Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

RISHTON TUMANI HOKIMLIGI

rishton_24
Sayt: https://gov.uz/oz/rishton www.facebook.com/Rishton24 twitter.com/RISHTON24 https://www.instagram.com/rishtontumanihokimligi/ https://www.youtube.com/rishtontumanihokimligi Elpochta:rishton24@mail.ru Биз билан боғланиш @abror0909
Subscribers
16 126
24 hours
-57
30 days
3 512
Unusual 24 hours drop
Post views
346
ER
2,15%
Posts (30d)
1 181
Characters in post
998
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 12, 05:47
Media unavailable
6
Show in Telegram

🏫
TUMAN HOKIMI 14-MAKTABDAGI ISHLAR BILAN TANISHDI
📍
Bugun Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔎
Tashrif davomida maktab hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Maktabning ichki va tashqi hududlarini yanada tartibga keltirish, o‘quvchilar uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasidagi ishlarning borishi o‘rganildi.
👨‍🎓
👩‍🎓
Tuman hokimi maktab o‘quvchilari bilan ham samimiy suhbatlashdi. Ularning ta’lim olishi, qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqib, yoshlarni puxta bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash va Vatanga munosib farzand bo‘lib yetishishga undadi.
🌱
Maktabdagi obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim muassasasida ozodalik va tartibni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Zero, zamonaviy va obod maktab — sifatli ta’lim, sog‘lom muhit va kelajak avlod kamoloti uchun muhim poydevordir.

September 12, 03:46
Media unavailable
4
Show in Telegram

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Rishton tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh. Madaminov tomonidan 11-sentabr kuni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida 10-, 30-, 31-, 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 4-, 15-, 30-,48-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi mavjud holat atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Asosiy e’tibor ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik holati, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarning davomat ko‘rsatkichlari hamda ta’lim sifati masalalariga qaratildi.
Jumladan, ta’lim muassasalarida o‘quv xonalari va boshqa infratuzilma obyektlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, hududlarning obodonlashtirilishi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida isitish tizimlari, issiqlik ta’minoti, zarur yoqilg‘i zaxiralarini shakllantirish va muassasalarda mavsumni barqaror o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
O‘quvchilar davomatini ta’minlash, dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishni nazorat qilish, sababsiz dars qoldirish holatlarining oldini olish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davomat va ta’lim sifatini yaxshilash yuzasidan muassasa rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Rishton tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ta’lim muassasalarida belgilangan topshiriqlarning ijrosi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda nazorat qilib boriladi.

September 12, 02:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Xorijiy_matbuot
https://www.facebook.com/share/p/1NJn6epfZh/
https://www.facebook.com/share/p/1KJbb4WCyD/

September 12, 01:58
Media unavailable
3
Show in Telegram

Koreya matbuoti Farg‘onaga e’tibor qaratmoqda
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi, uning doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuv va muzokaralar Koreya ommaviy axborot vositalarida keng
yoritilmoqda.
Xususan, Koreyaning qator yetakchi va hududiy nashrlarida Farg‘ona viloyatining investitsiyaviy salohiyati, Koreya hududlari bilan rivojlanayotgan hamkorlik, ta’lim sohasidagi aloqalar hamda yangi qo‘shma loyihalarga bag‘ishlangan materiallar e’lon qilindi.
Koreyaning
“Aju Press”
nashri Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumi haqidagi materialida Inchxon va Farg‘ona viloyati o‘rtasida shakllangan munosabatlarga alohida e’tibor qaratdi.
Nashrda Farg‘onada Koreya kapitali ishtirokida 48 ta korxona faoliyat yuritayotgani, joriy yilning birinchi yarmida Koreya bilan o‘zaro savdo hajmi 70 million AQSH dollariga yetgani qayd etildi. Shuningdek, aqlli qishloq xo‘jaligi, elektronika va avtomobil butlovchi qismlari kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari tilga olindi.
Fergana.gov.uz
|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X

September 12, 00:52
Media unavailable
7
Show in Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Muzeyning me’moriy konsepsiyasi jahonning eng mashhur arxitektorlaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.
Uning loyihasi bo‘yicha bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQSHda yuksak qadrlanadi. Tadao Andoning me’moriy uslubi chizgilarining soddaligi va aniqligi, makon va yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan dunyoga tanilgan.
Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz. Bu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari o‘rin oladi.
Mamlakatimizdagi ana shunday tarixiy ahamiyatga molik loyihalar ustida dunyo miqyosidagi me’morlar ishlashi biz uchun juda muhim. Ular barpo etgan obyektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства нового Национального музея Узбекистана в Ташкенте.
Автор архитектурной концепции музея — Тадао Андо, один из самых известных архитекторов современности, лауреат Притцкеровской премии.
Среди его работ — музеи и культурные объекты в Японии, Европе и США. Его архитектура узнаваема во всём мире своей простотой, точностью и особым
отношением к пространству и свету.
Национальный музей станет одним из крупнейших культурных проектов Центральной Азии. Здесь разместятся выставочные залы, библиотека, реставрационные лаборатории, образовательные центры.
Для нас важно, чтобы над такими знаковыми проектами в нашей стране работали архитекторы мирового уровня. Созданные ими объекты остаются городам на десятилетия и сами становятся произведениями искусства, новой частью его истории и культурного наследия.

September 12, 00:35
Media unavailable
7
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri tumanlarini rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari boʻyicha
videoselektor yigʻilishi
oʻtkazildi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по вопросам развития районов города Ташкента, увеличения инвестиций и повышения занятости, а также создания современной инфраструктуры в махаллях.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#Toshkent
#Olmazor
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 12, 00:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Poytaxt tumanlarini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Обозначены очередные приоритеты развития районов столицы.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 12, 00:12
Media unavailable
2
Show in Telegram

Prezident maktablari haqida ko‘pchilik bilmaydigan TOP-3 fakt!
Farzandingiz ham Prezident maktabida o‘qishini xohlaysizmi?
😀
Zumrad Academy
da Prezident maktablariga tayyorlov guruhlariga qabul davom etmoqda!
📖
Darslar quyidagi yo‘nalishlarda:

Matematika
🇬🇧
Ingliz tili
🧠
Tanqidiy fikrlash
💡
Muammoni hal qilish

Ertalabki smena:
09:00–12:00

Abetdan keyingi smena:
14:00–17:00
Farzandingiz uchun joy band qilish va batafsil ma’lumot olish uchun
admin bilan bog‘laning!
📞
+998911001040
📞
+998916001040
💬
Admin:
@Zumrad_academy
📍
Manzil: Zumrad o’quv markazi. Rishton shahar, Ar-Roshidoniy ko‘chasi, 152-uy
(Davlat xizmatlari markazi ostki qavati, Hokimiyat ro‘parasida)
Bizni kuzatib boring
👇
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
YouTube

September 11, 15:28
Media unavailable
9
Show in Telegram

#koʻrik_tanlov
Rishton tumani axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar bo'limi tizimida xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida kitobxonlikni tagʻlib qilish, yosh avlodni kitobga boʻlgan mehrini oshirish hamda maʼnaviy dunyoqarashini boyitish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida "Kitobxon oila" koʻrik tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik tanlov davomida kitobxon oila aʼzolari tomonidan belgilangan shartlar boʻyicha toʻlaqonli javoblar qaytarilishi ularning naqadar koʻp kitoblar mutolaa qilishlari, mutolaaga boʻlgan mehrlari joshqin aks etishi bilan ifodalandi.
Tanlov shartlariga koʻra hakamlar hay'ati tomonidan g'oliblar quyidagi o'rinlarga munosib deb topildi:
🥇
1-o'rin: Xayrullayev Gʻolibjon oilasi
🥈
2-o'rin: Ismoilov Mirzodavlat oilasi
🥉
3-o'rin: Ibrohimjonova Madinaxonlar oilasi.
Kitobsevar ota-ona farzand uchun eng yaxshi tarbiyachi va namuna.
@Rishtonakm

September 11, 15:25
Media unavailable
6
Show in Telegram

🏭
BO‘SH TURGAN BINOLAR — YANGI LOYIHALAR UCHUN IMKONIYAT
Bugun Rishton tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Bobojon Ibrohimov tadbirkorlar bilan birgalikda Saroy va Go‘zar MFYlaridagi bo‘sh turgan bino va inshootlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida mazkur obyektlardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlik loyihalariga jalb etish hamda yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝
Shuningdek, tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bog‘dod tumanida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorning tikuvchilik sexi ham borib ko‘rildi.
🧵
Zamonaviy tikuvchilik sexining faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni va yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, ushbu tajribani Rishton tumanida ham yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
📌
Uchrashuv davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh turgan bino va inshootlarni ishga solish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini jalb etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Har bir bo‘sh bino — yangi loyiha, yangi korxona va yangi ish o‘rinlari uchun imkoniyat.