
Roman-german filologiyasi fakulteti
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🇺🇿
11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan “Salom universitet” loyihasi
doirasida 1-kurs talabalari bilan birgalikda universitet hududi bo‘ylab tanishtiruv tashrifi tashkil etildi.
📚
Tashrif davomida talabalar universitetdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan,
universitet muzeyi, kutubxona, sport majmualari, oshxona, dars xonalari hamda Yoshlar ittifoqi xonalari
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✨
Shuningdek, talabalarga universitet hayotida faol ishtirok etish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda turli loyihalar va tadbirlarda faol bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🤝
Mazkur tashrif yangi talabalarning universitet muhitiga tezroq moslashishi, mavjud imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va talabalik hayotini mazmunli tashkil etishiga xizmat qildi.
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🌿
“GREEN ZONE” — TABIATNI ASRASH SARI BIR QADAM!
🌱
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan “Ekofest” loyihasi doirasida talabalarning ekologik bilimlarini oshirish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Green Zone” nomli qiziqarli kvest
tashkil etildi.
🧩
Kvest davomida talabalar tabiat va atrof-muhitga oid turli savollarga javob topish, berilgan topshiriqlarni bajarish hamda yashirilgan so‘zlarni aniqlash orqali o‘z bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
🤝
Qiziqarli jarayon davomida ishtirokchilar jamoa bo‘lib harakat qilish, tezkor fikrlash va hamkorlikda yechim topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🌎
Xulosa qilib aytganda, “Green Zone” kvesti talabalarga nafaqat maroqli vaqt o‘tkazish, balki tabiatga mehr va ekologik mas’uliyatni yanada chuqurroq his etish imkonini berdi.
💚
Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
📌
TALABALAR FIKRI — BIZ UCHUN MUHIM!
🇺🇿
O‘zDJTU
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan talabalar bilan samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va istaklarini o‘rganish maqsadida “Tilaklar bekati”
tashkil etildi.
📝
Mazkur tashabbus orqali talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, universitet va fakultet hayotiga oid samimiy tilaklari, qiziqarli takliflari hamda o‘zlarini qiziqtirgan fikr-mulohazalarini yozma ravishda qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨
“Tilaklar bekati”da talabalar o‘zlarining kelgusidagi orzu-maqsadlari, fakultetda tashkil etilishini istagan tadbirlar, yangi loyihalar va tashabbuslar haqidagi takliflarini yozib qoldirdilar.
💭
Har bir yozilgan tilak va taklif talabalarning qarashlarini yanada yaxshiroq anglash, ularning qiziqishlarini inobatga olish hamda yoshlar uchun yanada qulay va faol muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yangi do‘stlar orttirish va networkingni yanada kuchaytirish maqsadida qiziqarli dastur
tashkil etildi!
📌
turli xil qiziqarli va interaktiv o‘yinlar;
📌
jamoaviy va networking o‘yinlari;
📌
KARAOKE;
📌
kayfiyatni ko‘taruvchi challenge va o‘yinlar;
📌
yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar
🔥
Roman-german filologiyasi — bu nafaqat ta’lim, balki kuchli jamoa!
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan 1-kurs talabalari uchun “Yoshlar Ittifoqi — yoshlar imkoniyatlari maydoni” mavzusida tanishtiruv prezentatsiyasi
tashkil etildi.
📌
Prezentatsiya davomida talabalarga Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝
Shuningdek, fakultetdagi Yoshlar ittifoqi jamoasi va uning faol a’zolari tanishtirildi, jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tadbirlar va tashabbuslar haqida tushunchalar berildi.
🎥
Talabalarga Yoshlar ittifoqi faoliyati, o‘tkazilayotgan tadbirlar va loyihalarni aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi.
💡
Tadbir davomida 1-kurs talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, universitet hayotida faol ishtirok etish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va Yoshlar ittifoqi jamoasiga qo‘shilish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🇺🇿
Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab devoriy gazeta tayyorlandi!
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari L. Raxmatullayeva va G‘oyipov Shixnazar
tashabbuslari bilan o‘zlariga biriktirilgan kurs talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan devoriy gazeta tayyorlandi.
✨
Mazkur ijodiy ish orqali talabalar yurtimiz mustaqilligi, uning tarixi, bugungi taraqqiyoti va Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatini o‘z ijodiy ishlari orqali namoyon etdilar.
🇺🇿
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon kelajak sari mustahkam qadamidir!
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori
P. Jabborova
tomonidan 11-sentabr kuni o‘ziga biriktirilgan guruhlar bilan universitet hududi bo‘ylab tanishtiruv ishlari olib borildi.
🔹
Uchrashuv davomida talabalarga salomlashish odobi, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelish, kiyinish madaniyati hamda universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
📖
Shuningdek, talabalar universitet kutubxonasiga tashrif buyurib, kutubxonaga a’zo bo‘lish, kitoblardan foydalanish hamda ularni olish va qaytarish tartibi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
💬
Uchrashuv davomida 1-kurs talabalarida yuzaga kelgan muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
📚
Talabalarga universitet qoidalari tushuntirildi
🇺🇿
10-sentabr kuni
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori
L.Raxmatullayeva
tomonidan fakultetning 1-kurs talabalari uchun universitet Ustavi, Ichki tartib-qoidalari hamda “Odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish
tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅
Tadbir davomida talabalarga universitetda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, talabalik odobi va madaniyati, ta’lim muassasasida o‘zini tutish me’yorlari hamda talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🇺🇿
🇺🇿
11-sentyabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori
A. Bekmurzayeva
o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan universitet hududida joylashgan “Axborot-resurslari markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashrif buyurishdi.
📚
Safar davomida talabalar universitet asosiy kutubxonasi bilan yaqindan tanishib, kutubxonaga a’zo bo‘lishdi. Shuningdek, ular uchun universitetimiz qoshida tashkil etilgan Kutubxona muzeyiga ekskursiya ham tashkil etildi.
✅
Ekskursiya jarayonida talabalarga kutubxonaning maxsus bo‘limlari, dars tayyorlash imkoniyatlari, kitoblarning xilma-xilligi hamda innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
🇺🇿
“Millat fidoyilari” xiyoboniga tashrif
📅
10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori
Z. Nazarova
tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Millat fidoyilari” xiyoboniga tashrif tashkil etildi.
🌿
Tashrif davomida talabalar millatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz va xalqimiz fidoyilari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
📚
Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.