
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами
🏫
"Green University" davlat universiteti hisoblanadimi? Eng ko‘p beriladigan savollarga rektordan javoblar
Jurnalist Xushnudbek Xudoyberdiyev muallifligidagi "Oliy ta’lim muassasalari tahlili" loyihasining navbatdagi soni Markaziy Osiyoda ekologiya sohasida yagona bo‘lgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University")ga bag‘ishlandi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/198038
VIDEONI TO‘LIQ TOMOSHA QILISH
🏫
Является ли Green University государственным университетом? Ответы ректора на самые часто задаваемые вопросы
Очередной выпуск проекта журналиста Хушнудбека Худойбердиева «Анализ высших учебных заведений» посвящен единственному в Центральной Азии вузу экологического направления – Центральноазиатскому университету по изучению окружающей среды и изменения климата (Green University).
https://gov.uz/ru/eco/news/view/198038
СМОТРЕТЬ ВИДЕО ПОЛНОСТЬЮ
🏫
Is Green University a State University? The Rector Answers the Most Frequently Asked Questions
The latest episode of journalist Khushnudbek Khudoyberdiyev’s Higher Education Institutions Review project is dedicated to the Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies (Green University) — the only higher education institution in Central Asia specializing in environmental and climate studies.
https://gov.uz/en/eco/news/view/198038
WATCH THE FULL VIDEO
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
X
|
📱
Linkedin
🗣
“ACWA Power” bilan chiqindilarni boshqarish va qum bo‘ronlarini monitoring qilish loyihalari
muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov “
ACWA Power”
kompaniyasi asoschisi va direktorlar kengashi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashdi.
➡
️
Batafsil
💬
С ACWA Power обсуждены проекты по управлению отходами и мониторингу пылевых бурь
Советник Президента Республики Узбекистан по вопросам экологии – председатель Национального комитета по экологии и изменению климата Азиз Абдухакимов провел встречу с основателем и председателем компании
ACWA Power
Мухаммадом Абунайяном.
➡
️
Подробно
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#BizningPrezident
#MillatOtasi
#LeaderOfUzbekistan
Muhtaram Prezident!
Sizni tavallud kuningiz bilan tozalik posbonlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi shijoatingiz, xususan, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda inson qadrini ulug‘lash maqsadida olib borayotgan oqilona siyosatingiz jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizda chiqindilar iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagiga aylanib, ularni qayta ishlash hajmi oshmoqda va sohada investitsiya salohiyati mustahkamlanib bormoqda. Siz tomoningizdan olib borilayotgan izchil islohotlar hamda “yashil iqtisodiyot” sohasidagi tashabbuslaringiz tufayli so‘nggi yillarda tarmoqda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishildi.
Ayniqsa, sanitar tozalash korxonalari 503 ta maxsus texnika va 522 ta konteyner bilan ta’minlanib, xizmat ko‘rsatish qamrovi mahallalar kesimida 90 foizga yetkazilgani juda quvonarlidir. Respublikaning 6 ta hududida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalarni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
So‘nggi uch yilda sohaga 1,6 mlrd dollarlik investitsiyalar jalb qilinib, jami 10 dan ortiq chiqindilarni termik usulda qayta ishlash, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda muqobil energiya olishga qaratilgan loyihalar ishga tushirildi. Natijada qariyb 2,2 mlrd kVtsoat muqobil energiya olinib, 2 mingga yaqin qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi.
Bu esa, jonajon O‘zbekistonimizni sirkulyar iqtisodiyot va yashil energiya manbalarini joriy etish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda mutlaq yetakchiga aylantirib, o‘z mavqeini yanada oshirishi uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda.
Qolaversa, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, moddiy-texnik baza hamda infratuzilmani yaxshilash, chiqindi to‘plash poligonlarini 50 foizga qisqartirish va yerlarni tabiatga qaytarib, yashil maydonlarni kengaytirish yo‘lidagi islohotlar O‘zbekistonni xalqaro investorlar uchun ishonchli investitsiya makoniga aylantirdi.
Zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda Xitoy Xalq Respublikasining (“China CAMC Engineering”, “China Everbright International”, “Shanghai SUS Environment”, “Henan Investment Group”, “Wangneng Environment”, “China Sciences Protection Technology”), Janubiy Koreyanining (“Green Hammer” va “Sejin”), AQShning “Sayar” kabi dunyoning yetakchi davlatlaridan yirik kompaniyalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Xalqaro moliya institutlaridan Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan milliardlab dollarlik investitsiyalarni jalb etish va yirik strategik loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkonini yaratdi.
Sanab o‘tilgan yuksak natijalar mamlakatimizda soha barqarorligi va raqobatbardoshligini yangi bosqichga olib chiqib, sirkulyar iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy “yashil iqtisodiyot” bozoridagi strategik o‘rni va ta’sirini yanada mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratdi.
Hurmatli Prezidentimiz!
Chiqindilarni boshqarish hamda sanitar tozalash sohasidagi ko‘p sonli ishchi-xizmatchilar nomidan ishonch bilan ma’lum qilamizki, mamlakatimizni yuksaltirish bo‘yicha Siz belgilab bergan ustuvor vazifalar va yangilanishlar strategiyasini amalga oshirishda, jumladan sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida bor salohiyatimiz, kuch-g‘ayratimiz va imkoniyatlarimizni to‘liq safarbar etishga tayyormiz.
Fursatdan foydalanib,
mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi beqiyos mehnatingizni yuksak qadrlab, Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga qut-baraka va doimiy xotirjamlik tilaymiz.
Cheksiz hurmat va yuksak ehtirom bilan,
Sharifbek Hasanov boshchiligidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda sanitar tozalash xizmatining ko‘p ming sonli jamoasi.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#XalqaroHamkorlik
⚡️
Xavfli sanoat chiqindilarini zamonaviy-ekologik xavfsiz qayta ishlashga doir hamkorlik muhokama qilindi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya qo‘mitasi raisi
Aziz Abduhakimov
hamda Saudiya Arabistonining “Vision Invest” kompaniyasi Prezidenti va bosh ijrochi direktori
Omar Al Midani
boshchiligidagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Chiqindilarni boshqarish agentligi rahbari hamda qator soha mutasaddilari ham ishtirok etdi.
➡️
Batafsil
💬
Обсуждены перспективы сотрудничества в сфере современной экологически безопасной переработки опасных промышленных отходов
В Национальном комитете по экологии и изменению климата состоялась встреча с участием советника Президента Республики Узбекистан Азиза Абдухакимова и делегации Саудовской Аравии во главе с президентом и главным исполнительным директором компании Vision Invest Омаром Аль-Мидани. Во встрече также приняли участие руководитель Агентства по управлению отходами и представители профильных ведомств.
➡️
Подробно
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Ekskursiya
🔄
Yurtimizdagi eng yirik muzey — 150 yoshda!
Yaqin kunlarda jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi yurtimizda keng nishonlanadi.
Eng ulug‘, eng aziz bayram munosabati bilan bugun Chiqindilarni boshqarish agentligi va tizim tashkilotlarining bir guruh xodimlari ishtirokida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Muzeyga qilingan sayohat davomida yurtimiz tarixiga oid bilimlarini boyitgan xodimlar u yerda yaratilgan tarixiy davrlarni aks ettiruvchi manzaralar bilan yaqindan tanishib, bir olam zavq olib qaytishga musharraf bo‘ldilar.
➡️
Batafsil
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
⚡️
Jamoatchilik fikri yuzasidan so‘rovnoma ruknidan
— Chiqindilarni kamaytirish uchun har kuni bir necha daqiqa vaqt ajratishga tayyor bo‘larmidingiz?
Bu boradagi keng jamoatchilikning fikri sizga ham qiziqmi, unda ushbu lavhani kuzating.
💬
—
Готовы ли вы уделять несколько минут каждый день тому, чтобы сократить количество отходов?
Интересно ли вам узнать мнение широкой общественности по этому поводу? Тогда посмотрите этот видеоролик.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
📈
O‘zbekiston delegatsiyasi CGULS yillik yig‘ilishida ishtirok etdi
Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida Uran merosi obyektlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi guruhning — CGULS yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi vakillari O‘zbekistonda uran merosi obyektlarini reabilitatsiya qilish hamda ularni uzoq muddatli postreabilitatsion boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
➡️
Batafsil
💬
Делегация Узбекистана приняла участие в ежегодном заседании CGULS
В городе Актау Республики Казахстан состоялось ежегодное заседание Координационной группы по объектам уранового наследия — CGULS.
Представители Агентства по управлению отходами и развитию циркулярной экономики представили информацию о проводимой в Узбекистане работе по реабилитации объектов уранового наследия и созданию системы их долгосрочного пост реабилитационного управления.
➡️
Подробно
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
🗣️
Obod manzillar — farovon hayot sari
Kecha, 21-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar
yuzasidan o‘tkazilgan
videoselektor
yig‘ilishida hududlar obodligiga ham alohida ahamiyat berildi.
Jumladan, mahalla tizimi rahbarlariga
8 ming 992 ta mahallada ko‘chalar va uylarni obod qilish, daraxt va ko‘chat ekish, ariqlarni toza tutish
bo‘yicha aniq majburiyatlar
yuklatildi
.
Shu bilan birga,
mahallalarda ozodalik, yashash madaniyati va hovlilar bilan ishlash
masalalari ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Hovli uylarni ham boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhimligi
qayd etildi
.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Yig‘ilishda
“mahalla yettiligi” ishini yangicha tashkil etish
masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan hafta bu borada barcha masalalar tushuntirilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Bu borada
“Dolzarb 40 kunlik”
e’lon qilinib,
2 mingta eng og‘ir mahallada ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish
boshlandi.
Ushbu mahallalarda
hokim, mahalla raisi va bandlik bo‘limi o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalar qayta ko‘rib chiqildi.
Hokimlar 2 mingta og‘ir mahallada
elektr, gaz, yo‘l va suv masalalarini o‘z vaqtida hal qilishga
shaxsan javobgar bo‘ladi.
Bandlik tizimi mas’ullari
ehtiyojmand aholini o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish
maqsadida hududma-hudud yuradi.
Mahalla tizimi rahbarlariga
8 ming 992 ta mahallada ko‘chalar va uylarni obod qilish, daraxt va ko‘chat ekish, ariqlarni toza tutish
bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklatildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
#KunNafasi
#NoComment
♨️
Jazirama issiq: Tozalik posbonlari xalq xizmatida
☀️
Rekord darajadagi anomal yuqori harorat sharoitida ham respublikamizning barcha hududlarida sanitar tozalash xizmati xodimlari yurtimizning toza va obodligi yo‘lida o‘z faoliyatini uzluksiz olib borishmoqda.
💬
♨️
Аномальная жара: Xранители чистоты продолжают служить людям
☀️
Несмотря на рекордно высокую аномальную жару, сотрудники служб санитарной очистки во всех регионах республики продолжают непрерывно выполнять свою работу, обеспечивая чистоту и благоустройство нашей страны.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube