Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati

sariosiyommtb
Boʻlimning rasmiy sahifalari: Telegram: https://t.me/sarmmtb Facebook: https://www.facebook.com/groups/1224223081077861/?ref=share&mibextid=NSMWBT You tube: https://www.youtube.com/@Sariosiyo_Tumani_MMTB Murojaat uchun : @stmmtb_bot
Subscribers
6 770
24 hours
-11
30 days
-338
Post views
700
ER
10,34%
Posts (30d)
103
Characters in post
872
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 07:57
Media unavailable
8
Show in Telegram

ERTALABKI SAFLANISH — VATANPARVARLIK VA MILLIY G‘URUR TIMSOLI!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar ishtirokida an’anaviy ertalabki saflanish tadbirlari tashkil etildi.
🇺🇿
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining tantanali ijrosi bilan boshlandi. O‘quvchilar madhiyamizni ko‘tarinki ruhda, chuqur hurmat va ehtirom bilan kuylab, qalblarida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladilar.
📚
Ertalabki saflanish tadbirlari yosh avlodni intizomli, mas’uliyatli, hamjihat va vatanparvar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o‘quvchilarning yangi kunni yaxshi kayfiyat, yuksak maqsadlar va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq bilan boshlashlariga xizmat qiladi.
Vatanga muhabbat — uning ramzlariga hurmatdan, yurt kelajagiga daxldorlik esa bugungi ta’lim va tarbiyadan boshlanadi!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Axborot xizmati

October 26, 07:40
Media unavailable
8
Show in Telegram

SARIOSYO TUMANIDA YANGI HAFTA “KELAJAK SOATI” DARSLARI BILAN BOSHLANDI
Bugun Sariosiyo tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida an’anaviy
“Ertalabki saflanish”
tadbirlaridan so‘ng o‘quvchilar ishtirokida
“Kelajak soati”
mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
Sh.Boboyev
tomonidan tuman markazidan olisda, tog‘li hududda joylashgan
13-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari
uchun
“KELAJAK KASBLARI — ONGLI RAVISHDA KASB TANLASH”
mavzusida
“Kelajak soati”
darsi o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga kasb tanlashda shaxsiy qiziqish va qobiliyatlarni inobatga olish, zamonaviy mehnat bozori talablarini o‘rganish, kasbiy maqsadlarni to‘g‘ri belgilash hamda kelajak uchun mas’uliyat bilan qaror qabul qilishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
✨
Zero, to‘g‘ri tanlangan kasb — yorqin kelajak sari tashlangan muhim qadamdir!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati

October 25, 16:44
Media unavailable
5
Show in Telegram

📚
SARIOSİYODA BILIMLAR BELLASHUVI — IQTIDOR VA SALOHIYAT NAMOYONI!
Bugun 25-oktabr sanasida  Asosiy fan olimpiadasining xorijiy til yo'nalishida tuman bosqichi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
Sh. Boboyev
hamda mas’ul xodimlar ishtirokida olimpiadaning tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishi va jarayonning shaffofligini ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi.
Mazkur bilimlar bellashuvi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyati, intellektual salohiyati hamda fanlarga bo‘lgan qiziqishini namoyon etish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
Olimpiadaning asosiy maqsadi
— bilimli, iqtidorli va intiluvchan yoshlarni aniqlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarishdan iboratdir.
🏅
Bilim — taraqqiyot kaliti, iqtidor — kelajak poydevori!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati

October 24, 09:23
Media unavailable
7
Show in Telegram

Sariosiyo
tumanida
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” —
sport musobaqasining
tuman bosqichi
bo'lib o'tmoqda
Sariosiyo tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
ga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida ommaviy sport musobaqalarining
"VORKAUT
" turidan
tuman bosqichi
bo'lib o'tmoqda.
🎯
“Besh tashabbus olimpiadasi”
— yoshlarni sportga qiziqtirish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, faol va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim loyihalardan biridir.
“Besh tashabbus olimpiadasi” — iste’dod va imkoniyatlar maydoni!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati

October 24, 08:21
Media unavailable
7
Show in Telegram

📚
Sariosiyo tumanida “Otalar yig‘ilishi”
Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablarida har shanba kuni ota-onalar, xususan, otalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv va yig‘ilishlar tashkil etilmoqda.
🤝
Yig‘ilishlarda o‘quvchilarning
ta’lim-tarbiyasi, davomati, odob-axloqi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
, shuningdek, ularning kelajakdagi maqsad va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
👨‍👧‍👦
Shuningdek,
farzand tarbiyasida ota mas’uliyati, oiladagi sog‘lom ma’naviy muhit, bolalarni turli salbiy ta’sirlardan asrash
, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini oshirish kabi muhim mavzularda fikr almashilmoqda
.
🌱
Barkamol avlod — ota-onaning mas’uliyati, maktab va jamiyatning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari samarasidir!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Axborot xizmati

October 23, 14:36
Media unavailable
10
Show in Telegram

SARIOSIYO TUMANI "JASORAT MAKTABI" O'QUVCHILARI XAYRABOT GARNIZONIDA JOYLASHGAN HARBIY QISM OCHIQ ESHIKLAR KUNIDA BO'LISHDI
Sariosiyo tuman 10-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan “Jasorat sinfi”ning 5 va 6 sinflar 52 nafar o‘quvchisi joriy yilning 23 oktabr kuni harbiy qism ochiq eshiklar kuniga borishdi.
Harbiy qism hayoti o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, intizom, mas’uliyat va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚡️
Yoshlar qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda qat’iyat, jasorat va yuksak maqsadlar sari intilish ruhini kuchaytirishga xizmat qildi. Zero, bugungi bilimli, intizomli va vatanparvar yoshlar — ertangi kunning ishonchli tayanchi.
Sariosiyo
23.10.2026-y
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati

October 23, 11:42
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

📚
SARIOSİYO TUMANIDA “JADIDLAR IZIDAN” RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!
🇺🇿
Sariosiyo tumanida yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy xotira va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida
“Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi
bo‘lib o‘tdi.
✨
Mazkur tanlov yoshlarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish hamda ajdodlarimizning ma’rifatparvarlik an’analarini davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📖
Jadid bobolarimiz ilmni taraqqiyotning asosiy omili, ma’rifatni esa millat kelajagining poydevori deb bilganlar. Ularning hayoti va faoliyati bugungi yoshlar uchun ham ibrat maktabidir.
Zero, o‘z tarixini anglagan, ajdodlari merosini qadrlagan va ilm-ma’rifatga intilgan yoshlar — yurt kelajagining bunyodkorlaridir!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati

October 23, 11:15
Media unavailable
8
Show in Telegram

Sariosiyo
tumanida
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” —
sport musobaqasining
tuman bosqichi
bo'lib o'tmoqda
Sariosiyo tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
ga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida ommaviy sport musobaqalarining
YENGIL ATLETIKA
turidan
tuman bosqichi
bo'lib o'tmoqda.
🎯
“Besh tashabbus olimpiadasi”
— yoshlarni sportga qiziqtirish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, faol va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim loyihalardan biridir.
“Besh tashabbus olimpiadasi” — iste’dod va imkoniyatlar maydoni!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati

October 23, 11:07
Media unavailable
8
Show in Telegram

Sariosiyo
tumanida
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” —
sport musobaqasining
tuman bosqichi
bo'lib o'tdi
Sariosiyo tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
ga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida ommaviy sport musobaqalarining
Shaxmat
turidan
tuman bosqichi
bo'lib o'tmoqda.
🎯
“Besh tashabbus olimpiadasi”
— yoshlarni sportga qiziqtirish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, faol va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim loyihalardan biridir.
“Besh tashabbus olimpiadasi” — iste’dod va imkoniyatlar maydoni!
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati

October 23, 07:58
Media unavailable
7
Show in Telegram

#milliy_libos_millat_faxri
Sariosiyo tuman maktabgacha va maktab ta'limiga qarashli barcha umumta’lim maktablarida “Milliy liboslar kuni” keng nishonlanmoqda.
Milliy liboslar
— bu shunchaki kiyim emas, balki xalqimizning boy tarixi, o‘ziga xos didi va mehr-muhabbatini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.
Har bir naqshida ajdodlarimiz ruhi, har bir tikuvida esa milliy qadriyatlarimizning iliqligi seziladi. Milliy liboslar orqali biz o‘zligimizni, madaniyatimizni va milliy g‘ururimizni ifoda etamiz.
Bu liboslar avlodlarni bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik bo‘lib, yosh avlodga milliy an’analarni asrab-avaylash va ularni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish zarurligini eslatadi.
Sariosiyo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Axborot xizmati