Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati️

sherobodmatbuotxizmati
Murojaat uchun telefon: +998932071242 +998763221033 Rasmiy web sayt: https://gov.uz/oz/sherobod Hokimga murojaat @Sherobodpressbot youtube: https://www.youtube.com/channel/UCsGqfLEvOzqvYIIzz4XYn4A?view_as=subscriber ;
Subscribers
4 174
24 hours
-2
30 days
-15
Post views
995
ER
23,84%
Posts (30d)
234
Characters in post
1 241
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 26, 15:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

​
⚠️
Aholiga ajratilgan suyultirilgan gazning talon-toroj qilinişi va noqonuniy sotilişiga qarşi reydlar davom etmoqda!
Respublika böylab ötkazilayotgan reyd tadbirlari davomida suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, qimmat narxlarda sotiş hamda elektr energiyasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari aniqlanib, qonunbuzilişlarga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.
🌐
EKSKLYUZIV | Surxondaryo

October 26, 10:58
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎮
Surxondaryo yoshlari uchun GameDev yo‘nalishida bepul ta’lim imkoniyati
Yoshlar o‘z kompyuter va mobil o‘yinlarini yaratishni istaydimi?
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlardan biri — GameDev, ya’ni kompyuter va mobil o‘yinlar ishlab chiqish sohasidir. Bu yo‘nalish yoshlarga o‘z g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish, dasturlash ko‘nikmalarini egallash va kelajakda IT sohasida o‘z o‘rnini topish imkonini beradi.
📍
Endi Termiz shahridagi "Kelajak" markazida GameDev yo‘nalishi bo‘yicha bepul ta’lim olish imkoniyati mavjud.
Ta’lim jarayonida ishtirokchilar o‘yin qahramonlarini yaratish, o‘yin muhiti va qoidalarini ishlab chiqish hamda dasturlash orqali ularni harakatga keltirish kabi ko‘nikmalarni egallashlari mumkin.
✅
Qatnashish tartibi:
🔹
creativetech.uz
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish;
🔹
qisqa test savollariga javob berish;
🔹
tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.
🚀
O‘z g‘oyangizni haqiqiy loyihaga aylantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot:
https://creativetech.uz
🇺🇿
Kanalga obuna bo‘ling
|
🔹
Telegram
∙
|
🔹
Facebook
∙
|
🌍
Web-site
∙
|
🔹
YouTube
∙

October 26, 08:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔴
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIŞDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitiş va qulaylikni ta’minlaş maqsadida elektr energiyasiga bölgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tuşadigan yuklama oşişiga olib keladi. Şu bois, har bir iste’molçi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanişi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejaş — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qöşilgan hissadir!
❗️
Iste’molçilarga
tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanişda işlab çiqaruvçining yöriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning özida köplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Şikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgiçlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qöl bilan uşlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitiş moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagiçlar va elektr jihozlarini özboşimçalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni oçiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegişli elektr ta’minoti taşkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan çiroq va elektr jihozlarini öçirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barça iste’molçilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanişga çaqiradi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

October 26, 08:07
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

October 26, 05:49
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
in
|
WiKi
|
Aloqa

October 26, 03:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🗣
Hurmatli fuqarolar!
⏺
Sherobod tumani hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining
hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari bilan tanishing.
🫥
Qabul jarayonlarida aholini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
⏺
Quyidagi grafik orqali qabul kunlari va mas’ullar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
🇺🇿
Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling
|
🔹
Telegram
∙
|
🔹
Facebook
∙
|
🌍
Web-site
∙
|
🔹
YouTube
∙
|
🔹
Instagram

October 26, 03:10
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
DIQQAT, SHEROBODLIK YOSHLAR!
Prezidentimizning yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblar va tadbirkorlikka o‘rgatish borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida ajoyib imkoniyat yaratildi!
➡️
Sherobod tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan
Kattabog‘ mahallasi Yoshlar markazida
maxsus
SHTAB
o‘z ishini boshladi!
Sizni o‘z kelajagingizni o‘z qo‘lingiz bilan qurishga, foydali kasb egasi bo‘lishga chorlaymiz!
➡️
Shtabimizda sizni quyidagi yo‘nalishlar kutmoqda:
•
💼
Kasb-hunar va tadbirkorlik:
Bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazib, zamonaviy kasb-hunarlar va biznes sirlarini o‘rganing.
•
⌨️
Zamonaviy axborot texnologiyalari (IT):
Raqamli texnologiyalar olamiga qadam qo‘ying va kelajak kasblarini egallang.
•
🌍
Chet tillari:
Xorijiy tillarni mukammal o‘rganib, dunyo eshiklarini oching.
•
➡️
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash:
Sport, madaniyat va san'at yo‘nalishidagi iqtidoringizni ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
➡️
Ishga Joylashish:
O’zingizni mutaxasisligingiz bo’yicha ishga joylashing
➡️
Maqsadimiz bitta:
Har bir yoshning bandligini ta'minlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash!
📌
Murojaat uchun:
+998942040060
- Yoshlar agentligi
+998 88-007-11-68 - Soliq bo’limi
+998 93 799 66 60 - Sherobod
Milliy bank
•
Manzil:
Sherobod tumani, Kattabog‘ mahallasi, Yoshlar markazi.
•
Kimlar uchun:
Barcha uyushmagan va tashabbuskor yoshlar taklif etiladi!
Kelajagingiz uchun ilk qadamni bugunoq tashlang! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🇺🇿
Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling
🔹
Telegram
∙
🔹
Facebook
∙
🌍
Web-site
∙
🔹
YouTube
∙
🔹
Instagram

October 26, 03:00
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🌙
Qo'rg'on mahallasidagi Shahar qabristonida ezgu tashabbus 200 nafardan ortiq yurtdosh hasharda
Sherobod tumanida obodlik, ozodalik va muqaddas maskanlarni munosib saqlash borasidagi ezgu an’analar davom etmoqda.
Kecha
, 25-oktabr
kuni tumanning
Qo'rg'on mahallasidagi Shahar
qabristonida
tuman din vakillari hamda tuman
hokimligi
keng jamoatchilik ishtirokida hashar tashkil etildi. Unda
200 nafardan ortiq
Sherobod ahli qatnashib, savobli va xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Hashar davomida qabriston hududini obodonlashtirish, tozalash, mavjud infratuzilmalarni tartibga keltirish va muqaddas maskanni ozoda holatga keltirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish, muqaddas maskanlarni obod saqlash hamda xalqimizga xos mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.
Qo'rg'on mahallasidagi
mahallasidagi hashar xalqimizning ezgu qadriyatlari, birdamligi va bunyodkorlik ruhining yorqin namunasidir.
🇺🇿
Kanalga obuna bo‘ling
|
🔹
Telegram
∙
|
🔹
Facebook
∙
|
🌍
Web-site
∙
|
🔹
YouTube
∙

October 25, 15:38
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

💠
Harbiy xizmatchilar oila a’zolari uchun mazmunli dam olish tashkil etildi
➡️
Sherobod tumanidagi olis hududda joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilarining oila a’zolari uchun dam olish kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida Termiz shahridagi hayvonot bog‘iga tashrif tashkil etildi.
➡️
Tashrif davomida oila a’zolari hayvonot bog‘idagi turli xil hayvonlarni tomosha qilib, tabiat olami bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
➡️
Mazkur tashrif harbiy xizmatchilar oilalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari hamda oila a’zolari o‘rtasidagi samimiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
🇺🇿
Bizni kuzatib borishda davom eting!
Kanalga obuna bo‘ling
Telegram
∙
Facebook
∙
Web-site
∙
YouTube
∙
Instagram
∙
Twitter

October 25, 14:25
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
DIQQAT! Tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Sherobod GTS-1 aholi tarmog‘ida mavjud Qmax-1400 m³/soat quvvatli toraytiruvchi qurilma (diafragma) o‘rniga
Qmax-2400 m³/soat quvvatli yangi toraytiruvchi qurilma
o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan
2026-yil 26-oktabr kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha
Sherobod tumanidagi aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Sherobod tumani bo‘yicha:
Aholi iste’molchilari – 4 919 ta
Ulgurji iste’molchilari – 145 ta
Uskunani almashtirish ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali Axborot xizmati
📲
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📝
𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮
💻
𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮
📝
𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬
🎞
YouTube
🌐
hududgaz.uz