
Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati
BOBUR HUDUDIDA PAXTA YIG‘IM-TERIMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
Sariosiyo tumani hokimi
Odiljon Yaqubov
hamda qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari Bobur hududidagi “
Sadriddin Ramazon
” fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida terim jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtabi ishchi guruhi tomonidan Sariosiyo tumanida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Jumladan, tumanda uch yildan buyon “qizil” toifada bo‘lgan
“Mirzo Ulug‘bek”
mahallasida aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
Shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan
“ilmiy xulosa – tavsiya – natija”
tamoyili asosida jinoyatchilikning omil va sabablarini aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tahlil va tavsiyalar, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha favqulodda ish rejimi taqdimoti bilan tanishildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, faoliyatni yanada jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, tumandagi “qizil” toifada bo‘lgan
“Afrosiyob”
mahallasining kirish-chiqish joylari hamda aholi gavjum hududlarini videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish, mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi barpo etilgan binoda yaratilgan shart-sharoitlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
Faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga bir qator vazifalar topshirildi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Yangi intensiv bog‘lar barpo etish bo‘yicha “Agro In Vitro” ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun
Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov
, tuman prokurori
B.Oltibayev
, tuman IIB boshlig‘i
G‘.Xo‘jamqulov
hamda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda
hududlardagi iqtisodiy samarasini yo‘qotgan eski bog‘lar o‘rnida hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish, bog‘dorchilikni rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish hajmini ko‘paytirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga
“Agro In Vitro” ko‘chatchilik korxonasi
mutaxassislari tomonidan serhosil va kasalliklarga chidamli payvandtaglar asosida sifatli ko‘chatlar yetishtirish texnologiyalari, intensiv bog‘lar tashkil etishning afzalliklari, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llash hamda bog‘dorchilikni ilmiy yondashuv asosida rivojlantirish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga yuqori hosildor navlarni tanlash, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish, intensiv bog‘larni parvarishlash, ko‘chatlarni ilmiy asosda joylashtirish hamda bog‘larni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida hududlarda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, iqtisodiy samarasini yo‘qotgan bog‘larni bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, bo‘sh yer maydonlarida zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish hamda bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
“Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli uy-joylar va Eko-bozor loyihasi ijrosi o‘rganildi
Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tegishli mas’ullar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar hamda
Eko-bozor loyihasi
doirasidagi qurilish ishlarining borishini o‘rgandi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, loyihalar ijrosini jadallashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
“Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlari o‘rganildi
Sariosiyo tumani hokimi
Odiljon Yaqubov
tomonidan tegishli mas’ullar bilan birgalikda tumandagi
“Yangi O‘zbekiston” massivi
da amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida
ko‘p qavatli turar-joylar
qurilish ishlari sifati, hududni obodonlashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, obyektlarni imkon qadar tez fursatda foydalanishga topshirish, qurilish me’yorlari va loyiha talablari asosida ishlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
2026-yilda foydalanishga topshiriladigan uy-joylar qurilishi o‘rganildi
Bugun Sariosiyo tumani hokimi
Odiljon Yaqubov
tegishli mas’ullar hamda quruvchi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda
“Yangi O‘zbekiston” massivida
olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida
2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joylardagi qurilish jarayoni
hamda avvalgi tashriflarda belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek,
quruvchi tashkilotlar va loyiha rahbarlarining axborotlari tinglanib
, mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.
Yakunida mas’ullarga
qurilish ishlarini jadallashtirish, obyektlarni belgilangan muddatlarda va sifatli foydalanishga topshirish, reja-grafigiga qat’iy rioya etish
hamda shaharsozlik, ekologik va texnik me’yorlarga so‘zsiz amal qilish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Fuqarolar murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi
Bugun Sariosiyo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari
G‘ayratjon Davlatov
tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi
shaxsiy qabuli
o‘tkazildi.
Qabul davomida
fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari
tinglanib, har bir murojaat qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi va tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilib, ijobiy yechimlar ta’minlandi.
Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga
aniq topshiriqlar berilib, ularning belgilangan muddatlarda va sifatli hal etilishi bo‘yicha ijro nazorati o‘rnatildi.
Sariosiyo tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarni shaxsiy qabul qilish
ishlari tasdiqlangan reja-grafik
asosida davom ettiriladi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
Payshanba — Yoshlar kuni
doirasida Sariosiyo tumanidagi
“Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad —
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga sadoqat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish
dan iborat bo‘ldi.
Tadbirda
Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev, IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, Yoshlar ishlari bo‘limi mas’ullari, yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar
ishtirok etdi.
Tuman hokimi
Odiljon Yaqubov
so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan
yoshlar bandligini ta’minlash, ularni sifatli ta’lim bilan qamrab olish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish
borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan sharoit hamda tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari xususida to‘xtaldi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning
murojaatlari, taklif va tashabbuslari
tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sariosiyo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
XORIJDA QONUNIY ISHLASH ISTAGIDAGI FUQAROLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI! Xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Migratsiya agentligining Surxondaryo hududiy filiali, Workline XBA, Morawork XBA, Bestwill XBA va JobBridge XBA tomonidan…