Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Turkiya kundaligi

sherzoddavlatov
•Turkiyada ta'lim •Kuzatuvlar •Fikrlar •Sayohat •Turk tili onlayn kurslari ☎️ Bog'lanish uchun: @sherdav_aloqa Facebook: Sherzod Davlatov instagram: sherzod__davlatov
Subscribers
1 690
24 hours
30 days
-20
Post views
498
ER
30,71%
Posts (30d)
14
Characters in post
693
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Study Abroad
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
February 27, 08:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bilmadim sizda qanaqa, men sun'iy intellektda tayyorlangan video yoki rasmga ko'zim tushsa xuddi u menga ko'rinmayotgandek tuyuladi. Demoqchi bo'lganim, o'sha "mehnat mahsuli"ga ko'zim tushsa "ko'rlik rejimim" yonib qoladi. Ranglar nomiga xos — sun'iy. Turkcha aytganda "sönük". Yorqin ranglarida ham "jon" bo'lmaydi.
Afsus, juda ko'p o'rta yoki yuqori saviyadagi yutuberlar yoki biror kurs, xizmat beruvchilar ham banner, afishalarini sun'iy intellektda yasayapti. Balki vaqt sarflashdan, balki ishini ustasiga pul sarflashdan qochmoqda.
Tavsiyam, reklama peshtahtalaringiz umumiy ko'rinishini sun'iy intellektda qilmang. Ja vaqtingiz tig'iz bo'lsa kichik detal shakllantirish uchun foydalaning, imkoni bo'lsa bu funksiyasidan foydalanmang. Reklamangiz oldin hech bo'lmaganda bir ko'z tashlanayotgan bo'lsa, sun'iy intellektda tayyorlagan reklamangiz o'sha kam sonli nazarlarni ham o'zidan qochiradi. Videolarni aytmasa ham bo'ladi.
Rasmda esa Turkiyada anchayin tanilgan markaning Ramazon oyi reklama banneri. Hamma detal "o'lik". Shunaqa markalar reklama banneri uchun puldan qisayotgan bo'lsa nima deysiz endi?
@sherzoddavlatov

February 26, 07:29

2025-yilda 4 mingga yaqin o'zbek ayollarimiz turklarga turmushga chiqibdi.
Nikoh migratsiyasi nega ortayotganini shaxsiy kuzatuvlarim orqali ta'riflashga harakat qilaman.
Nega yildan yilga ayollarimizning turklar bilan turmush qurish darajasi ortib bormoqda?
• Bu jarayonni ijtimoiy tarmoqlar tezlashtirib yubordi deyish mumkin. Ayollarimizning ma'lum qismi hali Turkiyaga qadam bosib ko'rmasidanoq biror turk bilan tanishishi va bu orqali Turkiyaga taklif qilinishi, yoki bo'lajak turk kuyovning O'zbekistonga borib bo'lajak kelin bilan tanishishi va bu jasorat ikki tomonning ham oila qurishini kafolat darajasiga chiqarib qo'ymoqda.
• Turkiyaga ish izlab kelgan ayollarimizning balki ko'ngil ishi bilan, balki viza majburiyati sabab qaysidir ma'noda biror turk bilan turmush qurishga bo'lgan ehtiyoji ikki millat orasida ko'prikni mustahkamlayapti, deyish mumkin.
• Yana bir qatlam borki, bular yosh va qoni qaynab turgan, tavakkaldan qo'rqmaydigan yosh avlod qizlarimiz. Bu qatlamdagi qizlarimiz o'zgacha hayot, bir xillikdan uzoqlashish, Turkiya orqali boshqa davlatlarga (yaxshi ma'noda) "ochilish" istagi borligi, deyish mumkin. Bu qatlam uchun vaqt o'tishi bilan oilasi "o'xshamasa" ajrashib yana O'zbekistonga qaytishi yoki Turkiyada beva yurishi qo'rqitmaydi. Chunki, yosh va qoni qaynab turibdi, hayoti hali oldinda.
• Yana bir qatlam esa haqiqatda aldanganlar va taqdirga tan berganlar. Bunaqa deyotganimni sababi, turk erkaklar o'z fuqarolariga uylanishdan juda qo'rqishadi. Ayniqsa oilani sog'lom yurita olishga ko'zi yetmagan, ruhiy muammolari bo'lgan, yoki umr yo'ldosh tanlashda adashganlar. Sababi, biror kelishmovchilik bo'lib ajrashsa sobiq ayoliga o'lgunicha alument to'laydi. Turkiyada qonun shunaqa. Ba'zilari buni xohlamagani va qabullanolmagani uchun ajrashganidan keyin sobiq xotinini yo so'yib ketadi yoki otib tashlaydi. O'zi 10-15 yil "yotib chiqadi" va hayotida davom etaveradi.
Bilib yoki bilmasdan bunaqa tipdagi turk erkaklariga turmushga chiqqan ayol-qizlarimiz yo chidab yashaydi, yoki zo'rg'a qochib qutiladi.
Xulosa sifatida shularni ham aytish mumkin:
Turklarga erga tegayotgan fuqarolarimizni aksari o'rta yosh yoki katta yoshdagilar — qishda gaz yo'qligidan qo'llari qavarib pechka yoqishdan charchagan; turmush qurmagan bo'lsa yoki beva bo'lsa yolg'iz holida erkin ishlashda qiynalayotgan; farzandlari va o'zi uchun sifatli ta'lim, sifatli xizmat va zamonaviy hayot istagi bo'lishi mumkin.
Aytib o'tganlarim biror statistikaga asoslanmagan. Faqat kuzatuv va analizlarimdan iborat.
Nima bo'lganda ham ayollarimizga baxt tilab qolamiz!
@sherzoddavlatov

February 22, 15:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Buni yuqoridagi postga aloqasi yo'q. Asablarni tinchlantirish uchun "validol" o'rniga bo'lishay dedim.

February 22, 15:26
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ba'zan o'tirib 40 daqiqacha bir narsalar yozaman, keyin o'chiraman, yana yozaman, kanal xabar qutisida qoralama bo'lib turadi. Ma'lum vaqt o'tgandan keyin yozganlarimda ruh qolmagandek uni ham o'chirib tashlayman. Ba'zan yozib o'chirganimni o'zi yetadi, ichimdagi nimanidir tinchlantirishga.
Bu do'stimizni gaplariga esa kecha yozib yana o'chirgan postim bilan sokinlashdim. Video haqida esa shuni aytay dedim:
...ta'riflay olmadim. O'lay agar sabr tilayman xalqimizga!

February 22, 11:30

Uzunquloq gaplarga ko'ra "Türkiye Bursları" grant dasturi uchun ariza topshirishni yakuniy kuni 24 fevralga olingan. 25igacha kutib o'tirmay yakunlab qo'ying hujjat topshirishizni. Keyin sistema yopilsa 25i degandizku, demang!
Lekin rasmiy xabar yo'q hozircha, yoki men duch kelmadim.

February 21, 20:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

İjara to'lamaydigan, lekin oyiga 25 dollar xarajati bo'lgan jonli "suviner".

February 20, 23:53

Bugun dunyoga keladigan qizimizni imkon qadar sog'lom tug'ilishi uchun Anqara Shahar Shifoxonasiga tekshiruvga bordik. Turkiya Sog'liqni Saqlash Vazirligining shundoq qo'ltig'ida ekan. O'zimiz yashab turgan shaharchadagi odatiy tekshiruvlarda hamma narsa o'z joyida ekan, shukurki gramm nojo'yalik chiqmadi. Sal shubha qilsak ham borib analiz topshirishga harakat qildik. Ollohga shukur har qo'rqqan kichik detallarda ham analiz toza chiqdi. Ko'rinmaz balodan O'zi asrasin, deganlaridek, yuzaki(odatiy) tekshiruvlarda ko'rinmaydigan ehtimolliklar uchun bordik Anqaraga.
Sog'liq sug'urtasi bo'lmasa Turkiyada moddiy tomondan biroz ko'z yumishga tog'ri keladi. Oldini olish mumkin bo'lgan irsiy kasalliklar yoki yuzaki tekshiruvda ko'rinmaydigan ehtimolliklar uchun ham bunga ko'z yumib bordik. Yaxshi-da, tug'ilgandan keyin yugur-yugur qilib, ham farzandimizni doriga ko'mib, ham o'zimizni stresli yugur-yugurlarga ko'mgandan ko'ra. Hammasi joyida ekan. Bir haftadan keyinga navbatga yozib qo'ydi. Yana borishga kelishib keldik.
Meni e'tiborimni esa vaqtida erisholmagan, "orzumdagi kasbdoshlarim"ni ishlayotgan joylari tortdi. Bir lahza Sarvinoz ham esimdan chiqib ketdi. Shifoxona shunchalar katta-ki, sizga yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun ta'riflay — bitta bir bo'lim, deylik, fizeoterapiya bo'limi, bir shaharning o'rtacha rivojlangan davlat shifoxonasining kattaligiga teng! Bir bo'limdan ikkinchi bir bo'limga kamida 20 daqiqada yetib borasiz. Piyoda! Xo'rsinib qo'ydim — "Eh eski xotiralar. Biologiyadan 36 ta "urgan" vaqtlardagi shijoatim qayerdasan? Shu yerlarda ishlasang bo'lardi" deb.

February 19, 20:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Doimgi an'anaga ko'ra "Türkiye Bursları" dasturi uchun ariza topshirish muddati uzaytirildi. Oldingi yillar 20-fevraldan keyin 3 kunga uzaytirilar edi, bu yil 5 kunga uzaytirildi!
Hujjat topshirishning oxirgi muddati 25-fevral İstanbul vaqti bilan 23:59, Toshkent vaqti bilan 01:59 etib belgilandi.
@sherzoddavlatov

February 18, 12:51

Bugun soat 21:00 da A2 boshlaydigan guruh bilan 1-darsni o'tamiz. Bu guruhni darslari dushanba, chorshanba va juma soat 21:00 da. Guruhga qo'shilish uchun
@sherdav_aloqa
manzilidan yozishingiz mumkin.

February 15, 04:15

Turk tili onlayn-kursida noldan boshlagan guruh uchun qabul hali ham davom etyapti.
Guruhga yozilish uchun
@sherdav_aloqa
manzilidan murojaat qilishingiz mumkin.