Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

samdchti_shtf
Dekanga murojaat uchun: @dekangamurojaat_shtfbot 👈 𝐒𝐡𝐚𝐫𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 👉🏻 https://www.facebook.com/profile.php?id=100074683772675 👉🏻 https://www.instagram.com/sharq_tillari_faku
Subscribers
2 262
24 hours
-8
30 days
452
Post views
576
ER
25,46%
Posts (30d)
87
Characters in post
665
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 12, 17:37
Media unavailable
3
Show in Telegram

#davra_suhbati
SamDCHTI Sharq tillari fakultetida 1-bosqich talabalari bilan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash hamda yoshlarni jamoatchilik ishlariga faol jalb etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalarning oliy ta’lim muassasasidagi dastlabki taassurotlari, o‘quv jarayoniga moslashishlari, fanlarni o‘zlashtirishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari hamda fakultet va institut miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlardagi ishtiroki masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 11, 16:46
Media unavailable
4
Show in Telegram

#tanishuv_haftasi
📚
Sharq tillari fakultetida qizgʻin jarayon!
Tanishuv haftasi doirasida birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlar koʻtarinki ruhda davom etmoqda.
Talabalarimiz institut muhitiga moslashib, kelajakdagi maqsadlari sari ilk qadamlarini tashlamoqda. Yangi oʻquv yili barchaga omadli kelsin!
🌐

Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 11, 13:56
Media unavailable
4
Show in Telegram

#tanishuv_haftasi
Sharq tillari fakultetida arab va turk tillari yo‘nalishi talabalari uchun yangi ta’lim muhitiga moslashish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda o‘rganilayotgan tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning madaniyati bilan tanishishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar arab va turk xalqlarining madaniyati, milliy qadriyatlari va o‘ziga xos an’analari bilan tanishtirildi. Ushbu tanishtiruv ishlari talabalarning tanlagan yo‘nalishi haqidagi tasavvurlarini boyitish, til va madaniyatni birgalikda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 11, 13:53
Media unavailable
4
Show in Telegram

#tanishuv_haftasi
#yapon_tili
Sharq tillari fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida Yapon madaniyatining o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan Origami san’ati bo‘yicha master-klass tashkil etildi. Yapon tili o‘qituvchisi M.R. Soleyeva tomonidan Origami san’ati bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Master-klass davomida talabalarga Origami san’atining tarixi va Yapon madaniyatidagi o‘rni haqida ma’lumot berilib, qog‘ozni buklash orqali turli shakllar yasash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mazkur tadbir 1-bosqich talabalari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va Yapon madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 11, 13:37
Media unavailable
5
Show in Telegram

#tanishuv_haftasi
Xitoy tili va madaniyati bilan ilk tanishuv
Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasining 1-bosqich talabalari uchun xitoy tili va madaniyatiga bag‘ishlangan amaliy-tanishtiruv mashg‘uloti tashkil etildi.
Shuningdek, talabalarga Xitoyning qadimiy an’anaviy o‘yinlaridan biri tashkil etildi. Talabalar mazkur an’anaviy o‘yinda faol ishtirok etib, Xitoy madaniyatining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur mashg‘ulot talabalarning xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, ularning Xitoy tarixi, yozuv san’ati va an’anaviy madaniyati haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qildi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 11, 12:18
Media unavailable
4
Show in Telegram

#kitobxonlik
#asar_muhokamasi
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamaning asosiy maqsadi yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz durdonalari bo‘lgan asarlar mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda talabalarda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Muhokama yakunida faol talabalar e'tirof etilib, kelgusida ham bunday adabiy uchrashuvlarni muntazam tashkil etishga kelishib olindi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 11, 12:09
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Zakovat
Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetida 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Murosa va shiddatli bahslarga boy o‘tgan bellashuvda talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlash doirasi, bilim va intellektual salohiyatini namoyon etdilar. Qiziqarli va zakovatli savollarga boy bo‘lgan ushbu turnir jamoaviy hamjihatlik hamda zukkolikni oshirishga xizmat qildi.
Yakunda eng yuqori ball to‘plagan g‘olib va sovrindor jamoalar munosib e’tirof etildi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 11, 09:31
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Yangi_renessans
Samarqand davlat chet tillar isntitutining ijodkor talabalari tomonidan tayyorlanayotgan “Yangi renessasns” gazetasining 8-soni bilan tanishing
👉
PDF shakli
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt

September 11, 07:01
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Mustaqillik_darslari
Samarqand davlat chet tillar institutida 1-kurs Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabalari uchun institutimizda tashkil etilgan
Media markaz
faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga Media markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy media imkoniyatlari, jurnalistik materiallar tayyorlash, foto va videomahsulotlar yaratish hamda axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bo‘lajak jurnalistlarga zamonaviy media vositalaridan samarali foydalanish, ijodiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘rsatib berildi.
Mazkur tanishuv jarayoni 1-kurs talabalarining jurnalistika sohasidagi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, media sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

September 10, 17:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yangi alifbo uchun klaviaturada alohida tugmalar paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish jarayonida kompyuter klaviaturalarida Ö, Ğ, Ş va Ç harflari uchun alohida tugmalar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, davlat axborot tizimlari, elektron hukumat platformalari, ma’lumotlar bazalari va elektron hujjat aylanishi ham yangi alifboga moslashtiriladi. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev
ma’lum qildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt