Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Maʼnaviyat - odam va olam xaloskori

rmmm_gijduvon_bolinmasi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tumani bo'linmasi rasmiy kanali 📱 Bizni Instagramda ham kuzatib boring! https://www.instagram.com/manaviyat_saboqlari?igsh=MWRoODY1ZjluZ2Nodw%3D%3D&utm_source=qr Murojaat uchun: @Qaxorovazizjon
Subscribers
2 018
24 hours
—
30 days
-53
Post views
40
ER
1,98%
Posts (30d)
176
Characters in post
879
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 28, 03:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

#yangiruhiyat
#kun_hikmati
Biror joyingiz og'riyotgan bo’lsa, bu haqida hech kimga gapirib yurmang. Chunki aynan o'sha og'riqli nuqtangizga zarba beradiganlar albatta topiladi.
📎
Muhammad Ali
🏠
Rasmiy sahifalarimiz
👇
https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi

October 27, 10:53
Media unavailable
9
Show in Telegram

🌿
OBOD MAHALLA — ODOBLI JAMIYAT!
📍
G‘ijduvon tumanida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va xonadonlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Mahallalarda obodlik, tinchlik-osoyishtalik, ahillik va yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish maqsadida G‘ijduvon tumanidagi
Yetti pir ziyoratgohi hududiga qarashli mahallalarda
aholi xonadonlarini o‘rganish va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
🏡
Xonadonlar — jamiyat ma’naviyatining ko‘zgusi
O‘rganishlar davomida mahallalardagi xonadonlarning ijtimoiy-ma’naviy muhiti, oilalarda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, farzandlar tarbiyasi, mahalla obodligi hamda aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🏠
Rasmiy sahifalarimiz
👇
https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi

October 27, 09:07
Media unavailable
10
Show in Telegram

📚
G‘IJDUVONDA “JADIDLAR IZIDAN” MAVZUSIDA O‘QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI
✨
G‘ijduvon tumanidagi
“Kelajak markazi"
da yosh avlodni milliy tariximiz, boy ma’naviy merosimiz va jadid ma’rifatparvarlarining bebaho ilmiy-adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida
“Jadidlar izidan”
mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
📖
Mazkur ma’rifiy tadbirda G‘ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Seminar davomida o‘zbek xalqining ma’naviy uyg‘onishi, milliy taraqqiyoti va ma’rifatparvarlik harakati tarixida muhim o‘rin tutgan jadid bobolarimizning hayoti, faoliyati hamda ibratli merosi haqida atroflicha fikr yuritildi.
🖋
Jadidchilik — millatni uyg‘otgan ma’rifat yo‘li
Jadidchilik harakati xalqimiz tarixida ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’naviyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muhim tarixiy jarayonlardan biridir.
🏠
Rasmiy sahifalarimiz
👇
https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi

October 27, 08:34
Media unavailable
4
Show in Telegram

#maʼrifat_soati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori hamda tumanning 2026-yil 4-mart kungi 49-sonli kengash bayoni 3-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi hamkorligida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarda joriy yilning 27-oktabr kuni “Ming bir xazina” “Har sahifada ming bir durdona" mavzusida.“Ma’rifat soati” tadbiri tashkil etildi.
✨
Tadbir davomida Kitob o‘qish orqali inson o‘zini qanday kashf etadi. Sahifalar orasida yashiringan hayotiy saboqlar olishi,
o‘qilgan har bir asarning qalbda qoldiradigan izi shu haqiqatlarning eng sof manbai – kitob ekanligi haqida so‘z yuritildi.
🏠
Rasmiy sahifalarimiz
👇
https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi

October 27, 08:34
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 27, 08:09
Media unavailable
5
Show in Telegram

“Zamonaviy o‘zbek qiyofasi – mening nazdimda”
G‘ijduvon tumanidagi 9-maktabda “Zamonaviy o‘zbek qiyofasi – mening nazdimda” mavzusida esselar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘zbek milliy qadriyatlari, an’analari va zamonaviy hayot uyg‘unligini o‘z fikr-mulohazalari orqali yoritib berdilar. Yoshlar zamonaviy o‘zbek qiyofasini faqat tashqi ko‘rinish emas, balki ichki madaniyat, odob-axloq, milliy ruh va o‘zlikni anglash sifatida talqin qilishdi.
Ishtirokchilar o‘zbekona tarbiya, milliy liboslar, til va madaniyatning bugungi kundagi o‘rni haqida chuqur va samimiy fikrlar bildirib, o‘zlarining kelajakdagi o‘zbek yoshlari qiyofasini chizib berishdi.
🏠
Rasmiy sahifalarimiz
👇
https://t.me/RMMM_Gijduvon_bolinmasi

October 27, 08:01
Media unavailable
6
Show in Telegram

👮‍♂️
G‘IJDUVONDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI – VATAN TINCHLIGI VA XALQ XIZMATIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM!
🇺🇿
✨
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan G‘ijduvon tumanida ham ushbu qutlug‘ sana bayramona va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda yurt tinchligi, xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan xodimlarning mashaqqatli mehnati yuksak e’tirof etildi.
Tuman rahbariyati minnatdorlik bildirdi.
Tadbir so‘ngida o‘z xizmat burchini sidqidildan ado etayotgan ichki ishlar tizimi xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🇺🇿
Yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy sharaf!
🩵
Fidoyi xodimlar va ularning ota-onalari – Yangi O‘zbekistonning faxru g‘ururidir!
🔴
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt
|
👉
Telegram
|
💬
Facebook
|
▶️
YouTube
|

October 27, 08:01
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 27, 08:01
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 27, 08:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, aziz faxriylar!
Sizlarni kasb bayramingiz — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etib kelayotgan Sizlarning fidokorona mehnatingiz alohida e’tirofga loyiq.
El-yurt osoyishtaligi yo‘lida tun-u kun xizmatda bo‘lish, har qanday vaziyatda ham qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq ishonchini oqlash katta matonat, yuksak kasbiy mahorat va Vatanga cheksiz sadoqatni talab etadi. Sizlar ana shu mas’uliyatli vazifalarni vijdonan bajarib, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Ayniqsa, fuqarolar xavfsizligi, yoshlar tarbiyasi, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahallalarda sog‘lom va osoyishta muhitni qaror toptirish borasidagi xizmatlaringiz tahsinga sazovor.
Fursatdan foydalanib, soha faxriylariga ko‘p yillik samarali xizmatlari va boy hayotiy tajribalari uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman! El-yurt ishonchi va hurmati Sizlarga doimo hamroh bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan posbonlari!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan,
G‘ijduvon tumani hokimi
Farxod Umarov
🔴
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🌍
Veb-Sayt |
👉
Telegram |
💬
Facebook |
▶️
YouTube |