
Rustam Karimjonov
Endi
🇺🇿
O‘zbekistonlik talabalar
“Google Gemini AI Plus”
obunasini
“
Aileaders.uz
”
platformasi orqali
BEPUL
foydalanishlari mumkin.
✅
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida
Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi
SheerID
🇺🇿
O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
🏳️🌈
Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib
,
60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus”
xizmatidan
mutlaqo bepul
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓
“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:
✅
Gemini ilovasi:
Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.
✅
400 GB bulutli xotira:
Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.
✅
Google Flow:
Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.
✅
Gmail’da Gemini:
Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.
✅
Gemini Notebook:
Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.
✅
Sun’iy intellektga asoslangan
musiqiy studiya
ga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.
🤖
Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun
aileaders.uz
platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!
🧭
Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying,
SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang
startupbase.uz
❤
https://t.me/rkarimjonov
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Amazon Web Services {
👩💻
} kurslari endi
aileaders.uz
platformasida!
🔊
AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri —
Amazon Web Services
bilan olib borilgan muzokaralar natijasida sun'iy intellekt va AT kurslari ishga tushirildi. Ushbu kurslar shunchaki nazariya emas, balki bevosita amaliyotga asoslangan:
➡️
AWS Certified xodimlari bor tashkilotlarning
91%
innovatsiya oshganini, IT rahbarlarining
90%
esa unumdorlik yaxshilanganini bildirgan.
🔴
aileaders.uz
sahifasida ushbu kurslarni bepul o'qishingiz mumkin:
✅
Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers;
✅
Planning a Generative AI Project;
✅
Security, Compliance, and Governance for AI Solutions;
✅
Essentials of Prompt Engineering;
✅
Job Roles in the Cloud
va boshqalar.
➡️
O'z sohangizning yetakchisi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiriting,
it-istedod.uz
orqali xarajatlaringizni
100% gacha
qaytarib oling!
📃
Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
🌟
aileaders.uz
📌
Yuta universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🎤
AQShning
Yuta universiteti
delegatsiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi. Dastlab, delegatsiyasi uchun IT Park faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda AT sanoatini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy texnologik kompaniyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, startap ekotizimini shakllantirish hamda AT xizmatlari eksportini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
⏩
Shuningdek, delegatsiya
UZINFOCOM
faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida raqamli hukumat infratuzilmasini rivojlantirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot tizimlari va raqamli platformalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.
Shundan so‘ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Yuta universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟢
Muloqotda O‘zbekistonda
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, AT va sun’iy intellekt sohalari
uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, universitetlar va texnologik kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
💬
Uchrashuvda
O‘zbekistonning yosh va o‘sib borayotgan aholisi, mamlakatda AT sohasiga yaratilayotgan imkoniyatlar
hamda texnologik tadbirkorlik ekotizimining jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda AT sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni ortib borayotgani yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni ham oshirayotgani qayd etildi.
Batafsil:
👉
https://digital.uz/oz/news/view/226044
_______
📌
Prospects for Cooperation with the University of Utah Discussed
🎤
A delegation from the
University of Utah (USA)
visited the Ministry of Digital Technologies. The delegation was first given a presentation on the activities of IT Park, covering the development of the IT industry in Uzbekistan, opportunities being created for local and foreign technology companies, the formation of the startup ecosystem, and efforts to expand the export of IT services.
⏩
The delegation also familiarized itself with the operations of
UZINFOCOM
. During the visit, they were presented with projects related to developing digital government infrastructure, digitalizing public services, and implementing modern information systems and digital platforms.
Following this, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with the delegation from the University of Utah.
🟢
The discussion addressed developing
Uzbekistan's digital economy, training highly qualified specialists for the IT and artificial intelligence
sectors, and expanding cooperation between universities and technology companies.
💬
The meeting highlighted
Uzbekistan's young and growing population, the opportunities being created in the country's IT sector
, and the rapid development of the technology entrepreneurship ecosystem. It was noted that the growing number of companies operating in the IT sector is, in turn, increasing demand for highly qualified specialists.
In detail:
👉
https://digital.uz/en/news/view/226044
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X
✅
O‘zbekistonda dasturlash ekotizimini rivojlantirish va ICPC bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
▶️
Raqamli texnologiyalar vaziri
Sherzod Shermatov
ICPC Foundation prezidenti
Uilyam Pucher
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
⚡️
Uchrashuvda
O‘zbekistonda dasturlash musobaqalari ekotizimini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
hamda mamlakatning n
ufuzli xalqaro dasturlash musobaqalaridagi ishtirokini kengaytirish
masalalari muhokama qilindi.
❕
ICPC
— dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli talabalarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro dasturlash musobaqasi hisoblanadi. Musobaqada
70 ming
dan ortiq talaba va
4 ming
dan ziyod universitet ishtirok etadi. Uning Jahon finalida esa
140 ta universitet
jamoasi o‘zaro kuch sinashadi.
✅
Muloqot davomida O‘zbekistonning ICPC bilan hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, ICPC Jahon finalini mamlakatda o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi. Bunday xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mamlakatning global texnologik hamjamiyat bilan aloqalarini mustahkamlash, mahalliy yoshlar salohiyatini namoyon etish va dasturlash sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Batafsil:
👉
https://digital.uz/oz/news/view/223170
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X
🗣
“
Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining ochilish marosimi boshlandi
↪️
Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning
“Startaplar mamlakati”
sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.
⚡️
Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.
“Mamlakatimizning eng muhim boyligi — bu inson kapitalidir. Shu sababli so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Bugungi kunda AT va sun’iy intellekt yo‘nalishlaridagi ta’limni rivojlantirish ham ustuvor vazifalarimizdan biridir. “Bir million dasturchi” va “Besh million AI Leaders” kabi yirik tashabbuslar orqali yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, ularni kelajak kasblariga tayyorlashga va mamlakatimiz inson kapitalini yanada rivojlantirishga intilmoqdamiz,” – dedi Sh. Shermatov oʻz nutqida.
📲
Ochilish marosimini jonli efirda kuzatib boring!
🔦
Youtube
💙
Facebook
😀
Telegram
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X
Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganlar, albatta, ertadan boshlab ICT Week tadbirlarida ishtirok eting!
Hurmatli Prezidentimiz doim ta’kidlaganlaridek bizning eng katta boyligimiz bu inson kapitali, shijoatli yoshlarimizdir. Hozir ularning g‘oyalarini startapga aylantirib, kelgusida dunyo darajasigacha chiqishiga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Shuning uchun
bu yilgi AKT Haftaligining asosiy e’tibori aynan startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratiladi.
Sun’iy Intellekt (SI) rivojlanishi startap qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. SI yordamida MVP yaratish juda oson bo‘lib bormoqda.
O‘z g‘oyangizni rivojlantirish uchun boshqa startap ekotizimi ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnatish va tajriba almashish juda muhimligini inobatga olib, albatta, ICT Weekda qatnashing!
Startaplarga investitsiya kiritish orqali, juda yaxshi daromad topish mumkinligidan ko‘pchilikni xabari yo‘q xali. Qiziqarli va kelajagi porloq startaplarga
vaqtliroq investitsiya kiritish orqali yuqori daromadga ega bo‘lish istagidagi sarmoyadorlar uchun ham ICT Weekda qatnashish juda foydali bo‘ladi.
📍
CAEx Uzbekistan
🗓
22–25-sentabr.
🤩
Ro‘yxatdan o‘ting
🚍
CAEx Uzbekistan’ga bepul transport jadvali
🌟
WEF vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🟪
Raqamli texnologiyalar vazirligida
Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum — WEF)
ning Yevropa va Yevroosiyo yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik rahbari
Marwen Garbaa
hamda
Europe & Eurasia – Centre for Regions, Trade & Geopolitics
vakili
Dietrich John
bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida WEFning ustuvor yo‘nalishlari va amaldagi ish yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun,
Jahon iqtisodiy forumi — davlat, biznes, akademik doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiruvchi xalqaro platforma
bo‘lib, global va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Forum
1971-yilda tashkil etilgan
, bosh qarorgohi Shveytsariyaning Kologni shahrida joylashgan.
📌
Muloqot chog‘ida
O‘zbekiston va WEF o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash
, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha fikr almashdilar.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X
JOIN ICT WEEK! The event that has sharpened Uzbekistan’s technological edge for more than 20 years.
It brings together industry experts, global tech giants, and companies who recognize the strength of our country’s IT sector. And every year, it draws in something just as important:
young creative talent
- hungry to learn, eager to work, ready to stand shoulder to shoulder with industry leaders.
The scale keeps growing. The ambition keeps growing.
If you want to be part of where Uzbekistan’s tech future is being built - join us.
📅
22–25 September
|
📍
CAEx, Tashkent
👉
Register:
ictweek.uz
#ICTWeek2026
#Uzbekistan
#Tashkent
#IT
#Technology
Kelajak texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-tadqidot ishlarini qilmoqchi bo‘lsangiz, Siz bizga keraksiz!
Hurmatli Prezidentimiz Nurafshon shahriga tashrifda
Kelajak texnologiyalari markazi
loyihasini boshlashga start bergandilar:
https://t.me/shmirziyoyev/34748
Ushbu Markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun hozirdan bu sohadagi ilg‘or kompaniyamizda
R&D markazini
ishga tushirib, muhandislarni ishga taklif qilayapmiz.
Marhamat, Siz ham ariza topshiring, batafsil:
https://t.me/uniconsoft/1848
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#Mustaqillik35
#Uzb35
📌
O‘zbekiston — jahon ilm-fanini o‘zgartirgan buyuk mutafakkirlar yurti. Bugun biz ana shu buyuk merosga munosib raqamli kelajakni barpo etmoqdamiz.
Prezidentimizning keng ko‘lamli islohotlari va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati sababli O‘zbekiston texnologik rivojlanishda katta sakrashni amalga oshirdi.
Mamlakatimizdagi barcha maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va mahalla binolari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.
🌐
Mobil internet qamrovi 66 foizdan 98 foizgacha oshirildi. Bir vaqtlar qimmat hisoblangan mobil internet bugun
dunyodagi eng hamyonbop xizmatlardan biriga aylandi
— so‘nggi 5 yil ichida internet tezligi bo‘yicha 65 ta davlatni ortda qoldirib, narxlar bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egalladik.
Endilikda fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
navbatlarda turish shart emas
— qariyb 900 ta xizmatni
my.gov.uz
orqali onlayn olish mumkin.
📌
150 dan ortiq turdagi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilindi. Agar ilgari davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga borish talab etilgan bo‘lsa, bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlarning
90 foizi xizmatlardan onlayn foydalanmoqda.
Natijada O‘zbekiston Jahon bankining GovTech Maturity Index reytingida dunyoda 9-o‘rinni egalladi.
Prezident tomonidan tasdiqlangan Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida qariyb 100 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
➡️
20 ta oliy ta’lim muassasasida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ular ta’lim va ilm-fanni real ishlab chiqarish masalalarini hal etish bilan bog‘lamoqda.
NVIDIA bilan hamkorlikda davlat loyihalari uchun zamonaviy GPU-klaster ishga tushirildi. Xorijiy investitsiyalar hisobidan qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan yashil data-markazning birinchi bosqichi barpo etilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Government AI Readiness Index reytingida 62-pog‘onaga koʻtarildi.
⏩
O‘zbekiston xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar uchun jozibador markazga aylandi: 2017-yilda bunday kompaniyalar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda har oyda 70 dan ortiq shunday kompaniya, jumladan,
mamlakat hududlarida ham
IT Park rezidentiga aylanmoqda.
Hozirda IT Park rezidentlari soni qariyb 4 mingtaga yetdi. 100 dan ortiq mamlakatga IT xizmatlari eksporti 1,1 milliard dollardan oshdi.
🟣
O‘zbekiston StartupBlink reytingida startap ekotizimi o‘sish sur’atlari bo‘yicha
dunyoda 1-o‘rinni egallab, "Yil mamlakati" deb e’tirof etildi.
Ingliz huquqi asosida faoliyat yurituvchi
Enterprise Uzbekistan Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi tashkil etildi
.
AT mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni 145 taga yetdi. Mamlakat bo‘ylab IT Parkning 1000 dan ortiq ta’lim rezidenti zamonaviy ko‘nikmalarni o‘rgatmoqda.
⚪️
"5 million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida 1 milliondan ortiq kishi ta’lim oldi, ularning yarmi ayollardir.
Coursera platformasida O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha
onlayn ta’lim olayotganlar ulushi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, sun’iy intellektni o‘rganishda ayollarni jalb qilish bo‘yicha
namunaviy tajriba sifatida e’tirof etildi:
AI kurslaridan foydalanuvchilar orasida ayollar ulushi 58,9 foizga yetdi.
Joriy yilda O‘zbekiston ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026ga mezbonlik qildi. Unda rekord darajadagi ishtirokchilar jamlandi.
Buyuk merosdan buyuk kelajak sari. Oldinda biz allaqachon yoza boshlagan yangi tarix sahifalari turibdi.
Bayram muborak!