Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sardor Valixanov blogi

sardorvalixanov_blogi
-Sotuv bo’limi -Sotish jarayonlar -Oddiy tajribadan olingan gaplar ❌ O’zgarish va o’sishni hohlamganga ❌ https://sardorvalixanov.taplink.ws/
Subscribers
1 245
24 hours
2
30 days
5
Post views
459
ER
36,87%
Posts (30d)
14
Characters in post
298
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
MAMarketing
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Marketing & Sales
Summary
July 26, 04:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

⬇️
O’qimaydigan odamdan qo’rqmang, lekin o’qiganini anglamaydigan odamdan ehtiyot bo’ling.
ps: ustozlar bundaylarni
🪓
.

July 23, 07:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

July 23, 03:08

Grant Cardone’ning jonli treningida qiziq voqea bo’ldi. Londonlik Anna ismli ayol klub a’zoligiga “yo’q” dedi. Grant ko’ndirishga urindi… keyin ayol 35 million dollar investitsiyasi borligini aytdi
😅
Shu zahoti butun suhbat o’zgardi. Endi gap a’zolik haqida emas, katta hamkorlik haqida ketdi.
Saboq oddiy: mijozning “yo’q”i har doim oxirgi javob emas. Ba’zida bu — siz hali ko’rmagan kattaroq eshikning boshlanishi
🎯
Zo’r sotuvchi bosim o’tkazmaydi. U savol beradi, tinglaydi va imkoniyatni ko’rgan zahoti yo’nalishni o’zgartira oladi
💪
ps: Sotuvchilaringiz “yo’q” eshitganda to’xtab qoladimi yoki savol berishda davom etadimi?

July 22, 03:08

“Sotuvchilar nega ko’p gapirib, kam sotadi?”
Javobi oddiy ekan — oddiy sotuvchi mahsulot haqida gapiradi: narxi, xususiyati, kafolati. Zo’r sotuvchi esa mijozning kelajagi haqida gapiradi
🎯
Hech kim ertalab uyg’onib “menga kurs kerak” demaydi. Odam erkinlik, daromad, oilasi uchun yaxshiroq hayot istaydi. Siz mahsulot emas, ana shu tasvirni sotishingiz kerak
💪
Hozir odamlar hech kimga ishonmaydi. Shuning uchun kim ishonch uyg’ota olsa — sotuv o’z-o’zidan kelaveradi
😎
ps: Sotuvchilaringiz mijozga mahsulotni gapiryaptimi yoki natijani ko’rsatyaptimi?

July 21, 03:08

Mijoz kutganini olsa — shunchaki “rahmat” deydi. Kutganidan ko’proq olsa — sizni o’zi reklama qila boshlaydi
💪
Sababi oddiy: kutilgan va haqiqat orasidagi farq qancha katta bo’lsa, his-tuyg’u shuncha kuchli bo’ladi. Shu farq odamni yo tashviqotchingizga, yo dushmaningizga aylantiradi
😅
Eng yoqqan joyi: hamma narsada zo’r bo’lish shart emas. Mijoz eng sezadigan bitta nuqtada kutilgandan ortiq bering — qolgani ikkinchi darajali
🎯
ps: Mijozingizga oxirgi marta qachon kutmagan yaxshilik qilib, hayron qoldirgansiz?
👇🏻

July 20, 14:35


Ko’p tadbirkorlar sotuvchisini bir marta o’qitib, “bo’ldi, o’rgandi” deb o’ylaydi. Lekin sotuv — sport bilan bir xil: mashq to’xtasa, forma ham ketadi.
ps: Formadamisiz?

July 13, 03:08

“Tashqi muvaffaqiyat ichki tartib-intizomdan boshlanadi. O’zini boshqara olgan kishi — mijozni ham boshqara oladi.”
ps: Siz va hodimlaringizda 100 kunlik qanday odatlari bor, har kuni qilinayotgan?

July 12, 03:08

“Faqat yaxshi sotish — bu bosqich. Haqiqiy o’sish siz tajribangizni boshqalarga o’rgata olganingizda boshlanadi.”
ps: Biz ham kurslarda aynan shu ko’nikmaga urg’u beramiz РОП lar uchun.

July 11, 03:08

“O’zingizga bergan va’dani buzsangiz — siz o’zingizga yolg’on gapiryapsiz. Va aynan shu narsa sizni keyingi bosqichga o’tishdan to’sadi.”
ps: Katta tadbirkorlar har bir so’ziga javob beradi(tajribamdan).

July 10, 03:08

“Hech kim ko’rmayotgan paytda nima qilayotganingiz — sizning haqiqiy xarakteringiz. Boshqa hamma narsa — shou.”