Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

RTTYOMNF | Rasmiy

rttyom_nf
Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!
Subscribers
1 781
24 hours
-26
30 days
-517
Post views
496
ER
27,85%
Posts (30d)
40
Characters in post
1 098
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
September 10, 16:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
Kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmasevtika xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim kontrakt to’lovining 30% ini Davlat tomonidan to’lab beriladi.

September 10, 14:26
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

«Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!»
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan soha vakillari ishtirokida
«Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!»
kitobining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan mazkur kitobda mamlakatimiz taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan islohotlar, tarixiy xotira va kelajak oldidagi mas’uliyat haqida so‘z yuritiladi.
Unda ilgari surilgan
«Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!»
degan g‘oya yig‘ilishning asosiy mazmunini ham ifodaladi.
Tadbirda tibbiyot xodimlarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, inson qadri va xalq salomatligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi.
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 04, 13:02
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🇺🇿

BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!” mavzusida ma’naviyat soatlari o‘tkazildi
RTTYOM Namangan viloyati filialining 16 ta bo‘limida “BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!” mavzusi ostida ma’naviyat soatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida mavzuga oid masalalar xodimlarga tushuntirilib, har bir bo‘limda o‘tkazilgan ma’naviyat soatlari belgilangan tartibda bayonnomalar bilan rasmiylashtirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi materiallar barcha bo‘limlarning Telegram guruhlariga tarqatilib, xodimlarga yetkazildi.
🇺🇿
Mazkur tadbirlar xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
#tez_tibbiy_yordam
#Manaviyat
#Namangan
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 04, 11:35
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🩺
Kosonsoy tumanida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi
RTTYOM Namangan viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar davom etmoqda.
Navbatdagi seminar Kosonsoy tumani Tez tibbiy yordam bo‘limida o‘tkazilib, unda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash hamda shoshilinch holatlarda samarali tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir RTTYOM Namangan viloyati filialining davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.v.b.
M.T. Zohidova
boshchiligida tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–20-sonli qarorida belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🩺
Shuningdek, RShTYOM Namangan viloyati filiali shifokori
Mirzayev Marufjon
hamda RTTYOM Namangan viloyati filiali shifokori
Toshpo‘latov Ikromjon
tomonidan mavzu doirasida ma’ruzalar qilinib, tez tibbiy yordam xodimlari uchun muhim amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
🚑
Seminar yakunida shoshilinch holatlarda tezkor qaror qabul qilish, bemorga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌
Bunday o‘quv-seminarlar filialning shahar va tuman bo‘limlarida belgilangan reja asosida davom ettiriladi
.
#tez_tibbiy_yordam
#Seminar
#Kosonsoy
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 04, 10:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

#34_son
Hurmatli davlat xizmatchilari,
siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35
#mustaqillik35
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 03, 15:42
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Mingbuloq tumanida o‘quv-seminar o‘tkazildi
⚡️
RTTYOM Namangan viloyati filialining shahar va tuman bo‘limlarida yurak-qon tomir hamda serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminarlar bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
Navbatdagi o‘quv-seminar RTTYOM Namangan viloyati filiali Mingbuloq tumani Tez tibbiy yordam bo‘limida RTTYOM Namangan viloyati filialining davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.v.b.
M.T. Zohidova
boshchiligida o‘tkazildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–20-sonli
“O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”
gi qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berildi.
🩺
Tadbirda RShTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Mirzayev Marufjon hamda RTTYOM Namangan viloyati filiali shifokori Toshpo‘latov Ikromjon o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, mavzu yuzasidan qatnashchilarga atroflicha ma’lumot berdilar.
Ma’ruzalarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish, shoshilinch holatlarda to‘g‘ri va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, tashxislash hamda davolash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚑
Shuningdek, tez tibbiy yordam xodimlarining bunday holatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilishi, bemorlarga o‘z vaqtida sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur o‘quv-seminarlar filialning barcha shahar va tuman bo‘limlarida tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
#tez_tibbiy_yordam
#seminar
#Mingbuloq
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 02, 06:01
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

⚡️
BILIMLAR KUNI
Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali tomonidan Bilimlar kuni munosabati bilan viloyatimizdagi 500 dan ortiq ta’lim muassasalarida tez tibbiy yordam xizmatining ko‘chma tibbiy postlari tashkil etildi.
🎒
Yangi o‘quv yilining boshlanishi — bolajonlar hayotidagi eng quvonchli va unutilmas kunlardan biridir. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarining tinch, osoyishta va xavfsiz o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
👮‍♂️
Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ta’lim muassasalari atrofida jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari hamkorlikda xizmat olib bormoqda.
🚑
Tez tibbiy yordam xodimlari bayram tadbirlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda vaziyatga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga shay holatda turibdi.

Aziz bolajonlar! Sizlarning xavfsizligingiz va salomatligingiz — biz uchun eng muhim qadriyat. Yangi o‘quv yilingiz quvonchli lahzalar, mustahkam bilim va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!
#tez_tibbiy_yordam
#bilimlarkuni
#Namangan
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 01, 13:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga
tabrik

Поздравление
школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 01, 11:07
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Mustaqilligimiz — abadiy faxrimiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
#tez_tibbiy_yordam
#Uzb35
#Namangan
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram

September 01, 09:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔴
🟦
🟦
🟦
❗️
Aziz yurtdoshlar!
❗️
Fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari!
📱
Sizlarni, avvalo, eng ulug‘ va eng aziz bayram — mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
🟢
Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar markazidan inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar joy olgan. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari qo‘ygan talablar asosida sog‘liqni saqlash sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.
➡️
Xususan, birlamchi bo‘g‘inda tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro tajribaga asoslangan yangi modeli joriy etilyapti. Tez tibbiy yordam xizmatida chaqiriqlarni elektron boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
📊
Davlat tibbiyot muassasalariga robot texnologiyalari kirib keldi, sun’iy intellekt asosidagi tekshiruv va muolajalar soni 50 tadan oshdi.

Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy tizimi shakllantirildi, onkologik va gematologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar hayotga tatbiq etildi.
💻
Sohani raqamlashtirish ham yangi bosqichga ko‘tarildi. DMED yagona elektron axborot tizimi orqali 38 milliondan ziyod aholining tibbiy ma’lumotlari elektron shaklda jamlandi. Shu yil oxirigacha davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini barcha hududlarda to‘liq yo‘lga qo‘yish orqali aholini kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olishni maqsad qilganmiz.
📌
Bundan tashqari, onalar va bolalar o‘limi darajasi keskin kamaygani, tibbiy ta’lim qamrovi va sifati oshayotgani, xususiy tibbiyot va farmatsevtika sanoati jadal rivojlanayotgani ham soha islohotlari qanchalik samara berayotganini ko‘rsatib turibdi.
📊
Eng muhimi, izchil sa’y-harakatlarimiz natijasida so‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshdan 75,4 yoshga yetdi.
Albatta, bu yutuqlar zamirida sizlarning bilim va mahoratingiz, mashaqqatli mehnatingiz, kasbga sadoqat va matonatingiz mujassam.
💫
O‘z navbatida, Prezidenimiz tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olishi, qolaversa, farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishi uchun subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilgani barchamizni quvontiradi.
❗️
Qadrli tibbiyot xodimlari!
🔺
Oldimizda yanada ulkan va mas'uliyatli vazifalar turibdi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning yangi modelini joriy qilish ko‘lamini hamda aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini kengaytirish, sohani raqamlashtirish orqali boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish kelgusida diqqat markazimizdagi muhim masalalardan bo‘ladi.
➡️
Shu bilan birga, tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish, Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqilishini jadallashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari samaradorligini oshirish, tibbiy ta’lim sifati hamda raqobatbardoshligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratamiz.
💬
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimiz salomatligini saqlash va mustahkamlash, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish biz uchun bundan keyin ham asosiy o‘zgarmas maqsadimiz bo‘lib qoladi. Ishonchim komilki, siz, aziz soha xodimlari o‘z fidoyiligingiz, bilim va tajribangiz bilan Yangi O‘zbekiston tibbiyotini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shasiz.
💐
Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Egningizdagi oq libosingizga aslo gard yuqmasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram