;
➖
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari
uchun;
➖
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari
uchun;
➖
qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖
xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖
kechki
,
masofaviy
hamda
sirtqi
ta
’
lim shakli uchun.
🔁
Pedagog farzandlariga chegirma
o‘quv yili uchun bir marotaba
qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.
❗️
Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi
pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda
,
keyingi o‘quv yilidan
boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
Ayrim savollarga javoblar:
❓
Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?
Javob:
Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida465 ta
lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.
❓
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.
❓
Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.
❓
O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.
❓
To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?
Javob:
ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.
❓
Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?
Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.
❓
Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?
Javob:
xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

October 14, 16:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kontrakt_subsiyda
⚡️
RASMAN: PEDAGOGLAR FARZANDLARI UCHUN 30 FOIZLIK KONTRAKT CHEGIRMASIGA ARIZA BERISH BOSHLANDI!
⁉️
Pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish bo‘yicha ariza topshirish imkoniyati
kontrakt.edu.uz
platformasida mavjud.
✅
Kimlar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin?
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma olishlari mumkin.
📌
Muhim ma’lumotlar:
▪️
Chegirma to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini tashkil etadi.
▪️
Ariza
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali yuboriladi.
▪️
Arizalar 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
▪️
Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.
▪️
Imtiyoz har bir o‘quv yili uchun bir marta beriladi.
❗️
Kimlarga tatbiq etilmaydi?
Ushbu chegirma nodavlat OTMlar, xorijiy OTMlar va ularning filiallari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari, qo‘shimcha hamda tabaqalashtirilgan kontrakt asosida, shuningdek, xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari va fakultetlarida tahsil olayotganlarga tatbiq etilmaydi.
📄
Huquqiy asos
: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori.
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 13, 06:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Iqtibos
Yangi O‘zbekistonni ayollari hayotdan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – mening eng katta niyatim.
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev

October 06, 07:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

🌿
YASHIL HAYOT FORMULASI
🎙
Mavzu:
“Ekologik madaniyat va ta’lim: barqaror kelajak sari qadam”
👩🏻‍🏫
Mehmonlar:
Sayyora Saidova
— Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi professori
Mohim Boboyeva
— Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi dotsenti
Asosiy yo‘nalishlar:
🌱
Ekologik madaniyatni shakllantirish
🌎
Yoshlarning ekologik mas’uliyati
♻️
Kundalik hayotda ekologik odatlarni shakllantirish
💚
Barqaror kelajak uchun ta’lim va tarbiyaning ahamiyati
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 06, 04:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

#diqqat_tanlov
Yosh olimlar uchun Xitoyning HUST universitetida 5 oylik ilmiy stajirovka tanlovi muddati uzaytirildi!
Hujjat topshirish muddati:
2026-yil 15-oktabr (23:59 gacha).
Hujjatlar OTM/ilmiy tashkilot tavsiyasi bilan faqat
internship.ilmiy.uz
tizimi orqali qabul qilinadi. Boshqa kanallar (pochta,
edo.ijro.uz
, e-xat va h.k.) orqali yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
🌐
Batafsil
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 03, 16:52
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona
Ta’lim va ilm-fan vazirligi
sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini
zamon talablari asosida tashkil etish
,
ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
hamda
inson kapitalini rivojlantirish
bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi
o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha
barcha bosqichlarni hamda
ilmiy faoliyatni
qamrab olgan
yagona samarali boshqaruv tizimini
joriy qilish, uning
jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish
ko‘zda tutilgan.
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 01, 05:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga
tabrik
yo‘lladi:
Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Avvalo, oʻz hayotini dunyodagi eng ulugʻ va sharafli ishga – yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlab kelayotgan sizdek moʻtabar zotlarni, yurtimizdagi barcha pedagog xodimlarni 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman.
Maktab kelajak bogʻi boʻlsa, muallim shu maskanda umid nihollarini oʻstiradigan mohir bogʻbondir. Oʻqituvchi – mehr daryosi, ezgulik bulogʻi, maʼrifat quyoshidir. Shu bois, bu masʼuliyatli soha xodimlarining mehnatini ulugʻlash va qadrlashdan hech qachon charchamaymiz.
Gʻoyat sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda doimo zafarlar yor boʻlsin, aziz ustozlar!
Shavkat Mirziyoyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

September 21, 13:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌍
IGYCC 2026 — Istanbul Global Youth Climate Leadership Convention
Yoshlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro imkoniyat!
📅
6–9 noyabr, 2026
📍
Istanbul, Turkiya
Konvensiyada:
Xalqaro networking
Iqlim yetakchiligi sessiyalari va seminarlar
Barqaror rivojlanish va innovatsiyalar
Global yoshlar bilan hamkorlik
Istanbul bo‘ylab madaniy dasturlar
Fully Funded o‘rinlar mavjud. Qisman moliyalashtiriladigan va self-funded variantlar ham bor.
Ariza topshirish:
www.afrileadnetwork.org
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

September 15, 14:07
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟢
Bugun
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Umumkasbiy fanlar kafedrasi
hamda
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
hamkorligida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan
“Yashil kelajak sari”
mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi va muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tadbir davomida quyidagi muhim mavzularda suhbat va fikr almashildi:
⏺
tabiatni asrash va ekologik madaniyat;
⏺
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
⏺
suv va elektr energiyasini tejash;
⏺
chiqindilarni saralash va obodonlashtirish;
⏺
yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
⏺
yoshlar uchun psixologik trening.
🎓
Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishdi.
🌿
Tabiatni asraylik — yashil kelajakni birgalikda bunyod etaylik!
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

September 14, 05:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌱
“YASHIL KELAJAK SARI”
🇺🇿
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi Umumkasbiy fanlar kafedrasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil kelajak sari” mavzusida ochiq dars-tadbir tashkil etiladi.
📅
15-sentabr
🕙
10:00
Tadbir davomida:
⏺
tabiatni asrash va ekologik madaniyat;
⏺
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
⏺
suv va elektr energiyasini tejash;
⏺
chiqindilarni saralash va obodonlashtirish;
⏺
yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
⏺
yoshlar uchun psixologik trening kabi muhim mavzularda suhbat va fikr almashiladi.
🎙
Tadbir mehmoni:
O‘zbekiston Ekologik partiyasi rais o‘rinbosari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Matkarimova Nilufar Boqijon qizi.
🎓
Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etadi.
🌿
Tabiatni asraylik — yashil kelajakni birgalikda bunyod etaylik!
✅
Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook