
Şayxontohur TIM matbuot xizmati
#Sport
#Jismoniy_tarbiya
🏁
“ESTAFETALI YUGURISH” MUSOBAQASI YAKUNLANDI!
🏆
⚡️
21-oktyabr kuni Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi sport maydonchasida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “
Estafetali yugurish
” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
🏃♀️
🏃♂️
Yugurish yo‘lagida haqiqiy kurash avj oldi: har bir soniya, har bir qadam va tayoqchaning har bir uzatilishi natijani hal qildi. Ishtirokchilar tezlik, epchillik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etib, sinflari sha’nini munosib himoya qildilar!
💪
📊
MUSOBAQA NATIJALARI:
✨
Qizlar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin — 8-03 sinf — [0:34:78 soniya]
🥈
2-o‘rin — 8-04 sinf — [0:35:69 soniya]
▫️
8-01 sinf — [0:35:98 soniya]
▫️
8-02 sinf — [0:40:69 soniya]
⚡️
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin — 8-01 sinf — [0:26:68 soniya]
🥈
2-o‘rin — 8-03 sinf — [0:28:14 soniya]
▫️
8-04 sinf — [0:29:75 soniya]
▫️
8-02 sinf — [0:30:42 soniya]
🏅
Umumiy jamoaviy ishtirok natijasi:
🥇
1-o‘rin — 8-03 sinf — [0:30:22 soniya]
🥈
2-o‘rin — 8-02 sinf — [0:30:90 soniya]
▫️
8-01 sinf — [0:31:00 soniya]
▫️
8-04 sinf — [0:31:28 soniya]
🎉
G‘olib jamoalarni chin dildan tabriklaymiz! Ular sinf reytingi uchun maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
📜
👏
Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani, muxlislarga esa qizg‘in qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz! Siz bilan har bir g‘alaba yanada shirinroq!
💥
Sport — sog‘lom kelajak garovi! Keyingi musobaqalarda yana uchrashguncha!
🔥
#ShayxontohurIM
#EstafetaliYugurish
#8Sinflar
#Sport
#SoglomTurmushTarzi
@Shayxontohur_im_uz
2026–2027-o‘quv yilida Şayxontohur tumani ixtisoslaştirilgan maktabi o‘quvçilar prezidentligi jamoasiga çin dildan omad tilayman!
2025–2026-o‘quv yilida uşbu maktabning o‘quvçilar prezidenti bo‘liş men uçun katta şaraf bo‘lgan. Bugun maktabni bitirib, ortga nazar taşlar ekanman, bir narsani aniq ayta olaman: mening lider sifatida şakllanişimda aynan şu maktabning o‘rni juda katta.
Bu yerda nafaqat bilim oldim, balki insonlar bilan işlaşni, mas’uliyatni his qilişni, xato qilişni va undan xulosa çiqarişni ham o‘rgandim. Ayniqsa, har bir ustozimning bergan bilimi, maslahatlari va menga bildirgan işonçi bugungi yutuqlarimga erişişimda katta yordam berdi. Buning uçun barça ustozlarimdan doimo minnatdorman.
Yangi prezidentlik jamoasiga esa bir tilagim bor: maktabimiz sizga bergan imkoniyatlardan unumli foydalaning. O‘z ustingizda işlaşdan, ustozlardan maslahat so‘raşdan va yangi taşabbuslarni boşlaşdan heç qaçon to‘xtamang.
İşonamanki, sizlar biz erişgan natijalardan ham yuqori marralarni zabt etasizlar. Maktabimizning obro‘si bundan-da yuksalişiga o‘z hissangizni qo‘şasizlar.
Sizlarga işonaman. Omad, qadrdon maktabimning yangi liderlari!
❤️
Shonazarov’s blog
#ŞTIM_PRESS
#MaktabParlamenti
🌿
MAKTAB PARLAMENTI BILAN TANIŞTIRAMIZ!
♻️
Ekologik taraqqiyot vaziri — Mahammadqodirov Burhoniddin
Ekologik taraqqiyot vaziri maktabimizda ekologik madaniyatni yuksaltiriş, yaşil taşabbuslarni rivojlantiriş va öquvçilarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni şakllantirişga mas’ul.
🌱
Uning asosiy faoliyat yönalişlari —
“Yaşil sinf ligasi”, “Yaşil makon — yaşil kelajak”, “Zero Waste School”
hamda
“Eco-Ambassador”
loyihalarini amalga oşiriş, maktab hududini kökalamzorlaştiriş va ekologik taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşdan iborat.
💚
Bugungi taşabbus — ertangi yaşil kelajak!
#MaktabParlamenti
#EkologikTaraqqiyot
#YaşilMaktab
#EcoAmbassador
#ŞayxontohurIM
telegram
🛫
#Happy_birthday
🎂
#ShayxontohurTIM
🏫
Bugun Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchi yoshlarini sportga mehr qo‘yishida, sog‘lom turmush tarzini an'ana sifatida davom ettirishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
Firmetov Shuharat Rimbayevich
tavallud ayyomini nishonlamoqda!
🎉
Hurmatli Shuharat Rimbayevich! Siz nafaqat yoshlarga jismoniy tarbiya saboqlarini berasiz, balki ularda iroda, matonat, jamoada ishlash ko‘nikmalari va g‘alabaga bo‘lgan intilish tuyg‘ularini shakllantirasiz. Har bir darsingizdagi shijoat va tetiklik o‘quvchilarimizga katta motivatsiya bag‘ishlaydi.
💪
🏅
Sizni bugungi go‘zal ayyomingiz bilan maktabimiz ma'muriyati, jamoasi hamda o‘quvchilarimiz nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
🎁
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari va zafarlaridan doimo quvonib yashash nasib etsin!
✨
🏆
Hurmat bilan,
Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
@Shayxontohur_im_uz
#KelajakSoati
#ShTIM
📚
KELAJAK KASBLARI BUGUNDAN BOSHLANADI:
MAKTABIMIZDA NAVBATDAGI ILG‘OR "KELAJAK SOATI" MASHG‘ULOTLARI BO‘LIB O‘TDI!
🚀
Bugungi maktabimizdagi
“Kelajak soati”
mashg‘ulotlari oddiy dars doirasidan chiqib, haqiqiy vaqt mashinasidagi ijodiy sayohatga aylandi!
⏰
✨
O‘quvchilarimiz bilan 2040-yilga nazar solib, ertangi kunimizni qanday zamonaviy mutaxassislar boshqarishini chuqur angladik.
📊
Darsimizning mazmun-mohiyati va eng qiziqarli topilmalari:
🤖
O‘quvchilarga dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgani, yaqin kelajakda
Sun'iy intellekt mutaxassisi, Dron operatori, Yashil energetika muhandisi, Biotexnolog
hamda
Kiberxavfsizlik qo‘riqchilari
kabi bugun ilk qadamlari tashlanayotgan yo‘nalishlar o‘ta muhim bo‘lishi tushuntirildi.
🛂
"Kelajak kasbi pasporti" loyihasi:
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, o‘zlari orzu qilgan yoki kelajakda yaratiladigan yangi kasbning o‘ziga xos "pasportini" tuzishdi. Ular kasbning vazifalari, qaysi fanlarga tayanib o‘qish kerakligini va jamiyatga foydasini jamoa oldida qizg‘in himoya qilishdi.
🌳
"Kelajak daraxti" refleksiya metodi:
Dars yakunida o‘quvchilar o‘zlarining bugungi taassurotlarini stikerlarga yozib, ramziy "Kelajak daraxti"ga yopishtirishdi.
“Bugun men... ekanini bildim. Kelajakda ... bo‘lishni xohlayman”
degan iboralar yoshlarning ongli ravishda kasb tanlay boshlaganidan yaqqol dalolat beradi.
🏆
Eng kreativ g‘oyalar, eng yaxshi taqdimot va jamoaviy hamkorlik ko‘rsatgan guruhlar munosib e’tirof etildi.
💡
Texnika qanchalik rivojlanmasin, insoniy fazilatlar — mehr, halollik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik hamisha birinchi o‘rinda turadi. Bugun sinfxonalarda yechilayotgan har bir masalalar, o‘qilayotgan kitob va egallanayotgan tillar — ertangi muvaffaqiyatli kasb sari qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir!
🎯
Unutmang: Kelajak kutib turmaydi, uni bugungi bilimimiz va o‘z qo‘limiz bilan yaratamiz!
#KelajakSoati
#IlmFan
#YutuqlarVaImkoniyatlar
#ShayxontohurMaktabi
#Yoshlar
#KelajakAvlod
@Shayxontohur_im_uz
#Shtim_Press
#Ecoschools
🎤
MEXMONLAR DIQQATIDA — SHAYXONTOHUR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI!
🇮🇳
🤝
🇺🇿
✨
Ekologik ta’lim va xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuvdan so‘ng
#ShtimPress
jamoasi Hindistondan tashrif buyurgan aziz mehmonlarimiz bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. Mehmonlarimiz maktabimiz, o‘quvchilarimiz va bu yerda yo‘lga qo‘yilgan yashil loyihalar haqida o‘zlarining iliq va hayratga boy taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi
🌿
🌍
🌟
Tashrif yakunida mehmonlarimiz maktab jamoasi va barcha o‘quvchilarning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, xalqaro hamkorlik aloqalari bundan buyon ham izchil davom etishiga ishonch bildirishdi.
🟢
Tabiatni birgalikda asraymiz — kelajakni birgalikda quramiz!
#ShtimPress
#EcoSchool
#Intervyu
#XalqaroHamkorlik
#ShayxontohurIxtisoslashtirilganMaktabi
#YashilKelajak
#EcoEducation
@Shayxontohur_im_uz
#Shtim_Press
#Ecoschools
🌿
#EKO_SCHOOL
— Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam!
🇮🇳
🤝
🇺🇿
24-oktabr kuni Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga Hindistondan tashrif buyurgan mehmonlar bilan Eco School loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi!
🌍
⭐️
🌱
Tashrif davomida ekologik ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda maktablarda ekologik madaniyatni rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.
🤝
Xalqaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o‘quvchilarimizning dunyoqarashini kengaytirish, yangi g‘oyalar bilan tanishish va barqaror kelajak sari intilishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
🌎
Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir! Birgalikda yashil va barqaror kelajak sari qadam tashlaymiz!
🟢
🌿
#EkoSchool
#ShayxontohurIxtisoslashtirilganMaktabi
#Ekologiya
#XalqaroHamkorlik
#YashilKelajak
#EcoEducation
@Shayxontohur_im_uz
#Silk_Road_University_Fair
Assalomu alaykum! Men
Timoti Xabbard,
Xitoyning Ningbo şahrida joylaşgan
Nottingem universiteti
ning xalqaro talabalarni qabul qiliş böyiça direktoriman.
Biz Xitoyning gözal Ningbo şahrida Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida ingliz tilida öqitiladigan, yuqori reytingga ega ta’lim dasturlarini taklif qilamiz.
Agar bu siz uçun qiziqarli bölsa, 27-28-oktabr
kunlari Toşkentda bölib ötadigan
“Silk Road University Fair – 2026”
da siz bilan uçraşişdan mamnun bölaman!
_______________________
Hello, everyone! My name is
Timothy Hubbard,
and I am the Director of International Student Recruitment at the
University of Nottingham
Ningbo China, located in the beautiful city of Ningbo, China.
We offer highly ranked academic programmes taught in English and based on the British education system, all in the vibrant and beautiful city of Ningbo.
If this sounds interesting to you, I would be delighted to meet you at the
Silk Road University Fair 2026,
taking place in Tashkent on 27-28 October! I look forward to meeting you all!
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor
#Silk_Road_University_Fair
Salom!
Men
Alberta universiteti
dan
Alexman
va biz 27-28-oktabr kunlari Toshkentdagi
Silk Road Fair
ga kelyapmiz. Keling va u yerda ko‘rishamiz!
_____________________
Hello!
My name is
Alex
, and I’m from the
University of Alberta
. We’ll be attending the
Silk Road Fair
in Tashkent on October 27–28.
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor
#Silk_Road_University_Fair
Salom,
men Michigandagi
Calvin Universiteti
dan Esther Leeman.
Men 27-28-oktabr kunlari Toshkentdagi
“Silk Road University Fair”
ga bormoqchiman. U yerda ko‘rishguncha!
__________________________
Hello!
My name is Esther Leeman, and I’m from
Calvin University
in Michigan.
I’m excited to attend the
“Silk Road University Fair”
in Tashkent on October 27-28. I look forward to seeing you all there! See you soon!
✅
Telegram
📹
YouTube
✅
Instagram
✅
Facebook
💼
Veb-sayt
🎤
Direktor