Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

rgtf1
Roman-german tillari fakulteti dekanatining telegram tarmoğidagi rasmiy kanali. Bu kanalda fakultet dekanatining va talabalarning ōquv jarayonlari va yangiliklar e’lon qilib boriladi.
Subscribers
1 251
24 hours
2
30 days
155
Post views
457
ER
36,53%
Posts (30d)
11
Characters in post
687
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 10, 11:31
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Institut_ichki_tartib_qoidalari
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti tyutorlari tomonidan 1-bosqich talabalari bilan institutning ichki tartib-qoidalari
mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Unda mas'ullar talabalarga institut hududida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, ta’lim jarayonida intizom va mas’uliyatni saqlash, ustoz va xodimlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, talabalarga qo‘yiladigan odob-axloq me’yorlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/rgtf1

September 10, 10:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚀
EDUCATION & TRAVEL Jamoasiga taklif qilamiz!
Siz chet tilini C1 darajada bilasiz, muloqot qilish qobiliyatingiz kuchlimi?
Unda sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
🇩🇪
✈️
📌
BIZ KIMNI IZLAYAPMIZ?
⚠️
Sizning asosiy vazifangiz nafaqat chet tilini o‘rgatish, balki turizm mutaxassisi sifatida ham faoliyat yuritish bo‘ladi.
🎯
TALABLAR:

O‘qituvchilik tajribasiga ega bo‘lish

Sayohatlar bilan ishlash tajribasi — ustunlik beradi

Mas'uliyatli, faol va tashabbuskor bo‘lish

Moslashuvchan ish grafigida ishlash imkoniyati
💼
SIZNI NIMALAR KUTADI?
📚
O‘qituvchilik va turizm faoliyatini birlashtirish imkoniyati
✈️
Sayohatlar va amaliy loyihalarda ishtirok etish
📈
Professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyati
💰
Mehnatingiz va tajribangizga mos daromad
🔥
Bizga shunchaki chet tilini biladigan mutaxassis emas, bilimini boshqalarga yetkaza oladigan, sayohat muhitida o‘zini erkin his qiladigan faol xodim kerak
📞
Murojaat uchun: +998933515157
📩
Rezyume (CV)ingizni yuboring

September 09, 12:35
Media unavailable
4
Show in Telegram

#sport_Har_bir_qadam_yangi_marraga
!
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan Toshkent xalqaro yarim marafonida Roman-german tillari fakulteti Ispan va italyan filologiyasi kafedrasi dotsenti
Tkacheva Anastasiya Aleksandrovna
142 nafar ayol ishtirokchi orasida 72-o‘rinni egalladi.
Marafonda 21 km 095 metr masofani
2 soat 29 daqiqa 55 soniyada
bosib o‘tdim.
142 nafar ayol ishtirokchi orasida 72-o‘rin!
Eng quvonarlisi, yo‘lda ayrim yigitlarni ham ortda qoldirdim. 21 kilometr — shunchaki masofa emas. Bu sabr, iroda, kuch va o‘ziga bo‘lgan ishonch sinovi. Bunday masofani bosib o‘tish har kimga ham nasib qilavermaydi.
Men uchun bu — shunchaki natija emas,
o‘zimga bergan va’damni uddalaganimning isboti.
Oldinda esa yanada katta marralar bor!
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/rgtf

September 09, 11:56
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Mustaqillik_darsi
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida birinchi bosqich talabalari uchun “
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!”
shiori ostida “Kelajak soati” doirasidagi “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Mazkur darslarni institutning professor-o‘qituvchilari olib bordi.
Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati
,
mamlakatimiz taraqqiyoti,
yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning Vatan ravnaqidagi o‘rni haqida fikr yuritildi.
Darslarda Mustaqillikning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, yosh avlodning bilim olishi, intilishi va kelajak uchun mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/rgtf1

September 09, 11:53
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Ota_onalar_majlisi
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida majlis tashkil etildi.
Majlis davomida talabalarning oliygohdagi ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar, davomat, odob-axloq me’yorlari hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ta’lim-tarbiyasida ota-ona hamda fakultet hamkorligining ahamiyati haqida fikr almashildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/rgtf1

September 09, 11:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔈
Barcha talabalar diqqatiga!
To‘lov shartnomasini olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasidan onlayn ariza yuboring.

Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi,

Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.
📌
“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt

September 08, 10:13
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Bilim_va_kelajak_sari
Roman-german tillari fakultetida yangi o‘quv yili
Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakultetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan birinchi bosqich talabalari, ularning ota-onalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni fakultet dekani
Kodirov Ahror Bahodir o’g’li
ochib berdi va o’zining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so’ng Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor
Nasrullayev Javohirxon Ravshanxonovich
so‘zga chiqib, talabalarni institut hayotida faol ishtirok etishga chorladi.
Tadbir yakunida birinchi bosqich talabalari yangi o‘quv yili bilan tabriklanib, ularga ta’lim olish jarayonida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/rgtf1

September 08, 06:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

#UzbekGiftContest
#dizaynerlar
#rassomlar
#ijodkorlar
#tanlov
Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlovning mazkur bosqichida
dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar
25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi
bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda
barcha yo‘nalishda
qatnashishi mumkin.
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
➡️
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
♾️
Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 04, 05:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Mustaqilligimizning_35_yilligiga
#Minbar_loyihasi
“Minbar” loyihasining navbatdagi sonida Samarqand davlat chet tillar instituti “Nemis filologiyasi” kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Muxtor Begmatov o‘z ilmiy faoliyati, xalqaro hamkorlik natijalari hamda shogirdlari haqida gapirdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt

August 22, 07:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Mustaqilligimizning_35_yilligiga
#Minbar_loyihasi
“Minbar” loyihasining navbatdagi sonida Samarqand davlat chet tillar instituti “Ispan va italyan filologiyasi” kafedrasi dotsenti O‘tkir Burxonov o‘zining ilmiy faoliyatidagi yutuqlari, xalqaro hamkorlik doirasidagi faoliyati hamda istiqboldagi rejalari haqida gapirdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt