Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Santuagara (21+)

santuagaraoflibrary
Nurali Qahramon Karimov kanali: ☘️ Fikrlar; 🦠 G‘oyalar; 📝 Revyular; 📑 Maqolalar; 📖 Tarjima va yana... BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more) Murojaat uchun: @Santuagarabilanmuloqotbot
Subscribers
3 520
24 hours
30 days
-30
Post views
1 808
ER
0,52%
Posts (30d)
9
Characters in post
978
November 29, 18:30

#tarjima
Hech qachon ayni vaziyatga oid holatlar bo‘yicha koʻnikmalarga ega boʻImaganman, tajriba-yu bilimlarim mutlaqo boshqa sohalarga taalluqli, menga koʻhna olmon, qadimgi fors, fusunkor lotin va ibroniy tillarini oʻrgatishgan, keyinchalik esa mandarin, Heyan davri yapon tili boʻyicha saboq berishgan, shuningdek, sanskrit, pali va qadimgi suaxili tillarini ham obdon uqtirishgan, yana Moldovadagi chango xalqining mahalliy tilini ham, lekin hech kim bular senga hayoting davomida kerak boʻlmaydi demagan, ogohlantirmagan, meni Yevripid, Ksenofan, Aflotun, Arastu, Lao-szi, Konfutsiy va Budda kabi chuqur falsafiy mushohadalarga choʻmishga majbur qilishgan, yana mendan shunchasi kamlik qilgandek Tatsit, Sitseron, Vergiliy va Goratsiylar kabi voizlik qilishimni kutishardi, keyin navbat Rumiy, Dante, Shekspir, Nyuton, Eynshteyn va hatto Tolstoyga ham yetib kelgan, tabiiyki, ular meni algebra, geometriya, teoriyalar, topologiya, chekli matematika va analitik fikrlash boʻyicha ham rosa qiynashgan, muxtasar tarix, psixologiya, savdo buxgalteriyasi, antropologiya, fan tarixi, falsafa va mantiqni ham yodlaridan chiqarishmagan, alaloqibat men fuqarolik ishlari va jinoyat huquqi tarixi, butun dunyo moda tarixi va venger tili tarixidan ham imtihon topshirishga majbur boʻlganman, lekin ular menga arrani qanday ushlash, kiyimlarga yamoq solish, yer kovlash, yoxud jilla qursa yarani qay tarzda bogʻlashni ham oʻrgatishmagan, payvandlash, chatishtirish, qovushtirish, tugunlarni qanday yechish, mening ta‘limim bularning barchasini chetlab oʻtgan, shuningdek tirik qolish usullarini ham, begona hududda javonibni aniqlash, qurolsiz jang qilish, portlovchi moddalarni zararsizlantirish, dekodlash, xufiyalik haqida gapirmasa ham boʻladi, yadro nurlanishidan himova, xakerlik, mintaqaviy xavfsizlik, yoki bularni oldini olish haqida lom-lim deyishmagan, endi esa, qadarimga bitilmish koʻchmanchilik yuki ila bir shahardan boshqasiga koʻchib, quruqlig-u dengizlarni kezib, ummon poʻrtanalaridan qumloqliklargacha, jaziramadan qahraton muzliklargacha boʻIgan hududlarda sayohat qilar ekanman, kun sayin, soat sayin, daqiqa sayin, lahza sayin hammasini eng boshidan juda katta tezlikda oʻrganishga majbur boʻImoqdaman
...
©
László Krasznahorkai, «Mindig Homérosznak»

November 25, 04:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tanlov
Murojaat uchun:
@azizamukofotigaqabul
Muddat: 1-dekabrgacha

November 18, 17:30

​​
#review
🍂
«Burungi bolalar»
✒️
Abdurahmon Ibrohim
Ancha yillardan buyon kitobning birinchi sahifasidan to oxirigacha miriqib o‘qimagandim. Negaligini ifodalash mushkul, balki bu bolalik hissidir, ota-onamizning, bizning bolaligimiz, uyqash hodisalar, takrorlanuvchi voqealar, bir xil sxema, lekin bu asarda o‘zgacha totli ta'm bor. Roman qahramonlari 12-13 yosh, o‘smirlikka endi qadam qo‘yib, podsholik tojini hayot atalmish dovonning bo‘sag‘asiga qoldirib ketishlari shart bo‘lgan chiziqda sodir bo‘ladi. Sovet davri, paxta terimlari, diniy qadriyatlarning oyoqosti qilinishi, shu bilan birga shirin xotiralar...
Ilmiy asoslanmagan bo‘lsa ham, o‘zimcha «o‘zbek monomif»larini yaratib olganman. Masalan, emikdosh aka-singillarning bir-biriga ko‘ngil qo‘yishi, erkaklarda kam uchraydigan andisha ila sevgisini izhor eta olmay sinfdosh qizdan ayrilish, oilada tajang, lekin ichidan mehribon bir qariyaning bo‘lishi, maktab davrida doim seni tergab yurgan, sen nafratlanuvchi o‘qituvchi, aslida seni o‘z farzandidek yaxshi ko‘rishi, asossiz gumonlar bilan «aqlli»larni, shu yo‘sinda «ikkichilar»ni ham yomon ko‘rish, o‘zbekona kichik jinoyatchalar (bular yozmay qo‘ya qolay)...
Aynan shu monomiflarga 40 yil davomida muallif o‘ziga xos jilo bergan. Tohir ismli zumrashaning o‘y-xayollari-yu ichki kechinmalari faqatgina «shumtaka»larga xos emas, balki har birimizda uning bir parchasi bor ekanligini asarni o‘qib anglab yetamiz. Garchi muallif asar avvalida bu hikoyani qahramonning o‘zidan eshitganini eslatib o‘tgan bo‘lsa ham, lekin yozuvchining siymosi ochiq-oydin kitob sarvaroqlari orasidan aks-sado berib turadi.
Roman tugaydi, lekin saylanmaga kiritilgan boshqa hikoyalar asar yaratilishiga «xamirturush» bo‘lganligi, shu bilan birga boshqa nigoh, uslubda yozilganligini ham sezish mumkin, bu esa yozuvchi mahoratidan darak beradi. Abdurahmon Ibrohimning boshqa asarlari nashr etilishini kutib qolamiz, zero har yoshda ham o‘qish mumkin bo‘lgan bunday kitob doim qadr topgan)

November 17, 17:30

​​
#nazm
KUZ
Yana libosini yechmoqda kuzak,
O‘ziga maxliyo etib olamni,
Zarg‘aldoq-sarg‘imtir barglarin to‘kib,
Sevishmoqqa chorlar.
Yalang‘och taniga tashlasang nazar,
Sumbula sochlari yerga ko‘kaldosh,
Mayin shabadasi qalblar oralab,
Sevishmoqqa chorlár?
So‘qmoqlari tor, yo‘llari uzun,
Bog‘lari sirlaring ayladi pinhon,
Ellik yil burun ham, yodingdami, ayt:
– «Sevishmoqqa chorlar»
Xarraklarda qo‘nim topgan muhabbat,
Tila, bu fasldan yana bir in'om,
Janubga parvoz etgan oppoq turnalar,
sevishmoqqa chorlar,
taqiq mevasida lazzat yo‘q aslo,
pokdomon ishqingni qadarga yo‘ra,
shunda hatto falak ham seni
muqaddas ibodat –
sevishga
chorlar!

November 16, 13:00

#asardan_parcha
Gohida o'ylab qolaman, maktabda o‘qituvchilardan tarsaki yeb yurgandan ko‘ra odamlarga aralashsang ko‘proq narsani o‘rganar ekansan...
©
Abdurahmon Ibrohim
«Burungi bolalar»

November 13, 08:45

​​
#chorak_sarhisobi
#film
#tavsiya
Chorak asr hamnafas bo‘lib kelgan san'at gultojlaridan biri – kinematografiyaning XXI asrdagi muvaffaqiyatlari endi-endi ko‘zga tashlanib, bizni maftun etishni boshlagan bo‘lsada, maqtashga arzirli filmlar talaygina.
Mirozhid
boshlab,
Bookerberg
,
Pandabooks
,
Ma'rufjon Ochilov
davom ettirgan shonli yo‘ldan borib o‘zimning "xalqchil"gina ro‘yxatimni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman:
1. Artificial Intelligence: A.I. (Ro‘yo) – 2001
2. The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring – 2001
3. Devdas (Devdas) – 2002
4. Troy (Troya) – 2004
5. The Prestige (Afsungar) – 2006
6. Harry Potter and the Half-Blood Prince – 2009
7. Kış Uykusu (Qish uyqusi) – 2014
8. The Hateful Eight (Jahannam sakkizligi) – 2015
9. 기생충 (Gisaengchung, Parazitlar) – 2019
10. El Hoyo (Platforma) – 2019
Armug‘on:
1. O‘rtoq Boykenjayev – 2002
2. Maktub – 2006
3. Zumrad va Qimmat – 2007
4. Janob hech kim – 2009
5. Novda – 2015
Asli qalin kitoblar kabi, uzoq davom etadigan tasmalar ham maqbul, lekin bir necha soat ichida ham inson tafakkuriga ta'sir qiluvchi, xotiridagi ezgu hislarni jumbushga keltiruvchi filmlar ham mavjud. Yuqorida shulardan ba'zilar qayd etib o‘tildi.
Mazkur ro‘yxatni davom ettirish uchun to‘pni
@vasilbro
kanaliga uloqtiraman, siz esa o‘zingizga sevimli filmlarni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin)

November 12, 17:30

​​
#review
✨️
«Zilzila» qissalar
✒️
Abdulla Qahhor
Yaqinda adabiy davralarda qator bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan Xurshid Do‘stmuhammadning «Qahr» qissasida shunday da'vo bor edi: bir zamonlar yosh yozuvchiga yuqoridan, sovet tuzumidan, millat oydinlarini bir yerga to‘plash va gap orasida sotsializmni tanqid qilish, natijaga unga qo‘shilganlar ustidan yashirincha "uchburchak xatlar" yozish topshiriladi, alaloqibat 18-19 chog‘lik
«Botir gapchilar»
nomli gurungdagi ziyolilarning bari qamaladi, sud qilinadi, surgun-u otuvlar,faqat birgina "fidoyi"dan boshqa, bu A.Qahhorov edi...
Xurshid Do‘stmuhammadning bu ochiqlamasi, adabiyotshunos, qahhorshunos va san'atshunoslarning keskin qarshiligi-yu tanqidlariga duchor bo‘ldi. Zero, Qahhor singari, «o‘z Stalin»i bor bo‘la turib, boshqaning ko‘ziga qum sepmoqdan ne naf deya iddao qilishdi. Boshqa bir taraf esa, Qahhor iqrornomasi o‘laroq «Qahr» qissasini tan olishdi, har jon, ayniqsa ijodkor, iqrornoma yozib ketmog‘i lobuddur deb hisoblashgani uchundur balki...
Bugun "tugallanmagan" tamg‘asini olgan «Zilzila» qissasi tugatib amin bo‘ldimki, Qahhor o‘z iqrornomasini shu qissa orqali oshkor etgan. Asarda aytilganidek Qahhor ham otasiga sodiq edi, otasidan qolgan to‘poncha ham tabiiy, birinchi turmushidan nega ajralgani-yu, farzandlari bilan yuzko‘rmas bo‘lib ketishiga sabab qissa o‘qilganda kitobxonga ma'lum bo‘ladi. Kitobda Katta Ergash va kichik Ergash, «Botir gapchilar» haqida ham so‘z boradi, shunchaki nomlar o‘zgartirilganligi sabab ko‘pchilik kitobxonlar barchasi badiiy to‘qima deb qabul qilib kelishgani tabiiy.
Vaholanki yangi davr deb urchiyotgan mafkuraga yakka afkoriy asos deb tayanar ekanmiz, Qahhor shaxsiyatiga yog‘ilajak tuhmat-u ayblovlar, iqror-u maqtovlarni oydinlashtirish lozim. «Zilzila»ni qissa emas,
«QAHHOR IQRORNOMASI»
deb tan olmoq fursati kelgandur, balki...
***
To‘plamga kirgan «Qotilning tug‘ilishi» qissasi ham o‘z zamonasi zayliga xos va mos. Asar poyoniga yetar ekan Said Ahmad «Qorako‘z majnun» hikoyasini kimdan ilhomlanganligiga amin bo‘lasiz. Faqat Qahhor asarga ruhiy-tarixiy kontekstdan yondashgan bo‘lsa, Saidahmad o‘z hikoyasini hissiy-maishiy uslubda bayon etadi, syujet chizig‘i o‘zga bo‘lgani bilan, asosiy monomif birdir.
Shuningdek, «Tashvish» drammasi ham mashq sifatida ko‘rilgan bo‘lsa ham, so‘zboshida Otabek Jo‘raboyev tilga olganchalik «zamonasozlik ruhi» singdirilgan asar emas. Unda bugungi kunda ham dolzarb hisoblanmish, omi kadrlarning yuqori lavozimga mingach qiladdigan qilig‘liqlari-yu, fitnalar qahhorona kinoya bilan ochib tashlanadi.
Xullas, o‘ylab qarasam, qahhorona kinoya, qahhorcha g‘azab, qahhoriy til kabi
"Kafkaesque"
kabi bizning adabiyotimizdagi yirik maktablarning izlari tilimizgacha singib kiribdi, asli Qahhor haqida ko‘p yozish kerak edi, lekin qisqaroq, jo‘nroq fikriy sochmalar o‘laroq qabul qilasizlar deb o‘ylayman.

November 11, 15:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#xotira
Abituriyentlik paytimizda Qahhor qissalarini: «O‘tmishdan ertaklarda ayajonlarim tobutdan tovush kelib tishlari og‘rigan payt tugallanmagan zilzilaga duchor bo‘lishdi», – deb qofiyaga solib yodlardik, bugun nega tugallanmagan «Zilzila» ekanligini esladim, endi qissani o‘qish qoldi, xolos)

November 10, 13:30
Media unavailable
5
Show in Telegram

#surat
#siyrat
Buxoro biyennalesidan, san'at ko‘rgazmasi
20-noyabrda yakunlanadi)

November 05, 15:30

#tavsiya
Yomg‘ir g‘ubor ketkazur,
Kitob yorga yetkazur)