
𝑺𝒂𝒌𝒊𝒚𝒏𝒂🍉
Istigʻfor haqida
💕
“Robbingizga istigʻfor aytinglar, so'ngra Unga tavba qilinglar, (Shunda) U Zot sizlarni belgilangan muddatgacha chiroyli bahramandlik ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur.“
〰️
11:3
📖
Rivoyat qilishlaricha, Hazrati Umar
◾️
davrida bir kishi kelib, qurg‘oqchilikdan shikoyat qilibdi. Hazrati Umar unga istig‘for aytinglar, deb javob beribdilar. Ikkinchi bir kishi kelib kambag‘allikdan shikoyat qilibdi. Unga ham istig‘for aytinglar, deb javob beribdilar. Uchinchi bir kishi befarzandlikdan shikoyat qilibdi! Unga ham istig‘for ayt, debdilar. Yana bir kishi kamhosillikdan, boshqasi esa suv tanqisligidan shikoyat qilibdi. Ularga ham istig‘for aytishni buyuribdilar. Shunda Hazrati Umar bilan o‘tirganlardan biri:
«Ey mo‘minlarning amiri, turli kishilar kelib, turli narsalardan shikoyat qildilar, siz esa barchasiga istig‘for ayt, dedingiz, bu qanday bo‘ldi?» deganida, Hazrati Umar yuqoridagi [11:3] oyatlarni o‘qigan ekanlar.
Alloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga qarata: “Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchi emas.”, degan («Anfol» surasi, 33-oyat).
Payg‘ambarimiz vafot etganlarida ba’zi sahobalar: “Bizni Allohning azobidan saqlab turuvchi ikki narsa bor edi, biri payg‘ambarimiz alayhissalom edilar, endi ikkinchisi istig‘for qoldi, u ham ketsa, halokatga uchraymiz”, deyishgan ekan.
🙂
😀
😊
☺️
🙂
😍
😀
🌟
1⃣
0⃣
0⃣
🙂
🙂
🙂
😍
😃
🤩
Diniy-ilmiy asarlar: 1. Ulamolar nazdida vaqtning qadri 2. Ilm olish sirlari 3. Ibodati islomiya 4. Iffat va hayo 5. Biz gunohdan qanday saqlanamiz? 6. Qalbning davosi 7. Taqvo ahlining goʻzal qissalari 8. Dunyoni tebratgan 7 buyuk…
🙂
😀
😊
☺️
🙂
😍
😀
🌟
1⃣
0⃣
0⃣
🙂
🙂
🙂
😍
😃
🤩
Diniy-ilmiy asarlar:
1. Ulamolar nazdida vaqtning qadri
2. Ilm olish sirlari
3. Ibodati islomiya
4. Iffat va hayo
5. Biz gunohdan qanday saqlanamiz?
6. Qalbning davosi
7. Taqvo ahlining goʻzal qissalari
8. Dunyoni tebratgan 7 buyuk
9. U shunday Allohki,…
10. Odoblar xazinasi (4 kitobdan iborat toʻplam)
11. Tazkirat ul-avliyo
12. Kimyoi Saodat
13. … Sahifalar
14. Ilohiy ishq
15. Bomdod namozini qanday muhofaza qilasiz?
16. Rasululloh
☪️
ning qizlari
17. Oisha
◾️
Paygʻambarimizning suyukli ayoli
18. Badnazarlik va zinodan saqlanish
19. Erkak kamolotida ayolning o'rni
20. Rasululloh
☪️
ning yoshlarga nasihatlari
21. Mukoshafatul qulub
22. Imom A’zam - Hanafiy mazhabining asoschisi Noʻmon ibn Sobit rahmatullohi alayh.
23. Allohning borligiga aqliy dalillar
24. Tarixi Muhammadiy
25. Chunki sen borsan Alloh
26. G'am qayg'usiz yashay desangiz (1, 2 va 3-qismlar)
27. Barzax hayoti
28. Nafs nimadir
29. Riyozus solihiyn (toʻplam)
30. Rasululloh
☪️
ni tushimda ko'rdim
31. Pandnoma - Fariduddin Attor
32. Menga Alloh kifoya - Ugʻur Koʻshar
33. Eng ishonchli vakil - Tavakkul va Tafakkur
+ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining barcha kitoblari
Badiiy adabiyotlar:
1. Oʻtkan kunlar
2. Goʻyam - Najmiddin Erbaqon
3. Fesleen
4. Eyvalloh 1 va 2-qismlar
5. Iqror
Badiiy-ilmiy asarlar:
1. Sohilsiz dengiz
2. Islomga bagʻishlangan umr
3. Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti (1-qism)
4. Oʻlimga kulib boqqan odam
5. Siz qanday yashamoqchisiz?
6. Men
7. Sir
8. Halqa
9. Alvido vatan
10. Benazir imom
11. Madina Mudofaasi
12. Muqaddas azob
13. Ey koʻngil, pushaymonmisan?
14. Yo nasib
15. Seni jannatda kutaman
16. Xolid ibn Valid
17. Hukmdorim
18. Men Robiya
19. Fantom og'rig'i
Ilmiy asarlar:
1. Bu kitob siz uchun emas - Hasan Mamasaidov
2. Latte omili
3. Yoz, qisqartir
4. Influence - The Psychology of Persuasion
5. Atomic Habits
6. The psychology of money
7. Farzand tarbiyalash siri - Adem Gunesh
Allohim hayirli va manfaatli ilm nasib qilsin
🙂
@sakiynam_book
Osmon toʻla bulutlarni koʻrish insonga boshqacha huzur beradi
🤍
Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʻlsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon boʻlsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz.
Baqara surasi, 216-oyat
Allahumma soyyiban nafi’an
للَّهُمَّ صَيِّبَاً نَافِعاً
🤲
📌
Imom Buxoriyning shogirdlari nihoyatda ko‘p bo‘lgan. Moʻtabar manbalar guvohlik berishicha, ulug‘ olim hayotining bosh kitobi bo‘lmish “Al-jome’ as-sahih”dan u kishining bevosita
rahbarliklarida to‘qson ming kishi ta’lim olgan.
Ularning safida mashhur muhaddislar — Muslim ibn Hajjoj, imom Termiziy, imom Nasoiy, Ibn Huzayma, Ibn Abu Dovud, Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Ibrohim ibn Ma’qal Nasafiy, Hammod ibn Shokir Nasafiy, Mansur ibn Muhammad Bazdaviy va yana ko‘plab ulug‘ olimlar bor.