Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝐒𝐚𝐦𝐃𝐔 𝐔𝐅 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐈𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢 | 𝐑𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢

samduuf_yoshlari
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining rasmiy telegram kanali. Murojaat uchun: @samduuf_yibot
Subscribers
1 423
24 hours
-7
30 days
-67
Post views
503
ER
35,35%
Posts (30d)
5
Characters in post
868
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
August 04, 15:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
💠
“Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling!
🏛
Viktorinada
tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar,
qisqasi
O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi
mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🏆
GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max;
🥇
1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google;
🥈
2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3;
🥉
3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin.
➡️
Batafsil ma’lumot olish
➡️
Viktorinada ishtirok etish
☑️
G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
☑️
Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.

August 04, 09:55
Media unavailable
2
Show in Telegram

😅
“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi start olmoqda!
Joriy yilning 5–7-avgust kunlari tanlovning eng mas'uliyatli va hal qiluvchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Akseleratsiya bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yuqori natija ko‘rsatgan
90 nafar
eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun kurashadi.
Final bahslari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:

5-avgust:
“Eng yaxshi g‘oya”

6-avgust:
“Eng yaxshi loyiha”

7-avgust:
“Eng yaxshi ixtiro”
Ishtirokchilar
— talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar ushbu yo‘nalishlarda o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.
Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning
9 nafar mutloq g‘olibi
aniqlanadi va bosh sovrin —
Prezident sovg‘asi: BYD Chazor
avtomobili egasiga aylanadi.
✔️
Boshlanish vaqti:
10:00
✔️
Manzil:
Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 8/1-uy (Innotexnopark binosi)
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 24, 04:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Mening_Prezidentim
Yurtimizdagi har bir xonadonga kirib borgan bu
ezgu o‘zgarishlar uchun, odamlarning yuzidagi tabassum va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi uchun
Sizga minnatdorchilik bildiramiz!
Xalqimizning chin samimiy mehri va duolari hamisha Sizga hamroh bo‘lsin!
🇺🇿
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!

July 23, 14:03
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
📌
Samarqand davlat pedagogika instituti Urgut fakultetining 2 ta ta’lim dasturi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasidan
muvaffaqiyatli o‘tdi
.
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:
Bakalavriat:

Matematika
Magistratura:

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika)
Akkreditatsiya jarayonlari mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat 11 nafar ekspert ishtirokida amalga oshirildi. Ularning 5 nafari xorijiy ekspertlar hisoblanadi.
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook

July 14, 00:30
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

#Etirof
🟠
🟠
🟠
🟠
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi raisi "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Milliy maʼnaviyatimiz, boy madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik hamda fidoyilik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan, Vatanimiz obro‘-e’tibori, shon-shuhrati va xalqaro nufuzini yuksaltirish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, yoshlar uchun munosib na’muna bo‘layotgan bir guruh tashabbuskor yoshlar "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar safida
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi raisi Meliyev Xudoyor Toshqobilovich
ham bor.
Mazkur mukofot yoshlarning Vatanga sadoqat, tashabbuskorlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini yuksak baholash, shuningdek, ularning mamlakatimiz taraqqiyoti, yoshlar siyosatini amalga oshirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini munosib e’tirof etishning yorqin ifodasidir.
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

July 07, 11:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Hech qachon taslim bo‘lmang, harakat qilsangiz albatta natija bo‘ladi.”
Isroilova Mehrangiz Ikromovna
LIDERLAR.UZ
enskilopediyasiga kirish uchun
quyidagi havolani bosish orqali ariza qoldiring!
Liderlar.uz
|
Instagram
|
@uzlye_rasmiy

June 30, 10:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz
oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga
yosh mutaxassis uchun
daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishini
e’lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi.
Hozirda
ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 million yoshlarimiz
bor. Ularga ozgina yordam berilsa, o‘z yo‘lini topa oladi.
Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
“Kafolatlangan birinchi qadam” paketi
joriy etiladi. Bu jarayonda “ustoz-talaba” dasturi asosida
uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik
beriladi.
Hozirda savdo, servis, ishlab chiqarish sohalarida o‘z brendiga ega minglab yoshlarimiz bor. Prezidentimiz ularni
uyushmagan tengdoshlariga biznesni o‘rgatishga, o‘z brendi asosida ishlashga sharoit yaratib, daromad topishiga ko‘maklashishga
chaqirdi.
Shu maqsadda
“Yoshlar mini-franshizasi” dasturi
ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun
imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi.
Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yigit-qizlarga Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan
300 million so‘mgacha foizsiz ssuda
ajratiladi. Mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun
500 milliard so‘m
yo‘naltiriladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 30, 10:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun
xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.
“Ularga
buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak,
yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi”
,
– dedi Prezidentimiz.
Shu maqsadda
“raqamli kontent” platformasi
ishga tushirilib,
har yili 20 milliard so‘mdan
ajratib boriladi.
Hozirda
150 mingdan ziyod yoshlar xorijda ta’lim olyapti, ilm-fan bilan shug‘ullanyapti.
Yurtimiz turizm va eksport salohiyatini oshirishda bu yoshlarning imkoniyatidan foydalanib, ularni o‘ziga ham daromad keltiradigan tizim yaratiladi.
Talabalar
o‘zi o‘qiyotgan davlatdagi bozor, mahsulot va xizmatlarga talabni tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi, yurtimiz salohiyatini namoyish etadigan stendlarni joylashtirib, turistik marshrut va mahalliy mahsulotlarni taqdimot qilib boradi.
Buning uchun
ularga grantlar ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 30, 10:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga
“kasb vaucheri”ni berish
yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu “kasb vaucheri”
foizsiz ssuda shaklida
bo‘lib,
har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlari qoplab beriladi.
Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar
xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul “vaucher”
taqdim etiladi.
Shu yilning o‘zida “kasb vaucheri” va bepul “vaucher” tizimi uchun
120 milliard so‘m
ajratiladi. Talab bo‘lsa, ushbu mablag‘ ko‘paytirib boriladi.
Xorijiy tilni puxta o‘rganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi
o‘zini oqladi. Prezidentimiz buni
xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni
taklif etdi.
Yoshlarga kasb o‘rgatishning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan
texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi.
Buning uchun
texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi.
Yangi o‘quv yilidan
xususiy texnikumlarga ham kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat granti beriladi.
Yana bir yangilik –
xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million so‘mdan mukofot
oladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 30, 10:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Bilinglar, endi
davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda.
Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bo‘lgan
yangi “Bilimlar iqtisodiyoti”
hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda.
Men bilaman,
o‘g‘il-qizlarimizning har birida katta salohiyat bor, iste’dod bor, iqtidor bor.
Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan
buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz.
Albatta, vorislik
faqat faxrlanish emas,
vorislik bu
ulkan mas’uliyat hamdir!
Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa,
sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak
!”
,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram