Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Saodatli xonimlar

saodatlixonimlar
"Bugun kitob o'qigan odam, kechagi odam emas"! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlari 📚
Subscribers
1 220
24 hours
30 days
-20
Post views
321
ER
26,31%
Posts (30d)
27
Characters in post
369
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 12, 05:40

#iqtibos
Bu borada tinimsiz o‘ylar, tafakkur qilar edim. Nima uchun odamlar o‘zlariga o‘xshagan insonlarning “baxtli hayot” haqidagi gaplariga bunchalik qattiq yopishib oladilar? To‘g‘ri, hayotiy tajribalarda ularning bir-birlaridan o‘rnak olganlari yaxshi. Yaxshi ishlarda taqlid qilib, yomonlaridan chetlanganlari ham yaxshi. Ammo o‘ziga o‘xshagan odamning gapini muqaddaslashtirish darajasiga yetib borishdan nima foyda?

June 12, 05:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

#iqtibos
U dunyo-yu bu dunyo hayotining baxtli va saodatli bo‘lishi uchun Alloh taolo tomonidan insoniyatga yuborilgan ilohiy dastur Islom dini ekani siz bilan bizga ayon bo‘lgan haqiqatdir.

June 11, 05:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

O'tgan yillar bizlar uchun juda qadrli
chunki unutilmas xotiralarimiz bor
🫠
🫠
05.2023 yil...

June 09, 05:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

#zikr
6.Amaliy zikr (ibodat bilan amalga oshiriladigan zikr).
Namoz, ro‘za, sadaqa, haj va boshqa ibodatlar ham zikrning bir shaklidir.
Chunki bu ibodatlarni bajarish orqali inson Allohni eslaydi va Unga yaqinlashadi. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Namozni ado et. Albatta, namoz (insonni) fahsh va yomon ishlardan qaytaradi. Allohning zikri esa, eng ulug‘idir». (Ankabut surasi, 45-oyat)
Zikr har bir musulmonning qalbini tiriltiradigan va uni Allohga yaqinlashtiradigan buyuk ibodatdir. Uni qalb bilan, til bilan, amaliy jihatdan va jamoat bilan ado etish mumkin. Zikr qilishga ko‘nikkan insonning qalbi munavvar bo‘ladi, hayoti tinch va huzurli bo‘ladi.
Alloh taolo bizni ham Oʻzini doimo eslaydigan bandalaridan qilsin!

June 08, 17:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

#zikr
5.Jamoat bilan qilinadigan zikr.
Zikr jamoat bilan qilinsa, uning ajri yanada ko‘p bo‘ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bir guruh odamlar Allohning uylaridan biriga to‘planib, unda Allohning kitobini o‘qib va uni o‘zaro o‘rganib chiqishsa, ularning ustiga xotirjamlik nozil bo‘ladi, rahmat ularni qoplaydi va farishtalar ularni o‘rab oladi», deb marhamat qilganlar.
(Imom Muslim rivoyati)

June 08, 14:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#zikr
Davomi..
4.Duolar ham zikr hisoblanadi. Har qanday duo – Allohni zikr qilishning bir shaklidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ko‘p duolar qilganlar va ummatlarini ham bunga targ‘ib qilganlar.

June 07, 09:33

Yaqin kunlarda yaxshi bir yangilik bilan tanishasizlar InshaAlloh
Tahmin qilgan bo'lsangiz izohlarga yozing
Saodatli xonimlar

June 07, 03:37

Qur‘on yodlashdagi e‘tiborsizliklar!
1.Kam ‘oqib tili kelishmaslik
2.Tasbehda sanoq qilmaslik
3.Dars vaqtini tayin qilmaslik
4.Ko‘p taom eyish
5.Ko'p uhlash
6.Ko‘p gapirish
7.Ijtimoiy tarmoqlar bilan band bo'lish.

June 07, 03:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

#zikr
Davomi...
3.Qur’on tilovati ham zikr sanaladi. Alloh taolo Qur’onni zikr sifatida ta’riflagan:
«Bu
(Qur’on)
eslatmadir
(zikrdir).
Kim xohlasa, Parvardigoriga yo‘l
tutar»
(Muzzammil surasi, 19-oyat)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganlaringizdir», deganlar.
(Imom Buxoriy rivoyati)

June 06, 17:38

#zikr
Davomi...
Islom ulamolari zikrni turli toifalarga ajratganlar. Quyida ularning ba’zilari keltiriladi:
1.
Qalbiy zikr (botiniy zikr).
Bu zikr til bilan aytilmaydi, balki inson qalbida Allohni doimo eslab yurishi bilan amalga oshiriladi. Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:
«Ular tik turganlarida ham, o‘tirganlarida ham va yonboshlagan hollarida ham Allohni zikr qiladilar…» (Oli Imron surasi, 191-oyat)
2.
Lisoniy zikr (til bilan aytiladigan zikr).
Bu zikr til orqali Allohning ismlarini yoki Uning buyukligini madh etish orqali amalga oshiriladi. Masalan:
Tasbih (سبحان الله) – “Alloh pokdir”;
Tahlil (لا اله الا الله) – “Allohdan boshqa iloh yo‘q”;
Takbir (الله أكبر) – “Alloh buyukdir”;
Tahmid (الحمد لله) – “Hamd (maqtov) Allohgadir”.
Bu zikrlar haqida hadisda quyidagicha keltiriladi:
«Subhanalloh, Alhamdulillah, Laa ilaha illalloh va Allohu akbar – bu so‘zlar osmon va yer oralig‘ini to‘ldiradi». (Imom Muslim rivoyati)