Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

samandarxojasblog
Subscribers
7
24 hours
-1
30 days
-2 493
Post views
1 189
ER
11 857,14%
Posts (30d)
31
Characters in post
990
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
April 06, 19:27
Media unavailable
3
Show in Telegram


https://t.me/+AcAGbwwId0kyMDUy

April 06, 19:15

https://t.me/+AcAGbwwId0kyMDUy

April 04, 18:28

Asluxa - nasluxa yohud genetikasi buzuq
Nasl suradi. Nima degani u? Toʻxta. Seni qoningda matematiklar qoni oqadi.
Xoʻsh, nima qilibdi. Aaa, ammo nasldan-naslga faqat yaxshi odatlar oʻtmaydi.
Qoshing qora, koʻzlaring qora. Istaralisan. Ha, sababi onanga tortibsan.
Vaziyatga bir tomondan qaradik. Ammo, katta akasi qamoqda. Odam oʻldirib qoʻygan.
Dadasi ham huddi shu ayblov bilan kirgan. Surishtirdim. Agressivlik naslida bor ekan. Juda tez qizishib, jiddiylashar ekan.
Ha, faqat yaxshilik nasl surmaydi ekan. Keyin, soʻradim yana. Faqat, shu bilan xulosa qilsak boʻladimi dedim.
Yoʻq, farzand genetikasi ham ota, ham onadan oʻtadi ekan. Surishtirdim. Qiz uncha oʻqishga qiziqmagan ekan. Keyin bilsam, qizning onasini dadasi velosiped ustasi ekan.
U qiz uyidagi narsalarni oʻzi tuzatib qoʻyaverar ekan. Ammo, bobosiga oʻxshab oʻqishga qiziqmay o'sibdi. Vaholanki, ilm ona tarafdan oʻtar ekan.
Shuning uchun, ey yigit va qiz. Nasl suradi. Surganda ham juda daxshatli darajada. Shuning uchun, yigitni oʻziga tupurib qoʻygan holda, ota-onasi va katta oilasi haqida surishtir.
(Voqealik toʻqima holda shakllantirildi. Man hech kimni surishtirganim yoʻq, ayni damda)
Shajara muhim!
94/365
👉
@samandarxojasblog

April 03, 18:12

Vada berganim bor...
1. Mototsikl minmaysan. Hech qachon. Mototsiklga chiqish "tobut"ga chiqish. Mototsikl beradigan adrenallini, boshqa joydan olsa boʻladi.
2. Spirtli ichimliklar ichmaysan. U dunyoyu, bu dunyo xor qiladi sani. Ichkilikxo'rlar bilan doʻst boʻlmaysan. Bir davrada oʻtirmaysan.
3. Qimorga yaqinlashmaysan. "Chigirtka" qissasini oʻqiganmisan? Huddi shunday, 3-sida pishasan. Xonavayron qilib qoʻymaydi, tirik boʻlib oʻlasan.
4. Ogʻzinga nos olmaysan. Tayyorlanish jarayonini koʻrsatsam boʻlar ekan. Hatto bir piyoladan choy ichishga ham jirkan ular bilan.
5. Diskotekaga qadam izi qilmaysan. Bir marta boʻlsa ham yoʻq, hatto. Kofe borku 3 tasi 1 da. U joy 40 tasi 1 da. Har jabhadan bir shingil.
6. Sigaretni hatto tutunidan qoch. Hidiga "oʻtirib" qolganlarni bilaman. Endi oʻzini tassavur qilaver. Ado qiladi, sani.
7. Kir puldan qoch. Pulinga shubha aralishdimi, qoch. Shubhadan qoch deyapti, endi umuman kir pulni tasavvur qilaver. Bilib-bilmay yeb ham, yedirib ham qoʻyma.
P.S: Bu yigitlarga tegishli. Qizlar uchun ham bor albatta, aynan "Vada berganim bor | Qizlar uchun" ham yozaymi?
93/365
👉
@samandarxojasblog

April 03, 15:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Har bir 18-24 yosh tibbiyot odamining oʻylari
1. Grand "El-yurt umidi" tibbiyot yoʻnalishida Yevropa/Amerikada oʻqish.
2. Nemis tiliga qattiq tashlab doktorlikni Germaniyada davom ettirish.
3. O'zimizga Magistraturaga kirib, shu yerda professorlikni olish.
4. Ordinatura oʻqib umuman klinik doktor boʻlib, xususiy klinikada ishlash.
5. Soqqani bosib, pul kelib turadigan yoʻllarini qilib sokin hayot kechirish.
6. USMLE orqali Amerikada doktor boʻlib ishlash.
💬
Siz meni oʻrnimda boʻlganingizda qaysi birini tanlagan boʻlar edingiz?
👉
@samandarxojasblog

April 02, 15:55
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

Ustozlarim farzandlarini menga topshirmoqda
1. 5 yil avval dadam meni bir qancha ustozlarim bilan tanishtirgan.
2. Biri biznes sohasida, biri din sohasida, biri tibbiyot sohasida va biri hayot sohasida.
3. Aslida ham shunday. Farzand tarbiyasining maʼlum davrida ota-ona bolasini topshirish kerak.
Kel, bugun ustozlarim bilan tanishtirib ketaman. Ulardan olgan yaxshigina insaytlarimni ham tekinga beray, sen uchun.
1. Saidaxror (dadamning ukasi, amakim) — mening pul ilmidagi ustozim. Zakot, pul topish, toza va kir pul, insonlar bilan muomala kabi ilmlarim egasi.
Zakotga qurbing yetmas ham - berishni boshla.
2. Ahadxo'ja(dadamning ukasi, tibbiyot ustozim) — tibbiyotni qanday oʻqish kerak, qanday sohalar tanlash va qanday ildiz otish kabi ilmlarim egasi.
Maqsadlarni insonlarga bogʻlama - kalavani uchini doim oʻzingda saqla.
3. Sohibjon (dadamning ukasi, din ustozim) — diniy postlar yozishimni muvozanatga solgan, murakkab mavzular, yigitlik masalalaridagi ilmlarim egasi.
Ijtimoiy tarmoqlarda diniy post yozmang.
Yuqoridagi rasm esa togʻamning qizi, jiyanim Mohlaroyga tegishli sertifikatlar jamlanmasi. U muddatidan oldin talaba desam adashmagan boʻlaman.

188.2/189
Ha, 10-sinf va shuningdek 16 yosh qiz uchun bu ajoyib natija. Meni tabiatim shunday. Men ilm odamiman. Opalamni ingliz tili kursini toʻlab bergan ham men. Xullas, oʻqiyman degan odam mani "yaqinim" boʻlib qolaveradi.
Ustozlarim ham hali yetilmagan joʻja boʻlsam ham menga farzandlarini ishonib topshirishmoqda. Kuni kecha, Ahadxo'ja akam oʻgʻli Asadxo'jani menga:
"Goʻshti seniki, suyagi bizniki" deb aytdi. 7 yil oldin dadam Ahadxo'ja akamga huddi shu gapni aytgan edi. Eh... Hayot - charxpalak.
⭐️
Ustozlarim yana bor. Ularni ham tanishtirib ketaman shu zaylda nasib qilsa.
92/365
👉
@samandarxojasblog

April 01, 18:58

Tanqidlarga ochiqman(mi)
Men kamida 3 ta insondan menga nisbatan berilgan fikrni tan olaman. Ushbu gaplar menga bir-biridan mustaqil manbalardan aytilmoqda.
1. Yulduzlik kasaliga chalinibsan. Koʻpchilikni "tu*urib" qoʻygan joyi bor qayerda oʻqib, amaliyot qilib kelganingga.
2. Ortiqcha kamtarlik qilishga o'tibsan. Pulim kam, ilmim kam deb juda koʻp aytyapsan. Oʻzing ishonadigan narsalarni gapir.
3. Shaffoflikka mukkangdan ketib qolyapsan. Koʻp haqiqatni talab qilib yuboryapsan.
4. Kibrga berilishni boshlading. Tengqurlaringni mensimay boshlabsan. Katta oʻqituvchilar darsida oʻzingni ishing, oʻqishingni qilyapsan.
5. Juda koʻp narsani pul bilan oʻlchashni boshlayapsan. Juda koʻp taksida yurishni boshlabsan. Pul sani buzyapti.
6. Tana massang. Massang va gavdangda oʻzgarish kirit. Semir. Kerak boʻlsa, sport pitaniya isteʼmol qil. Xullas, oʻzg'insan.
P.S: Ha, menda ruhiy, jismoniy, gormonal oʻzgarishlar ketmoqda. Sizda qanday fikrlar bor. Menga oʻz ayblarimni ayting. Iltimos.
91/365
👉
@samandarxojasblog

March 31, 03:46

Taklifingizni pishirib yeymanmi yohud menda ham koʻngil bor
1. Yoqtirgan narsalaringdan va insonlaringdam voz kechish qiyin-a? Ha, ahir uni yoqtirasanku.
2. Men plastik xirurgiyani yoqtirdim. Ammo, voz kechdim. Ichkarida boshqacha hayot ekan. Kattalashtirish, kichiklashtirish, yoʻqni bor qilib yuborish. Sabab, qadriyatim edi.
2. Oʻta darajada ogʻir kitoblar bor. U kitoblarni oʻqib, har qanday insonni uyoq-buyoq qilib yuborsa boʻladi. Oʻqimadim. Sabab, qadriyatim edi.
3. Oʻta darajada koʻp pul topish mumkin boʻlgan sohalar bor edi. 300-400 million soʻm pulni 1 oyda juda ham oson topsa boʻlardi. Sabab qadriyatlarim edi.
4. Juda ham kuchli shaxslar hayotimda paydo boʻla boshladi. Ular bilan aka-uka tutinsam, ishlarim va loyihalarm uchar edi. Tanish-bilish boʻlib qoldik xolos. Sabab qadriyatlarim edi.
5. Sovgʻa uy, yaxshi ish, juda katta oylik taklif qilishdi. Evaziga... Yoʻq, menda ham koʻngil, yurak va qalb bor. Sabab, qadriyatlarim edi.
6. Mualliflik huquqi kabi narsalarga 1-2 kurslarimda eʼtibor bermadim. Ustozim Joʻrabek qori duolarida shubhadan yiroq qil bizni deb duo qilaverdi. Butunlay, yangi tizim bilan ish boshladim. Sabab qadriyatlarim edi.
7. Mashhur mualliflarning kitoblarini elektron variantlari berila boshladi menga, shartnoma asosida. Juda koʻp odam - yaxshigina summa taklif qilishdi, ruxsatsiz olishga. Sabab, qadriyatlarim edi.
Xulosa qilib qoʻyamiz, dunyoda 3 ta xarakter shakllangan insondan juda hushyor boʻl. Ular oʻta darajada xavfli. Menga va senga ham shunday 3 ta xarakter nasib qilsin
1. Emotsiya bilan hujum qila olmaysan. Chunki, kontrollashgan hissiy miya bor unda.
2. Yaxshi pul topadigan insonga ham kira olmaysan. Sababi, xazina bilan uni boshini aylantirib boʻlmaydi.
3. Boshqalarning fikriga tupurib qoʻygan inson bilan ham qiyin masala. Fikr - atom bombasidan kuchli. U esa tupurib qoʻygan boʻladi.
90/365
👉
@samandarxojasblog

March 30, 18:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

1 litr suv va kalendar
1. Sendan kuchli insonlar bilan raqobatlashma, ular bilan birga ishla.
2. Hozir 0 dan ko’tarilish anchayin qiyinlashgan. Samalyot ixtiro qilma, uni ixtiro qilganlar bilan ishla.
3. O’zing bilan raqobat qil deyishadi. Ha, agar uni qanday qilishni bilsang qandingni ur.
Xo’p, bilmasang o’rgatay
* Har kuni bir xil mutassil qiladigan ish top. Masalan, 1 litr suv ichish.
*31 kunlik kalendar chiqarib ol.
* Kalendarga esa har kun oxirida bo’yab, belgilab ketasan.
* Endi murakkabiga o’tamiz.
* 100 kunlik kalendar bilan ishla. So’ng 200, so’ng 365.
* Shunda atrofingdagilar o’yindan chiqadi.
* O’zing bilan ovora bo’lib qolasan.
4. Bu qiyin jarayon. Ammo, iltimos o’zingdan kuchlilar bilan o’ynashma. Ular bilan do’st/dugona tutun. Ular bilan birga ishla.
5. 21 kunda odat shakllanadi deyishlari mif. Manga ishon, agar 21 kunni o’zi yetganda men dermotologiyani yorvorar edim.
6. Shuning uchun, gazzni o’zinga ber. Xulosa qilib qo’yamiz, suv ol. Kalendar chiqarib ol. Boshla. Ha aytgancha, meni raqobatdosh deb o’ylashni bas qil.
😈
100 talik dovonga ham yetib qolibmiz. Sovg’a tayyorlab qo’ydingizmi
manga?
89/365
👉
@samandarxojasblog

March 29, 08:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

Nahor oshi va marakadan qolma
1. Inson - o’zi bilan o’zi ovora bo’lib qolishi yigitlarda 21 yoshdan, qizlarda 17 yoshdan boshlanadi.
2. Dadam aytadi: o’lim oldi va keyingi ishlarini o’rganib ol deb. G’assollar bilan esa do’st tutinish juda yaxshi.
3. Hatto kafanlik, paqir, krushkalar ham olib qo’yish yaxshi albatta.
4. Nahorgi oshlardan esa qolma. U yerda eski qadrdonlarni ko’rasan. Ular bilan diydorlashasan.
5. O’zi shunday, 1 haftada 1 ta yangi tanish orttir va 5 ta eski tanishni eslab, habar ol deyishadi.
6. Eski buyumlarni berib yubor, ammo eski tanishlarni ‘’berma’’. Bek akam ham kecha, insonning umri qanchalik darajada tez o’tayotganini bilish uchun yoshlikdagi manzillarni ko’rish kifoya dedi.
7. Men Bek akamga qo’shimcha qilgan holda, nafaqat eski manzillar, balki eski tanishlarni ko’rish ham kifoya deya qolaman.
Xulosa qilib qo’yamiz, mayli to’y bazmdan qolsang qol. Ammo, nahorgi osh va marakalardan qolma.
Qizlarchi deyishingiz mumkin. Bu masalani, qizlar bobida bilmas ekanman.
P.S: Video havas qilganligim uchun joylandi. Bunday nahor… Ha, meni ich-ichimdan niyat qilganim…
88/365
👉
@samandarxojasblog