
Romitan tumani hokimligi | Rasmiy kanali
📢
Viloyatimiz aholisi diqqatiga!
Joriy yilning 28–30-oktabr kunlari viloyatimiz hududida
"
Aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash"
mavzusida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.
❗️
Hurmatli fuqarolar!
⚠️
O‘quv mashqlari davomida xotirjamlikni saqlashingizni, kuzatiladigan harakatlar va shartli vaziyatlardan vahimaga tushmasligingizni hamda ijtimoiy tarmoqlarda noto'g'ri ma'lumot tarqatmaslikni so‘raymiz!
✝️
Telegram
|
☮️
Facebook
|
💟
Instagram
|
☸️
YouTube
🇺🇿
XORIJDA ISH
— KASB, KELAJAK VA ISH IMKONIYATI!
🏗
Buxoro viloyati Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi!
⚡️
Elektrogazpayvandlovchi yo‘nalishiga qabul davom etmoqda!
✅
O‘qish muddati — 3 oy
💰
Oylik maosh — 25 000 000 dan 30 000 000 so‘mgacha
🍽
Ovqatlanish bilan ta’minlash
🛏
Yotoqxona bilan ta’minlash
💸
Ijtimoiy reestragilar uchun stipendiya to’lanadi
(pilot loyiha sifatida dastlabki 100 nafar fuqaroga)
📄
Hujjatlarni tayyorlashda ko‘mak
🤝
Rossiyaning Tyumen shahrida ish imkoniyati
🎯
Maqsadimiz — Sizni kasbga o‘rgatish va munosib ish imkoniyatiga yo‘naltirish!
📍
Manzil: Buxoro shahri, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi, 4-uy.
RO’YXATDAN O’TISH
📞
Murojaat uchun: +998 91 243 02 82
✝️
Telegram
|
☮️
Facebook
|
💟
Instagram
|
☸️
YouTube
#KUN_HIKMATI
Sevimli narsalarga mashaqqat bilan, yaxshilikka esa o‘ziga sevimli bo‘lgan narsalarni sarflash bilan erishiladi.
✍️
Abu Rayhon Beruniy
Romitan tumani hokimligi matbuot xizmati
✝️
Telegram
|
☮️
Facebook
|
💟
Instagram
|
☸️
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по развитию медицинской инфраструктуры и расширению участия частного сектора в системе здравоохранения.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#infratuzilma
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🟢
Romitanda Ichki ishlar organlari xodimlari sharaflandi
Bugun, 26-oktabr kuni Romitan tumani markazida joylashgan “Shoxsaroy” tantanalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 35 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tumanning asosiy bayram tadbiri keng nishonlandi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Umedjon Barnoyev, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, tuman ichki ishlar organlari xodimlari, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida ishtirok etgan tuman hokimi Umedjon Barnoyev tinch, osuda hayotimiz qo‘riqchilari, huquq va erkinliklarimizning ishonchli himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, xalqimiz uchun sadoqat bilan xizmat qilish har bir insonning burchi ekanligini, har bir xodim avvalo, o‘z Vatanini, qolaversa kasbini sevgan holda xizmat qilsa, qilingan mehnat, albatta, o‘z samarasini berishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda tuman hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlar xizmati alohida e’tirof etilib, sana munosabati bilan tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
To‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan qiziqarli konsert dasturi namoyishi hamda elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari va ijro etgan kuy-qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
@Umed_Barnoyev
⚡️
Buxoroda turizm ta’limini xalqaro darajaga olib chiqish yo‘lida Avstriya bilan hamkorlik kengaymoqda
✔️
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Avstriya savdo vakili Rudolf Lukavsky, mehmondo‘stlik va oshpazlik sohasi eksperti Thomas Drdak hamda arxitektor Zeljko Katalinic bilan uchrashdi.
💬
Unda Buxoro viloyatida turizm va mehmondo‘stlik sohasida xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish hamda Avstriyaning ilg‘or tajribasini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
❗️
Muloqot davomida Buxoro turizm va madaniy meros texnikumini Buxoro xalqaro turizm texnikumiga aylantirish va uning faoliyatini xalqaro talablar asosida takomillashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️
Mazkur yo‘nalishda Avstriyaning nufuzli IMC Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim dasturlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.
📌
Ta’kidlash lozimki, ayni kunlarda xorijiy mutaxassislar texnikumning mavjud infratuzilmasi, o‘quv xonalari, laboratoriyalari, oshxona va yotoqxona imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Mavjud sharoitlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish, ta’lim jarayoniga amaliy mashg‘ulotlarni keng joriy etish, zamonaviy o‘quv mehmonxonasi va restoranini tashkil etish masalalari ham hamkorlikning muhim yo‘nalishlari sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
🖥
Uchrashuvda Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik markazini tashkil etish, Avstriyaning dual ta’lim tizimi tajribasini joriy qilish, pedagoglarning xorijda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish hamda “2+2” shaklidagi qo‘shma bakalavriat dasturini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
⚙️
Ushbu tashabbuslar ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
🗓
Muloqotda mazkur tashabbuslarni amalga oshirish orqali Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi va rivojlanib borayotgan turizm salohiyatini zamonaviy ta’lim imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari ham ko’rib chiqildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish hududda turizm industriyasi uchun zarur bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash, xizmatlar sifatini oshirish va soha rivojiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qilishi kutilmoqda.
🔖
1994-yilda tashkil etilgan IMC Krems amaliy fanlar universiteti bugungi kunda 220 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qiladi. Universitetda 4 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Mazkur oliy ta’lim muassasasi bilan aloqalarni rivojlantirish Buxoroda xalqaro ta’lim tajribasini keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube