
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi tashkiloti
🏕
Bu yozni Boʻstonliq oromgohida mazmunli oʻtkazishga tayyormisiz?
📅
27-iyul — 2-avgust
Ustoz AI Elchilari Oromgohida qatnashish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!
Yozni iliq taftini 1 hatfalik dam olish bilan o'tkazing!
Qatnashish uchun bosing
#OʻzbekistonBelgisi
#TaqdirlashMarosimi
🙋
Yangi marralar sari ilhom baxsh etuvchi e’tirof
🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ijod saroyi
da
“O‘zbekiston belgisi”
ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi! Marosimning eng yorqin lahzalarini ushbu videoda tomosha qiling!
🔗
Fotosuratlar
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube
⚡️
“Moda yo‘li” ko‘rik-tanlovida qatnashish uchun atigi 5 kun qoldi!
Agar siz
14 yoshdan 30 yoshgacha
bo‘lgan havaskor dizayner bo‘lsangiz, tanlovning
5 ta
yo‘nalishidan birida o‘z iqtidoringizni namoyon eting!
🏆
G‘oliblarni qimmatbaho pul mukofotlari va xorijdagi nufuzli moda maktablarida malaka oshirish imkoniyati kutmoqda.
Shoshiling, arizalar
15-iyulga qadar
@moda_yoli_bot
orqali qabul qilinadi.
Iste’dodingizni namoyon etish sari dadil qadam tashlang!
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
#YoshlarIttifoqi
#Verified
💙
Tasdiqlangan
“
Ko‘k belgi”ga ega bo‘ldik
!
🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
ning
Telegram’
dagi
rasmiy sahifasi
endilikda
rasmiy tasdiqlangan ko‘k belgi
ga ega. Bu belgi sahifaning haqiqiy va ishonchli rasmiy manba ekanini tasdiqlaydi hamda obunachilarimizga ishonchli axborotni tezkor yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🙋
Ushbu kanal orqali yoshlar hayotiga oid eng so‘nggi yangiliklar, imkoniyat va imtiyozlar, grantlar, tanlovlar hamda boshqa foydali kontentlarni muntazam taqdim etib boramiz.
✈️
Kanalimizga a’zo bo‘ling va ishonchli axborotni birinchilardan bo‘lib oling:
🔗
https://t.me/yoshlarittifoqi_uz
#PiyodalarXavfsizligi
#IjtimoiyRolik
🙋
O‘zbekistonda yangi yo‘l harakati
madaniyati
shakllanmoqda!
📍
Poytaxtimizda piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tishda qo‘lni baland ko‘tarib, haydovchi e'tiborini jalb qilishga asoslangan yangi xavfsizlik madaniyatining ilk namunalari kuzatilmoqda. Bu shunchaki harakat emas, balki "Men piyodaman, meni ko‘rdingiz va menga yo‘l bering" degan muhim ishoradir.
📷
Videoni tomosha qiling va yangi xavfsizlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlang!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube
#bitiruvchi_2026
🎓
BITIRUVCHI–2026: Diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
😁
Shahrisabz davlat pedagogika institutida
“Bitiruvchi–2026
" tantanali diplom topshirish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Marosimni Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor
Mash’al Saidov
tabrik so‘zi bilan ochib berib, bitiruvchilarni muhim hayotiy bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy qutladi. Rektor o‘z nutqida yosh mutaxassislarga kelgusi faoliyatlarida yuksak marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida bayramona dastur, samimiy tabriklar va quvonchli lahzalar marosimga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
🛫
TELEGRAM
|
📷
INSTAGRAM
#bitiruvchi_2026
🎓
BITIRUVCHI–2026 | Orzular ro‘yobga chiqadigan unutilmas oqshom!
Shahrisabz davlat pedagogika institutida bitiruvchilar uchun eng quvonchli va unutilmas lahzalardan biri – tantanali DIPLOM TOPSHIRISH marosimi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning erishgan yutuqlari e’tirof etiladi. Shuningdek, bayramona konsert dasturlari va unutilmas lahzalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi.
📅
2026-yil 3-iyul
🕡
soat 11:00da
📍
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
bosh binosi, 218-xona, tadbirlar zali
Barcha ustozlar, ota-onalar, bitiruvchilarni ushbu tantanali marosimda ishtirok etishga chorlaymiz.
🛫
TELEGRAM
|
📷
INSTAGRAM
#YoshlarOvoziGazetasi
🙋
Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang.
🖋
“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing!
➡️
Boqimandalik kayfiyatini yengish;
➡️
Tayyor intellekt: o'zingiz qachon fikrlaysiz?
➡️
Miyaning tayyor nonga o'rganishi;
➡️
Balansni qanday topish kerak?
➡️
O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi
.
⬇️
Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
muassisligidagi
“Yoshlar ovozi”
gazetasining
Telegram
sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring.
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube
#PiyodalarXavfsizligi
#IjtimoiyRolik
🙋
Piyodalar xavfsizligining yangi madaniyati: yo‘lni qo‘l ko‘tarib kesib o‘ting!
👥
Har kuni dunyo bo‘ylab minglab insonlar yo‘l-transport hodisalari oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Eng achinarlisi, ushbu holatlarning katta qismi piyodalar bilan bog‘liq. Piyodalar o‘tish yo‘lagidan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bu oddiy qoida emas, balki inson hayotini saqlab qoluvchi muhim madaniyatdir.
📷
Ushbu videoda piyodalar o‘tish yo‘lagidan qanday qilib xavfsiz va to‘g‘ri o‘tish kerakligi bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.
➡️
Agar siz ham o‘zingiz va farzandlaringiz hayoti xavfsiz bo‘lishini istasangiz, videoni albatta oxirigacha tomosha qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing.
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube
#muhim_sana
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
Davlat gerbi — mustaqilligimiz, milliy qadriyatlarimiz, birdamligimiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatimizning muqaddas timsolidir.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, ezgu orzu-intilishlari hamda tinchlik va farovonlik sari intilishini o‘zida mujassam etgan.
Bugun Davlat gerbi yurtimiz suvereniteti, milliy g‘ururi va birlik ramzi sifatida har birimiz qalbida alohida o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating:
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
🪐
shdpi.uz
|
📹
You tube