
21-IDUM
🏫
Samarqand tumanidagi 21-umumta’lim maktabida 2026-yil 26-oktabr kuni 8-“G” sinfda “Otа-onaning farzandiga beradigan eng yaxshi hadiyasi bu-tarbiya” shiori ostida o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, darslarga muntazam qatnashishi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati haqida suhbat olib borildi.
✅
O‘quvchilarninig I-chorak davomida olgan baholari va ta’lim sifat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi.
✅
O‘quvchilarninig I-chorak davomida sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar davomoti ham tanqidiy tahlil qilindi.
✅
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha maktabda ochilgan tarmoq to‘garaklariga ishtirok etishi bo‘yicha ota-onalarga tushunchalar berildi.
Shuningdek, maktab va oila hamkorligini yanada mustahkamlash, o‘quvchilarning bilim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Maktab: Maslahatchisi Sh.Sultonov
Channel photo updated
O‘QUVCHILAR KENGASHI AʼZOLARINING TUMAN BOSQICHI SAYLOVI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 20-oktabr sanasi Samarqand tuman "Kelajak" markazida O‘quvchilar kengashi a’zolarining tuman bosqichi saylovi o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra tuman miqyosida quyidagi Kengash tarkibi saylandi:
O‘quvchilar kengashi lideri: Rafiqova Umeda 10-maktab;
📚
Ta’lim koordinatori: Abduraximov Nursaid 2-maktab;
🏅
Sport koordinatori: Majidova Parizoda 8-maktab;
🎭
Madaniyat koordinatori: Sobirova Ruxshona 21-maktab;
🌿
Ekologiya koordinatori: Murtazoqulov Zarrux 31-maktab;
💻
IT va sun’iy intellekt koordinatori: Shamsidinova Rayxona 9-maktab;
📸
Media koordinatori: Abdurasulova Zuxra 43-maktab;
🌐
Ijtimoiy tashabbus koordinatori: Hamidova Gulsanam 12-maktab.
Shuningdek saylov jarayonlarini kuzatish, Maktab maslahatchilarining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Respublika "Kelajak" markazi direktori o‘rinbosari M.Kamildjanov va ishchi guruh aʼzolari tashrif buyurishdi va jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.
21.10.2026 г в 21-й общеобразовательной школе учитель русского языка Ураковой.Д.А провела открытый урок в 5-м "Б"классе на тему "Русский быт.Традиции".В ходе урока учащиеся познакомились с особенностями русского народа. Учитель использовала интерактивные методы обучения, которые способствовали повышению интереса и активности учащихся.
2026-yil 21-oktabr kuni 4-“G” sinfida Til bayramiga bag‘ishlab bir soatlik ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga ona tilimizning ahamiyati, uning boyligi va go‘zalligi haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar she’rlar aytib, til haqidagi fikrlarini bildirdilar. Dars qiziqarli va mazmunli tashkil etildi.
Sinf rahbari: Mavluda Shamsiyevna
💺
Samarqand tumani MMTB tasarrufidagi 21-umumta’lim
maktab
💺
“Ixtirochilikka bir qadam“
festivali o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad robototexnika sohasidagi iqtidorli yoshlarning ilmiy-texnikaviy ijodini ommalashtirish, muhandislik kasblari nufuzini oshirish, yoshlarning innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar sohalariga qiziqishini rag‘batlantirishdan iborat.
20-oktadrda ixtirochi va ijodkor o’quvchilari bilan “Ixtirochilikka bir qadam“ olimpiadasi o’tkazildi. O’quvchilar ushbu olimpiadaga bor mahoratini ishga solib yangi loyihalar yaratib faol qatnashdi. Har bir ishtirokchini harakati alohida baholandi.
Tadbirda yaratgan “Aqlli issiqxona” va turli loyihalari asosida ishtirokchilarga o’rin berdi, shu jumladan 7-g sinf o’quvchilari R. Raximkulov, A. Murodkulov, A. Mirzayevlar jamoaviy tarzda yaratgan loyihalari bilan faol qatnashib “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasini qo’lga kiritdi va tuman bosqichiga yo’llanma oldi. Ishtirokchilarga diplom va qimatbaho sovg’alar topshirildi.
Bugun Samarqand tumani MMTBga qarashli 21-umumiy o'rta ta'lim maktabida 5-11-sinflar o'rtasida "Qonun oldida barchamiz teng" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.
MAKTABDA OTA-ONALAR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
🏫
Samarqand tumanidagi 21-umumta’lim maktabida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, darslarga muntazam qatnashishi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati haqida suhbat olib borildi.
Shuningdek, maktab va oila hamkorligini yanada mustahkamlash, o‘quvchilarning bilim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝
Samarqand tumani 21-umumiy o’rta ta’lim maktabida ,,Elektr xavfsizligi oyligi” munosabati bilan ochiq darslar tashkil etildi.