Salam News ☾
⚡️
Sibir daryolari suvi Orol dengiziga yo‘naltirilishi mumkin
Rossiyada Sibir daryolari suvininig bir qismini Markaziy Osiyoga, shu jumladan O‘zbekistonga burish bo‘yicha Sovet Ittifoqi davridagi loyihani yangicha usulda tiklash taklif etildi.
@salamnewsru
⚡️
Rossiya faqat davlat tilida rus tili mavjud bo‘lgan mamlakatlarning haydovchilik guvohnomalarini tan oladi
Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, Rossiya bundan buyon rus tili rasmiy til sifatida belgilangan davlatlar bergan haydovchilik guvohnomalarini amal qiladi deb hisoblaydi.
Boshqa davlatlardan kelgan fuqarolar esa Rossiyada mashina haydash uchun imtihonni qaytadan topshirishga majbur bo‘ladi.
@salamnewsru
⚡️
Sirdaryoda erkak bemor xotinini rashk qilib shifokorni kaltakladi
Holat ko‘rik vaqtida, navbatchi shifokor bemorni o‘tirishga yordamlashib, qorin sohasini tekshirayotgan paytda sodir bo‘lgan. Erkak 15 sutkaga qamaldi.
@salamnewsru
⚡️
Markaziy Osiyo davlatlari Made in Central Asia brendini yaratmoqchi
Ushbu brend ostida qo‘shma ishlab chiqarish maydonlarini shakllantirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
@salamnewsru
🇷🇺
🇺🇿
Rossiyadagi reydlarda o‘zbekistonliklar huquqini buzmaslik masalasi muhokama qilindi
Bu masala O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov uchrashuvida ko‘rib chiqildi.
@salamnewsru
⚡️
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
3-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston-Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasida qo‘shma biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
@salamnewsru
Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi
Ushbu oilada 5 nafar qiz voyaga yetayotgandi, endilikda 9 nafar qizli xonadonga aylandi.
@salamnewsru
Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi
IQAir portaliga ko‘ra, ayni paytda havoda mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 51 mkg/m3 ni tashkil etmoqda. Havo sifati “ta’sirchan guruh uchun zararli” deb baholangan.
@salamnewsru
⚡️
Rus tili imtihoni bekor qilindi, biroq hamma uchun emas
Rossiyada davlat kvotalari asosida kelgan muhojirlar endi mamlakatga kirishda rus tili imtihonini topshirishlari shart emasligi haqida yangi qonun qabul qilindi. Qaror Federatsiya Kengashi tomonidan ma’qullandi.
Biroq bu yengillik shifokorlarga taalluqli emas. Tibbiyot xodimlari uchun til talabi saqlanib qolmoqda — tanqidlardan so‘ng ular uchun imtihondan voz kechish g‘oyasi rad etildi.
@salamnewsru
⚡️
O‘zbekistonda soat 09:14 da 3 ballik zilzila sodir bo‘ldi.
Episentr Buxoro viloyati Gazli
shahri.