Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shiroq Business School

shiroqbusiness_school
Shiroq Business School (oldingi Yosh Menejer) - o'zgarishga tayyor har bir inson uchun! Sharqona boshqaruv va zamonaviy menejment uyg'unligi 📩 @shiroq_business_school +998901206810
Subscribers
1 010
24 hours
30 days
-20
Post views
275
ER
27,23%
Posts (30d)
9
Characters in post
983
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
June 07, 15:01

Ko‘p loyihalar yomon boshqarilgani uchun emas, noto‘g‘ri tushunilgani uchun sustlashadi.
Project team bir narsani o‘ylaydi.
Rahbariyat esa boshqa narsani kutadi.
Jamoa uchun asosiy savollar:
— Deadline qachon?
— Budget qancha?
— Scope nima?
— Risklar qayerda?
— Delivery qanday ketmoqda?
C-level uchun esa savollar boshqacha:
— Bu loyiha biznesga qanday qiymat beradi?
— Bu natija revenue yoki efficiency’ga qanday ta’sir qiladi?
— Loyiha strategiyaga mosmi?
— Qaysi qarorni hozir qabul qilishimiz kerak?
— Bu loyiha davom etishga arziydimi?
Mana shu joyda PMO yoki Project Managerning haqiqiy qiymati ko‘rinadi.
U faqat status update beradigan odam emas.
U project team va leadership o‘rtasida tarjimon bo‘lishi kerak.
Chunki project manager ko‘pincha budget, timeline va execution tilida gapiradi.
Executive esa outcome, business value va strategic impact tilida o‘ylaydi.
Agar PM shu ikki dunyoni bog‘lay olmasa, yaxshi report ham yetarli bo‘lmaydi.
Rahbariyatga hamma detal kerak emas.
Ularga qaror qabul qilish uchun kerakli ma’lumot kerak.
Shuning uchun kuchli PM yoki PMO leader quyidagilarni aniq ko‘rsatadi:
1. Loyiha nima uchun muhim?
Faqat “nima qilinyapti?” emas, “nega qilinyapti?”
2. Success qanday o‘lchanadi?
“Efficiency oshadi” deyish yetarli emas.
Qancha oshadi? Qachon? Qanday KPI orqali?
3. Rahbariyatdan qanday qaror kerak?
Report faqat ma’lumot bermasligi kerak.
U qaror chiqarishga yordam berishi kerak.
4. Qanday variantlar bor?
Faqat muammo emas.
Muammo + variantlar + tavsiya.
5. Loyiha strategiyaga hali ham mosmi?
Ba’zi loyihalar boshlanganda muhim bo‘ladi.
Lekin vaqt o‘tishi bilan biznes prioritetlari o‘zgaradi.
Videodagi eng kuchli fikrlardan biri:
PMO executive’larni project management bilan tanishtirishi ham kerak.
Chunki sponsor bo‘lish — faqat loyiha boshlanishida “go” deyish emas.
Yaxshi sponsor:
— loyiha nima uchun kerakligini tushuntiradi
— strategic need’ni aniq qiladi
— kerakli paytda qaror beradi
— jamoani qo‘llab-quvvatlaydi
— lekin micromanagement qilmaydi
Bu farq juda muhim.
Sponsor project managerning o‘rnini bosmasligi kerak.
PM ham sponsorning o‘rnini bosmasligi kerak.
Ularning roli bir-birini to‘ldirishi kerak.
Loyiha muvaffaqiyati uchun faqat yaxshi planning yetarli emas.
Yaxshi alignment ham kerak.
Agar rahbariyat, sponsor va project team bir xil success definition’ga ega bo‘lmasa, loyiha yo‘lda ko‘p energiya yo‘qotadi.
PMning vazifasi esa shu energiyani yo‘qotmaslik:
— murakkablikni soddalashtirish
— muhim ma’lumotni ajratish
— qaror uchun kontekst berish
— stakeholderlar tilini bir-biriga tarjima qilish
— loyiha qiymatini doimiy ko‘rsatib borish
Chunki yaxshi PM faqat loyiha ichida ishlamaydi.
U yuqoriga ham boshqaradi.
Manba:
Projectified by PMI
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

June 05, 03:54

Projekt Manager muammoni faqat paydo bo‘lgandan keyin hal qiladigan odam emas.
Kuchli PM muammo kelayotganini oldindan sezadi.
Red flag’lar ko‘pincha dashboard’da emas, odamlarning xatti-harakatida ko‘rinadi:
— stakeholderlar jim bo‘lib qoladi
— meeting’larda aniq javob kamayadi
— “kichik o‘zgarishlar” scope’ni kengaytiradi
— resource bor deyiladi, lekin amalda yetmaydi
— loyiha kompaniya strategiyasidan uzoqlasha boshlaydi
Eng yaxshi PMlar aybdor qidirmaydi.
Ular 3 narsani qiladi:
1. Muammoni erta ko‘radi
2. Dalil bilan tushuntiradi
3. Rahbariyatga muammo bilan birga yechim olib chiqadi
PMning haqiqiy qiymati ham shunda.
U loyiha “yonib ketgandan” keyin emas, undan oldin harakat qiladi.
Manba:
Projectified by PMI
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

May 25, 15:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jamoa ko‘p ishlashi, har kuni meeting o‘tkazishi, deadline’larga ulgurishi mumkin. Lekin baribir loyiha muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin — agar asosiy poydevor boshida to‘g‘ri moslashtirilmagan bo‘lsa.
Ushbu framework
“The Project Stack”
deb ataladi.
U loyiha muvaffaqiyatini tushunishning eng aniq yondashuvlaridan birini ko‘rsatadi.
Framework loyiha muvaffaqiyatini 3 ta bog‘liq darajaga ajratadi:
1. PROJECT STRATEGY
Nega bu loyihani qilyapmiz?
Vazifalarni taqsimlash yoki deadline belgilashdan oldin har bir loyihada strategik aniqlik bo‘lishi kerak.
Bu daraja 3 ta asosiy savolga e’tibor qaratadi:
Mission
Loyihaning asl maqsadi nima?
Kuchli mission quyidagilarni aniqlab beradi:
— Qaysi muammo hal qilinyapti
— Kutilayotgan natija nima
— Muvaffaqiyat qanday ko‘rinadi
Aniq mission bo‘lmasa, jamoa band bo‘ladi, lekin yo‘nalishsiz ishlaydi.
2. PROJECT PLAN
Natijaga erishish uchun nimalar bajarilishi kerak?
Strategiya aniq bo‘lgach, planning g‘oyalarni tizimga aylantiradi.
Bu bosqichda project manager quyidagilarni shakllantiradi:
— Goals
— Milestones
— KPIs
— Timelines
— Dashboards
— Risk management systems
Yaxshi plan noaniqlikni kamaytiradi.
Har bir jamoa a’zosi quyidagilarni bilishi kerak:
— Nima bajarilishi kerak
— Kim mas’ul
— Qachongacha bajariladi
— Progress qanday o‘lchanadi
Jamoalar qiladigan eng katta xatolardan biri — activity’ni progress bilan adashtirish.
Band bo‘lish loyiha oldinga siljiyapti degani emas.
3. PROJECT EXECUTION
Hozir aynan qaysi vazifalar ustida ishlayapmiz?
Execution — intizom amalda ko‘rinadigan bosqich.
Bu daraja quyidagilarga e’tibor qaratadi:
— Weekly priorities
— Daily focus
— Team coordination
— Review systems
— Continuous communication
Kuchli execution qiladigan jamoalarda ish ritmi bo‘ladi.
Ular quyidagilarni aniq biladi:
— Bugungi ustuvor vazifalar
— Hozirgi blocker’lar
— Jamoa mas’uliyatlari
— Keyingi milestones
Execution hamma narsani bajarish haqida emas.
U to‘g‘ri ishlarni izchil bajarish haqida.
Eng muhim qism: FEEDBACK LOOP
Ko‘p tashkilotlar aynan shu qismni e’tibordan chetda qoldiradi.
Execution doimiy ravishda plan’ni yaxshilab borishi kerak.
Plan esa strategiyani aniqlashtirib borishi kerak.
Kuchli jamoalar “belgilab qo‘ydik va unutdik” yondashuvi bilan ishlamaydi.
Ular muntazam ravishda quyidagilarni qayta ko‘rib chiqadi:
— Risks
— Performance
— Assumptions
— Priorities
— Resource allocation
Jamoalar moslashishni to‘xtatganda, loyihalar muammoga kiradi.
Eng kuchli tashkilotlar quyidagilar o‘rtasida uzluksiz feedback yaratadi:
Strategy → Planning → Execution
Va yana ortga qaytib, ularni doimiy ravishda yangilab boradi.
Manba
:
Gabor Stramb
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

May 23, 07:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Haqiqiy Project Management
har doim ham qulay emas.
Ba’zida Project Manager “yo‘q”, “kechikadi” yoki “risk bor” deyishi kerak bo‘ladi.
Nega?
Javobi rasmda.
Manba
:
Gabor Stramb
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

May 21, 07:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bir kecha. 30+ odam. Va “yetib bormagan” taqdimot.
Bir vaqtlar global miqyosdagi yirik mega-loyihada ishlaganman.
Mening vazifam top-menejment va Direktorlar kengashi darajasidagi monitoring hamda hisobotlar bilan bog‘liq edi.
Bir kuni muhim uchrashuv oldidan materiallarni tayyorlayotgan edik.
Butun tun tinimsiz ishladik.
Tongga kelib hammasi tayyor edi:
— taqdimotlar chop etilgan va joylashtirilgan
— elektron versiyalar oldindan yuborilgan
— materiallar har ikki tomon assistentlariga topshirilgan
Go‘yoki hammasi nazorat ostida edi.
Lekin uchrashuv boshida ma’lum bo‘ldiki, buyurtmachi onlayn ulangan.
Unda esa taqdimot yo‘q.
Sukut.
Vaziyat tarang.
“Nega menda materiallar yo‘q?”
Keyin aniqladik: materiallar yuborilgan va qabul qilingan.
Lekin ular qaror qabul qiladigan odamgacha yetib borgani hech kim tomonidan tekshirilmagan.
Yana bir muhim jihat ham aniqlashtirilmagan edi: uchrashuv onlayn bo‘ladimi yoki offline?
Odatdagi savol: kim aybdor?
Mening xulosam esa boshqacha bo‘ldi.
Muammo odamlarda emas edi.
Jarayonlarda ham emas edi — jarayonlar bor edi.
Muammo shu jarayonlar real sharoitda ishlashini qo‘llab-quvvatlamagan muhitda edi.
Shundan beri har bir loyihada o‘zimga boshqa savol beraman:
“Bizda governance bormi?” emas.
“U real sharoitda ishlayaptimi?”
Bu ikki xil savol.
Va javoblari ham ikki xil.
Manba:
Iskandar Yusupov, LinkedIn.

May 19, 07:03

Scrum hamma loyiha uchun yechim emas.
Lekin murakkablik yuqori bo‘lgan muhitda u jamoaga ancha yordam berishi mumkin.
Ushbu
Canvas
jamoangizga quyidagilarni aniqlashga yordam beradi:
— hozirgi ish muhitingiz Scrum uchun qanchalik mos
— jamoa duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar
— jarayondagi noaniqliklar va to‘siqlar
— Scrum ishlatish kerakmi yoki boshqa yondashuv mosroqmi
Agar jamoangizda Scrum’ni joriy qilish yoki mavjud jarayonni qayta ko‘rib chiqish rejasi bo‘lsa, bu Canvas foydali bo‘ladi.
📎
Manba:
scrum.org
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

May 17, 07:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

PM’lar uchun foydali resurs.
Claude’dan
ishda samaraliroq foydalanishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz,
Anthropic
’ning bepul kurslarini ko‘rib chiqishingiz mumkin.
🔗
https://anthropic.skilljar.com/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

May 15, 07:02

🎯
Masterklass taqdimoti
Yaqinda Alisher Aliev bilan
“Loyihalarda risklarni boshqarish”
mavzusida o‘tkazilgan masterklass taqdimotini sizlar bilan ulashmoqdamiz.
Taqdimotda risklarni aniqlash, baholash va Primavera orqali boshqarish bo‘yicha asosiy yondashuvlar jamlangan.
Foydali bo‘ladi degan umiddamiz.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedI
n

May 13, 07:51

🎥
Masterklass yozuvi tayyor
Ushbu masterklassda
“Loyihalarda Risklarni Boshqarish”
mavzusi real loyiha misolida ko‘rib chiqildi.
Alisher aka o‘z amaliy tajribalari asosida
Primavera orqali risklarni qanday aniqlash, tahlil qilish va boshqarish
mumkinligini ko‘rsatib berdilar.
Agar siz loyihalarda kutilmagan muammolarni kamaytirish, risklarni oldindan ko‘rish va ularni tizimli boshqarishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, bu masterklass siz uchun foydali bo‘ladi.
🎥
Video link:
https://youtu.be/3CFPUDrQTGQ?si=vBMrjFebuBbQ-ysF
Project Manager bo‘lishni istaganlar uchun Shiroq Business School’ning
“Loyiha Boshqaruvi: 0dan Boshqaruvchigacha”
onlayn kursi ham mavjud.
📌
Batafsil ma’lumot:
https://sbs.exode.biz/catalog
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
LinkedIn

May 11, 13:29

Qisqa
E'lon
Ma'lum sabablarga ko'ra suhbatimizni 15 minut kechroq boshlaymiz.
Noqulaylik uchun uzr so'raymiz.
🌐
Online
👉
Ulanish havolasi:
https://meet.google.com/jwa-zfwr-kgw