
Samarqand davlat universiteti
Samarqand davlat universitetining matematik analiz kafedrasi professori Muhiddin Mo‘minov Malayziyaning Terengganu universiteti (UMT) taklifiga binoan ilmiy hamkorlik doirasida ushbu oliy ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida professor Muhiddin Mo‘minov Terengganu universitetida amaliy matematika yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrant va doktorantlar uchun ma’ruzalar o‘qidi. Mashg‘ulotlarda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, matematika yo‘nalishida ilmiy maqolalar tayyorlash metodikasi, nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalarni chop etish talablari hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.
Mazkur tashrif Samarqand davlat universiteti va Malayziya Terengganu universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
#Taʻziya
📌
Samarqand davlat universiteti jamoasi, rektorati,
kasaba uyushma qo‘mitasi
SamDU Matbuot kotibiyati mudiri
Farrux Hamroyevga
qizi
Barchinoy Hamidullayevaning
vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiradi.
Janoza marosimi bugun, soat 15:00 da, Kattaqo'rg'on tumani "Mundiyon" mahallasida bo'lib o'tadi.
Joylashuv
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universitetida “Talaba fest—2026” festivalining yakuniy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqanlar talabalarning festivalda ishtirokini, faolligini, tashabbuskorligini, ijodkorligini alohida ta’kidladilar.
Pirovardida festivalda faol qatnashgan g‘olib talabalarga diplomlar topshirildi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universitetining 2-son Talabalar turar joyida “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida “Shashlik Day” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda talabalar o‘zlarining pazandalik va kabobpazlik borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar masalliqlarni tayyorlash, ularga ishlov berish hamda kabob pishirish bo‘yicha o‘z tajriba va ko‘nikmalarini amalda ko‘rsatdilar.
Tadbir qiziqarli bahs-munozaralar, hazil-mutoyiba va samimiy muloqotlar ruhida o‘tdi. Talabalarning ijodkorona yondashuvi va pazandalik mahorati hakamlar hamda tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universitetida “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida “Ibrat” va “Munozara” klublari tomonidan qiziqarli intellektual bahslar tashkil etildi.
Tadbirda talaba-yoshlar zamonaviy ta’limning ustuvor yo‘nalishlari, uning afzalliklari hamda bugungi kundagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Bahs-munozaralar davomida ishtirokchilar turli mavzularda erkin fikr almashib, mantiqiy mushohada yuritish va o‘z nuqtayi nazarini asoslab berish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Intellektual bahslar talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoaviy muloqot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, faol va mazmunli muloqot muhitida o‘tdi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universiteti Axborot-resurs markazida taniqli va iste’dodli ijodkorlar ishtirokida “She’riyat kechasi” tashkil etildi.
Tadbirda talabalar hamda boshqa ishtirokchilar adabiyot va she’riyatning jamiyat hayotidagi o‘rni, badiiy ijodning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar. Taniqli ijodkorlar tomonidan she’riyatning o‘ziga xos jihatlari, ijod jarayoni va zamonaviy adabiyotning dolzarb masalalari yuzasidan qiziqarli mulohazalar bildirildi.
Kechada ijodkor talabalar o‘z qalamiga mansub she’r va badiiy asarlaridan namunalar o‘qib berdilar. Ularning ijodiy chiqishlari yig‘ilganlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanib, iliq olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishga xizmat qildi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universitetining 2-Axborot-resurs markazi binosida “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida shoirlar, yozuvchilar va san’atkorlar ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda talaba-yoshlar an’anaviy baxshichilik, estrada, xoreografiya, milliy va zamonaviy raqs hamda badiiy o‘qish yo‘nalishlarida o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar.
Adabiy-badiiy kecha davomida ijodkorlarning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi, ularning asarlaridan namunalar o‘qildi hamda musiqiy chiqishlar ijro etildi. Talabalarning sahna madaniyati, ijodiy yondashuvi va badiiy chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universiteti “Talaba Fest – 2026” dasturi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirok etgan talaba-yoshlar turli fanlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. O‘yin davomida qatnashchilar keng dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlari bilan ajralib turdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar talabalarning fanlarni chuqur o‘zlashtirganliklarini, bilim doirasi kengligini yaqqol namoyon etdi. Ishtirokchilar o‘zaro bilim almashish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini ham mustahkamladilar.
Mazkur intellektual musobaqa talabalarning bilimlarini yanada boyitish, tafakkurini rivojlantirish hamda ularni ilm-fan va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universiteti sport zalida “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida “Talaba sport o‘yinlari” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarining voleybol, basketbol va shaxmat bo‘yicha jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va do‘stlik ruhida tashkil etildi.
Musobaqalar davomida talabalar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi hamda ishtirokchilarning mahorati olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Mazkur sport musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube
Samarqand davlat universiteti sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakultetida “Talaba Fest – 2026” festivali doirasida “Robototexnika ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Ko‘rgazmada fakultet talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar, robototexnika sohasidagi ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining texnik yechimlari, dasturiy ishlanmalari hamda robot modellarini taqdim etib, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Ko‘rgazma talaba-yoshlarning ilmiy-texnik ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etish hamda zamonaviy texnologiyalar sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbirda talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va istiqbolli loyihalari bilan ko‘rgazmaning mazmunli va qiziqarli o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samarqandim.uz
|
Telegram |
Instagram |
Facebook
|
You tube