Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shahrisabz shahar hokimligi

shahrisabz_shahar_hokimligi
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/shakhrisabzgov Facebook: www.fb.com/shahrisabzshpress Instagram: https://www.instagram.com/shahrisabz_shahar_matbuot Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot Xizmati ©
Subscribers
17 500
24 hours
30 days
-100
Unusual 24 hours drop
Post views
794
ER
2,47%
Posts (30d)
430
Characters in post
808
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 24, 18:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

Qashqadaryoda Media haftalik yakunlandi
Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan 5 kunlik intensiv media marafon o‘z yakuniga yetdi. Unda 900 ga yaqin ishtirokchi-jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislari hamda mobilograflar faol qatnashdi.
Tadbir davomida sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish, feyk xabarlarni aniqlash va zamonaviy media trendlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Media haftalikning Qashqadaryo bosqichi yakunlangan bo‘lsa-da, loyiha davom etishi rejalashtirilgan.
Tadbir yakunida Shahrisabz shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari sifatida menga
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Berdialiyevich Azimov
nomidan noutbuk topshirildi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi rahbari Qobuljon Xoliqovich Axmedov
nomidan sertifikat bilan taqdirlandim.
Ushbu e’tibor va e’tirof uchun tashkilotchilarga hamda barcha hamkorlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.
@umidnormuratov

April 24, 14:55
Media unavailable
10
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по анализу экономического роста в регионах и отраслях в первом квартале и приоритетным задачам на период до конца текущего года.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#iqtisodiyot
#tahlil
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 24, 14:36
Media unavailable
3
Show in Telegram

Payshanba - Yoshlar kuni!

April 24, 14:17
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#Uch_avlod_uchrashuvi
Uch avlod — bir qadriyat
Joriy yilning 24-aprel kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
Maktabgacha ta’lim kafedrasi
tashabbusi bilan
“Uch avlod — bir qadriyat”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ustozlar, talaba-yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etib,
avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodga yetkazish
masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv davomida keksa avlod vakillari o‘z hayotiy tajribalari, ibratli yo‘llari haqida so‘zlab, yoshlarga hayot saboqlarini ulashdilar.
🔂
Bizni kuzating:

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Instagram
|
🪐
shdpi.uz
|
📹
You tube

April 24, 14:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Bahorning eng mazali va rang-barang festivali!
📌
G‘uzor tumani, Qorako’l MFY hududida
🗓
26-aprel 2026-yil
Bahorning go‘zalligi, milliy taomlarning betakror ta’mi va maroqli hordiq bir joyda jam bo‘ladigan
“Lola va kabob”
festivali sizni kutmoqda!
Festival davomida sizni quyidagi qiziqarli tadbirlar kutadi:

🌷
Lola festivali

🍢
Gastro festival

👨‍🍳
Master-klasslar

🏆
“Eng namunali kabob” tanlovi

🎭
Teatrlashtirilgan chiqishlar

🎶
Maqom va folklor chiqishlari

🪁
Varrak shou

🏹
Milliy sport o‘yinlari

🧵
Hunarmandchilik

🧺
Picnic Party

Bahorning eng yoqimli kayfiyati, milliy taomlar va unutilmas lahzalar — barchasi bir festivalda!
🤝
Barcha mehmonlarni ushbu bahoriy saylga taklif etamiz!
#LolaVaKabobFestivali
#Guzor
#Qashqadaryo
#BahorFestivali
#Turizm
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Website
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
Facebook

April 24, 14:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kecha Prezidentimiz
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situatsion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi
qanday tashkil qilingani bilan tanishdi.
Bugun
barcha viloyat hokimlari
mazkur tumanga o‘zi borib,
yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi, qurilishlar qanday ketayotganini kelib ko‘rdi.
Endi bir haftada viloyat prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari uchun
Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazish
zarurligi qayd etildi.
Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida
viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish
topshirildi.
Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 14:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yurtimizda
xorijiy investitsiya ishtirokida 18 mingdan ortiq korxona
faoliyat yurityapti.
Lekin
ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan.
Shu bilan birga, yana
767 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faqat chetdan tovar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanyapti.
“Nega buni aytyapman? Bularning
mablag‘i, tadbirkorlik ko‘nikmasi, ichki va tashqi bozorda hamkori, ko‘pchiligida brendi bor
”,
– dedi Prezidentimiz.
Ushbu korxonalar bilan gaplashib, chetdan o‘z mahsulotini olib kelib sotayotganlariga
shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi
uchun loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog‘lab,
ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiyani
yo‘lga qo‘yish, mahsulotini ichki bozorda sotayotganlariga
eksportga chiqish uchun nima yordam kerakligini o‘rganish
muhim ekani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga bu borada
alohida dastur
ishlab chiqish topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 14:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Joriy yilda
53 milliard dollar xorijiy investitsiya
jalb qilish maqsad qilingan.
“Qachonki rahbarlar birinchi qadamdan boshlab,
to‘g‘ri loyiha tanlasa va shunga mos salohiyatli investor topsa, shunda investitsiyada sifat bo‘ladi

,
– dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyotga katta samara beradigan loyiha, texnologik yechim bo‘yicha
eng to‘g‘ri variantlarni tanlashda,
loyihani qaysi hududda joylashtirish, qaysi investor bilan ishlash afzalligini aniqlashda
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish muhim.
Mutasaddilarga
sun’iy intellekt yordamida mavjud quvvatlar, ichki va tashqi bozordagi talabni o‘rganib, qayerda, qanday loyiha qilish bo‘yicha yechim beradigan platformani ishga tushirish
topshirildi.
Investor va konsalting kompaniyalariga
ushbu platformadan
“yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish
uchun sharoit yaratiladi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 14:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘tgan yili
yashirin iqtisodiyot
bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishildi.
Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot
Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori
bo‘ldi.
Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda
, o‘tgan yili
faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona
yanvar-fevral oylarida
1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani
aniqlandi. Shuningdek,
12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani
oqibatida
40 milliard so‘m soliq
tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida
1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.
Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga
xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya
qilib berildi. Endi barcha hududlarda
ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 14:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Takror aytaman, har bir yangi loyiha, har bir dollar sarmoya
faqat va faqat qo‘shilgan qiymat, yuqori daromadli ish o‘rni va eksportni ko‘paytirishga
xizmat qilishi kerak. Oddiy qilib aytganda,
hamma rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shart

,
– dedi Prezidentimiz.
Investitsiya loyihalarini ishga tushirilganidan keyin monitoring qilish platformasi
yaratilgan. Soliq, bojxona, bandlik, kadastr, kommunal idoralar axborot bazasiga integratsiya qilingan ushbu platforma
korxonalar faoliyatini 39 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilib bermoqda.
Masalan,
oxirgi uch yilda ishga tushgan 688 ta korxonadan 210 tasi quvvatidan to‘liq foydalanmayotgani
aniqlangan. Oqibatda
33 trillion so‘mlik ishlab chiqarish boy berilgan, 23 ming ish o‘rni bo‘sh turibdi.
Bu
hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatiga berilgan haqiqiy baho ekani
ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga
210 ta korxona kesimida “yo‘l xaritasi”ni tuzib,
muammolar yechimi bo‘yicha aniq muddat va mas’ullarni belgilash topshirildi.
Hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ushbu korxonalarga borib, ular bilan yaqindan ishlaydi, qaysi korxonada nima ish qilganini platformaga kiritadi. Birinchi yarim yillik yakuni bilan
mazkur korxonalarni “oyoqqa turg‘azmasa”, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi
haqida ogohlantirildi.
Facebook|
Instagram|
X