Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'ktam Salomov | Blog

salomov_blog
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Har bir inson o'z ustida mukammal ishlasa, oliy maqsadiga yetadi! Ijtimoiy sahifalar: fb.com/salomovblogs instagram.com/salomov_blog
Subscribers
1 120
24 hours
10
30 days
-50
Post views
867
ER
77,86%
Posts (30d)
Characters in post
992
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
February 02, 06:55
Media unavailable
10
Show in Telegram

#ximat_safari
INNO texnopark Jizzax yoshlari uchun innovatsion imkoniyatlar maskani boʻladi
1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari
Oʻktam Salomov
, Jizzax politexnika instituti rektori
Alisher Usmonqulov
hamda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Akmal Savurbayev
bilan birgalikda yangidan barpo etilgan INNO texnopark binosida boʻlib, obyektning tayyor holati bilan tanishdilar.
Sh. Rashidov tumanidagi “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan
INNO texnopark binosi
toʻliq qurib bitkazilgan boʻlib, u zamonaviy innovatsion infratuzilma sifatida
ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash
ga xizmat qiladi. Texnopark hududida
startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda yosh tadqiqotchi va muhandislar uchun qulay ish muhitini yaratish
imkoniyatlari mujassam etilgan.
Tashrif davomida INNO texnopark binosining arxitektura yechimi, ichki bezak ishlari, devorlarida aks ettirilgan suratlar hamda zarur mebel jihozlari bilan taʼminlangani qayd etildi. Shu bilan birga,
vazir o‘rinbosari
texnopark faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish maqsadida uni
ilmiy va innovatsion uskunalar bilan jihozlash, laboratoriya va ishchi zonalarni bosqichma-bosqich shakllantirish
ishlarini olib borish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi.
INNO texnopark faoliyati hududda
innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratish hamda yoshlarni ilmiy-texnik ijodkorlikka keng jalb etish
da muhim maydon boʻlishi taʼkidlandi
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram

January 31, 18:13
Media unavailable
10
Show in Telegram

#ximat_safari
Vazir oʻrinbosari Jizzax politexnika instituti ilmiy salohiyati bilan tanishdi
31-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari
Oʻktam Salomov
xizmat safari bilan Jizzax politexnika institutida boʻldi.
Tashrif doirasida vazir oʻrinbosari institutning
Avtomobilsozlik muhandislik maktabi
hamda
Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi
faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tuzilmalarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan loyihalarning mazmun-mohiyati alohida koʻrib chiqildi.
Shuningdek, institutda olib borilayotgan
startap va innovatsion tashabbuslar
, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan
ilmiy ishlanmalar
hamda ularni
tijoratlashtirish imkoniyatlari
yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Vazir oʻrinbosari ushbu yoʻnalishlarda amaliy natijadorlikni oshirish,
ilmiy gʻoyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish
masalalari boʻyicha qator taklif va muhim tavsiyalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida mamlakatda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda ustuvor hisoblangan yoʻnalishlar, xususan, m
uhandislik, energiya samaradorligi
, innovatsion texnologiyalar hamda
yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash
masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy salohiyatni oshirish,
xalqaro hamkorlikni kengaytirish va grant loyihalarida faol ishtirok etish
masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Tashrif yakunida bildirilgan fikr va takliflar Jizzax politexnika institutida ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

January 14, 14:29
Media unavailable
3
Show in Telegram

#FDTU_OAV_nigohida
"Hurriyat" gazetasining
bugungi 14-yanvar kungi yangi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
vazir o‘rinbosari, professor O‘. R. Salomov
ning Farg‘ona davlat texnika iniversitetida tashkil etilayotgan Sunʼiy intellekt laboratoriyasi ahamiyati va istiqbollari haqidagi "
Raqobatbardoshlik sari strategik qadam
" nomli maqolasi chop etildi.
Maqolani o‘qish
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

January 09, 09:52
Media unavailable
6
Show in Telegram

Qoraqalpoq davlat universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 6-yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari
O‘ktam Salomov
, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari
Bayrambay O‘temuratov
, shuningdek, u
niversitet jamoasi
— professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda
ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga yo‘naltirish
masalalari kun tartibining asosiy yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
Vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Qoraqalpoq davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangan
Berdiyar Jollibekov
ning oliy ta’lim tizimidagi tajribasi, boshqaruv salohiyati va kelgusida universitetni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirishi kutilayotgan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Universitetning hududiy va respublika miqyosidagi
nufuzi, fan va ta’lim sohasidagi o‘rni
yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.
Yig‘ilish davomida universitet jamoasi vakillari ham so‘zga chiqib, yangi rahbariyat bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/117040
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

January 09, 09:44
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Vazirlik_yangiliklari
Qoraqalpog‘istonda yoshlar innovatsiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Nukus Yoshlar Texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Texnopark huzurida faoliyat yuritayotgan yoshlarning innovatsion g‘oyalari, texnologik ishlanmalari, amaliy prototiplari hamda startap tashabbuslari taqdim etildi. Ularni rivojlantirish, moliyalashtirish va kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, 2025-yil davomida Yoshlar texnoparkida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, yangi loyihalar va rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

December 30, 12:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tayinlov
Prezident Qarori bilan Salomov
Oʻktam Rahimovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oʻktam Salomov 1977-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Fizika fanlar doktori (DSc).
Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
U tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 30, 05:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Yangi_yil
#Rektor_tabrigi
Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor O'.R.Salomovning universitet professor-o'qituvchilari, mehnat jamoasi va talabalari uchun
Yangi yil bayram tabrigi
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

December 23, 10:32
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
Joriy yilning 19-dekabr kuni FDTU rektori, professor O'.R. Salomov Yaponiyaga xizmat safari doirasida yirik sanoat va qurilish kompaniyalari, jumladan, Daito Trust Construction, Daiwa House hamda Mitsui Sumitomo kompaniyalari rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muhim uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.
Mazkur kompaniyalar
global miqyosda faoliyat yurituvchi yirik tashkilotlar
boʻlib,
Daito Trust Construction
— yillik aylanma mablagʻi
11,5–12 mlrd AQSH dollari
,
Daiwa House
- yillik aylanma mablagʻi
35–36 mlrd AQSH dollari
,
Mitsui Sumitomo
esa yillik aylanma mablagʻi
25–30 mlrd AQSH dollari
ni tashkil etadi.
Muzokaralar chog'ida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi kesimida FDTU Mexanika-mashinasozlik fakulteti talabalari va bitiruvchilari uchun amaliyot hamda ishga joylashish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

December 22, 05:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Energetiklar_kuni
#Rektor_tabrigi
Hurmatli energetika sohasi fidoyilari, aziz ustozlar, mehnatkash mutaxassislar va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yayotgan talaba-yoshlar!
Sizlarni 22-dekabr — Energetiklar kuni bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan chin dildan samimiy tabriklayman.
Energetika sohasi — mamlakat iqtisodiyotining tayanchi, taraqqiyot va barqaror rivojlanishning asosiy drayverlaridan biridir. Yurtimizda yonib turgan har bir chiroq, ishlab turgan har bir korxona, harakatdagi har bir mexanizm zamirida energetiklarning mehnati, bilimi va fidoyiligi mujassamdir. Zamonaviy sanoat, ishlab chiqarish, transport, qishloq xo‘jaligi va aholi farovonligi energetika tizimining ishonchli va uzluksiz faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
Batafsil
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

November 30, 06:25
Media unavailable
10
Show in Telegram

Kecha, 29-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishini universitet rektori, professor O‘. R. Salomov ochib berdi.
Kirish qismida, faxriy yubileyi nishonlayatgan bir qator ustozlar, respublika miqyosidagi tanlovlarda eʼtirof etilgan, turli darajadagi ilmiy daraja va unvonlarni qo‘lga kiritgan universitet professor-o‘qituvchilari rahbariyat tomonidan taqdirlanishdi.
Shundan so‘ng, kengash asosiy qismida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, oliy taʼlim tizimida yangi chiqarilgan qarorlar, universitetdagi davlat granti va shartnoma asosidagi bakalavr hamda magistrlik kvotalari, yaqinda bo‘lib o‘tgan doktorantura imtihonlari va o‘tkazilgan tanlovlar, Scopus tizimiga joylashririlgan maqolalar va reyting tizimi, 2025-2026 o‘quv yiliga qabul jarayoni yakunlari haqida so‘z yuritildi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt