
Sanjar Xo‘ja
Anchadan beri, balki yillar davomida bir mavzu ichimda aylanardi. Hamma biladigan, lekin atroflicha oʻrganilmagan mavzu. Bu mavzu boʻyicha videolar qilgim keldi. Aynan oʻsha voqea boʻlgan joylarga borib, tasvirlab… Bu mavzu boʻyicha atroflicha ma’lumotlar…
Doimiy savolga oddiy javob!
https://youtu.be/bA_mxdIVKF8
Anchadan beri, balki yillar davomida bir mavzu ichimda aylanardi. Hamma biladigan, lekin atroflicha oʻrganilmagan mavzu. Bu mavzu boʻyicha videolar qilgim keldi. Aynan oʻsha voqea boʻlgan joylarga borib, tasvirlab…
Bu mavzu boʻyicha atroflicha ma’lumotlar yigʻdim. Forscha, arabcha va hatto Rim manbalaridan. Mana endi shu mavzuga kirishdim.
Hozir yarim tun. Yigʻilgan ma’lumotlarni yetkazish uchun eng yaxshi usul - roman ekanini tushundim. Va Qodiriy bejizga “Oʻtkan kunlar”dek siyosiy asar yozganini hikmatini angladim. Ha “Oʻtkan kunlar” siyosiy asar. Saroydagi voqealarni odamlarga tushuntirish uchun roman yozgan.
Hozir birinchi boʻlimini tugatdim. Ochigʻi oʻzim mazza qilganimdan, hislarimni siz bilan baham koʻrgim keldi.
Juda qiziq mavzuda yangi asar, tez kunda!
@sanjar_xoja
Shov-shuv boʻlayotgan oʻzbek kelin haqida.
Turkiyada toʻyda yosh kelin kuyovga oltin taqin odati bor. Toʻy oddiy oʻtadi. Odamlar yeyish-ichishga emas, yoshlarni qoʻllash uchun oltin taqishga keladi.
Kuyov taraf shov-shuv qildi: “oʻzbek kelin 100 ming dollarlik oltinlarni olib qochdi” deb.
Har joyda gap-soʻz. Hatto oʻzimiznikilar ham kelinni bulgʻadi. Shov-shuv ortidan kelin darrov oʻzi politsiyaga bordi. Hamma oltinlarni qaynotasi olib qolgani, unda faqat oʻzini yaqinlari taqqan 20 oltin borligini aytdi.
Ilk kun onasinikiga ketib qolgan ekan. Chunki kuyov oilasi tarafidan qoʻpol muomala koʻrganini aytdi.
“Ha nega senga qoʻpol muomala qilinsa, politsiyaga aytmading” degan savolga “qoʻrqdim” debdi.
Ikki tarafni eshitib, keyin fikr bildirisg oʻrinli. Men oʻzbekistonlik kelin rost gapiryapti degan gumondaman.
@sanjar_xoja
1968-yilda “Mushtum” jurnalida chiqqan karikatura. Bir joyda ishkal qilganlar, lavozimdan olinib boshqa joyga oʻtkazilish bilan bogʻliq.
Quronboyev yoki Musayev ishdan olinishiga hursand boʻlishga shoshmaslik kerak. Yaqinda boshqa lavozimga oʻtkaziladi.
Yaqinda Davletov ham ishdan olinsa koʻpchilik hursand boʻldi. Bir haftaga qolmay boshqa lavozimga oʻtkazildi.
@sanjar_xoja
https://youtu.be/p_o5esNtglk?si=3aEtJFVtbwv8FgYV
Deyarli har yangi videoni “bu juda muhim” deb aytgim keladi. Chunki ichimdan shunday his boʻladi. Lekin tiyilaman. Vaqti kelib yozarsan deb.
Menimcha, oʻsha vaqt shu vaqt. Bugun e’lon qilinadigan video haqiqatdan muhim.
Rossiyaning biz bilmaydigan yuzi!
Choy, qahva, pista tayyorlab olish uchun vaqtini aytay - 19:00da efirda!
@sanjar_xoja
https://youtube.com/shorts/ZtcdTe91ZRE?si=0dqytRhUpenzEFq9
Toʻliq video:
https://youtu.be/JAq7smseeAM
@sanjar_xoja
Toʻliq video:
https://youtu.be/JAq7smseeAM
@sanjar_xoja