
MILLIY SERTIFIKAT || ONA TILI VA ADABIYOT || XASANBOY XOLDOROV BILAN ||
Bugun dars kuni!
Mavzu: Morfemika. Soʻz yasalishi. Qoʻshimchalarning uslubiy xususiyatlari.
Dars beruvchi: Xasanboy Xoldorov
Vaqti: 20:30
Manzil:
@sertifikat_onatili
Sinonimlarning ma’nosi yaqin bo‘lsa-da, ammo bir xil emas. Ular turli jihatlariga ko‘ra
farqlanadi:
1. Kambag‘al – yo‘qsil; bo‘sh – latta. (bo‘yoqning kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)
2. Jilmaymoq – tirjaymoq. (bo‘yoqning ijobiy-salbiyligiga ko‘ra)
3. Ruxsat – izn; bermoq – taqdim qilmoq. (uslubiy xoslanishiga ko‘ra)
4. Osmon – gardun; dushman – yog‘iy. (davriy xoslanishiga ko‘ra)
Bundan tashqari, sinonimlar nutqda qanday ma’noda kela olishi, qaysi so‘zlar bilan birika olishiga ko‘ra ham farqlanadi.
Osmon so‘ziga samo, ko‘k so‘zlari ma’nodosh, biroq
Bozorda narxlar osmon ekan jumlasida samo va ko‘k so‘zlarini qo‘llab bo‘lmaydi. Bu
jumlada osmon so‘zining ma’nodoshlari baland, qimmat hisoblanadi. Buncha osmon
bo‘lmasa bu bola gapida osmon – mag‘rur sinonimligini ko‘rishimiz mumkin. Bulardan
xulosa qilishimiz mumkinki,
1) bir so‘z turli ma’nolari bilan har xil so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin;
2) so‘zning sinonimi nutqda (jumla, matn ichida) oydinlashadi;
3) bir so‘z ko‘chma ma’noda boshqa turkumdagi so‘zga sinonim bo‘lishi mumkin.
@sertifikat_onatili
Antonimlar, ya’ni o‘zaro zid ma’noli birliklardan fikrni tushunarliroq berish, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ham foydalaniladi. Ilm bilan hayot charog‘on gapining
mazmunini Ilmsiz hayot zulmatdir jumlasi orqali ham berish mumkin va ikkinchi holatda
ilmning ahamiyati, hayotdagi o‘rni ta’sirliroq ifodalanmoqda. Bir qator maqollarimizda
antonimlardan xuddi shu maqsadda foydalanilgan:
1. To‘g‘ri bo‘lsang, o‘sib borib gul bo‘lasan; egri bo‘lsang, o‘sib borib kul bo‘lasan.
2. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan – dog‘.
Bu maqollarning birinchi qismi umumiy mazmun uchun kifoya qilsa-da, ikkinchi
qism orqali ta’sirchanlikni oshirishga erishilgan.
@sertifikat_onatili
Leksikologiya. Soʻzlarning shakl va ma'no munosabatiga koʻra turlari. Barqaror birikmalar.
@sertifikat_onatili
Leksikologiya. Soʻzlarning shakl va ma'no munosabatiga koʻra turlari. Barqaror birikmalar.
@sertifikat_onatili
Live stream finished (47 minutes)
Barcha qo`shilib olishi uchun 5 daqiqa...
Live stream started
Shu oʻrinda kichik e'loncha:
Kuzatuvchilarimizning ma'lum qismi onlayn kurs soʻrashmoqda.
Ochigʻi, bu oy onlayn kurs rejamizda yoʻq. Nasib boʻlsa, oktabrdan boshlaymiz. Hozirga juda zarur boʻlsa, oflayn darslarimizda ayrim guruhlarga qabul bor.
Manzilimiz: Namangan shahri, "Boburshoh" koʻchasi, NamDU akademik litseyi.
Namangandan va yaqin hududdan boʻlsangiz,
@XOLDOROV_XASANBOY
ga murojaat qilaverasiz. Guruhlarga qabul imtihon asosida boʻladi.
Assalomu alaykum!
Bugun dars kuni!
Mavzu: Soʻzlarning shakl va ma'no munosabatiga koʻra turlari. Barqaror birikmalar.
Vaqti: 20:00
Manzil:
@sertifikat_onatili
Diydorlashguncha!
@sertifikat_onatili