
Shisha bino
Bir yil ilgari binoni qaytardim, lekin Vasil qaytmadi. Kanalni qayta yuritish g’oyasi xato edi. Ilgarilari yozgim kelgani, bundan rohat olganim uchun yozardim, hozir esa majburlikdan to’rt-besh haftada bir qarab qo’yaman, bunga o’zingiz guvohsiz. Birinchi bor o’chirganimda ham shu hisni tuyganman, ammo ikkilanganman - hozir esa to’la aminman. Yozishni tashlolmasligim rost, biroq bu yerda boshqa yozolmayman.
Kanal faoilyati to’xtatildi. Barchaga tashakkur.
Nyu-York Trilogiyasida kelgan parcha:
Kuinn detektiv janrning sodiq o’qirmani edi. Bu romanlarning aksaryati uquvsizlarcha yozilgani-yu, yarimidan ko’pi hatto oddiy taqriz mavzusi bo’lishgada arzimasligini tushunib turardi, biroq baribir bunday turdagi asarlar unga yoqardi. Eng rasvo, arzon-garov romanlardan boshqa hamma kitoblarni suvi chiqib ketguncha o’qiyverardi. Boshqa turdagi kitoblar masalasida ancha ehtiyotkor, hatto ularga har qanday yangilikdan nafratlanuvchi fe’li tor qariyadek yondashsa ham, negadir aynan detektivlar mavzusiga hech qachon shubha bilan qaramasdi. Agar kayfiyati yaxshi bo’lsa, orqama-orqa o’n-o’n ikktasini ham o’qib tashlardi. Ko’zlari ularni ko’rgan on ochlikdan yonayotgandek porlar, tansiq pishloqni ko’rgan sichqondek ishtaha zindoniga bandi bo’lar, ichidagi qiziqish qonmaguncha kitobni qo’lidan tushurmasdi.
Men Den Braun asarlarini qo’limga olsam shu hisni tuyaman. O’qiyveraman…
Ha, ko’pchilik Denni jiddiy qabul qilmaydi, Kafkani ushlab olishgan - biz faqat bizni tishlaydigan va chaqadigan kitoblarni o'qishimiz kerak deb o'ylayman. Agar biz o'qigan kitob bosh suyagimizga urilgan zarba kabi bizni larzaga keltirmasa, nega uni umuman o'qishimiz kerak?!
Davrlar bo’lgan loyga botganmiz, behuda daraxtga chiqganmiz, ariqda cho’milganmiz, shunchaki ko’cha sang’iganmiz. Bola bo’lganimiz uchun emas, zavq bergani uchun qilardik bu ishlarni. Har kim yengillik his qilish va huzrlanishga haqli. Adabiyotning mazasi ruhiy azob yoki melanxolik kayfiyat berib – ko’zimni moshday ochgandagina haqiqiy bo’ladi deb o’ylash – kulguli. Agar biror asar sizni rohatlantirsa, unda u o’z vazifasini bajargan bo’ladi, tamom.
@shisha_bino
#imho
Book blogger kim ?
Book blogger – barcha mashhur kitoblarni o’qigan bo’lishi kerak degan qoida yo’q.
Book blogger – har bir o’qigan kitobiga taqriz yozishi shart degan qoida yo’q.
Book blogger – faqat jiddiy postlar yozishi lozim degan qoida yo’q.
Book blogger – doim kitob o’qib yurishi, uni qo’lidan qo’ymasligi kerak degan qoida yo’q.
Book blogger – bir yilda eng kamida 50 ta kitob o’qishi kerak degan qoida ham yo’q.
Book blogger – Dostoyevskiy yoki Tolstoyni sevishi kerak degan qoida yo’q.
Book blogger – kitobga doir kontent qilishi va o’z uslubiga ega bo’lishi kerak. Nuqta.
@shisha_bino
Tayoqchalaringizni yuqoriga ko’taring. Professor MakGonagall endi oramizda yo’q.
Aktrisa 90 yoshida vafot etdi.
@shisha_bino
Menga qolsa Dostoyevskiyni qishda, issiq uydan boshqa yerga chiqolmaydigan, kam harakat vaqtda o’qish kerak-ku, biroq kuzga reja qilgan bo’lsangiz;
“Jinoyat va Jazo” dan boshlang. Agar uning falsafasi sizga ma’qul kelsa, keyingi navbatda “Yer ostidan maktublar” ni mutolaa qiling. Insoniylik jihatini afzal ko‘rsangiz, “O‘lik uydan maktublar” bilan tanishib chiqing. Undan keyin o‘qishingiz lozim bo‘lgan asar “Telba” dir, so‘ngra “Iblislar” ni o‘qing. Telba sizga umid beradi, Iblislar esa ratsionalizm haqida ko‘proq mushohada yuritishga undaydi. Agar adibning siyosiy qarashlarini chuqurroq o‘rganishni istasangiz, “O‘spirin” yaxshi variant. Nihoyat, Dostoyevskiyning durdonasi “Aka-uka Karamazovlar” ni o’qing. Asardan yuqoridagi sanab o’tilgan kitoblardagi jamiyki mavzularni topasiz.
Umuman olganda istaganingizdan boshlab o’qisangiz bo’ladi )
Yana bir muhim jihat, mabodo Dostoyevskiy sizga yoqmasa – bu mutlaqo normal.
@shisha_bino
Ildirzlari do'zaxga yetib bormaguncha, hech bir daraxt jannatga qadar o'solmaydi.
©️
Karl Gustav Yung
Hayot bu - azob, fojia, xiyonat, qo'rquv, iztirob - quvonch, umid, sevgi va mamnunlikdir. Kun bo'yi ochiq chehrada yurganingni ko'rgan odamlar, tun tushganda bir burchakda xayollaring bilan kechadigan azaliy kurashni o'tkazib yuboradilar. Sen mag'lub bo'lasan, o'limingdan oldin ko'p bor o'lasan - mohiyat ham shunda, bularsiz hoziring bo'lmasdi.
@shisha_bino
Bilgan yaxshiroq
Ko’pchiligimizga disneyning "Uyqudagi malikasi" tanish bo’lsa kerak. Multfilm Charles Perraultining shu nomdagi ertakiga asoslangan. Biroq, dastlabki uyqudagi go’zal Charles Perraultidan bir necha o’n yil avval Italyalik ertakshunos Giambattista Basilening qalamiga mansub “Ertaklar ertaki” nomi bilan tanilgan to’plamida tilga olingan.
“Ertaklar ertaki”dagi syujet anchayin murakkab va qorong’u. Unga ko’ra munajjimlar Taliya ismli malikaning zig’ir parchasi tufayli kalajakda hayoti xavf ostida qolishini bashorat qilishadi. Kun kelib bashorat amalga oshadi, ehtiyotkorliklarga qaramay zig’ir parchasi Taliyaning tirnoqlari ostiga kirib qoladi, natijada malika mangu uyquga ketadi. Qayg’uga botgan lord qizini uyg’otishga bo’lgan besamar urunishlaridan so’ng uni o’rmon ichra bir kulbaga tashlab ketadi.
Oradan yillar o’tib, o’rmonda ov qilayotgan ajnabiy qirol uyqudagi malika qarshisidan chiqadi. Qirol Taliyaning go’zlligiga mahliyo bo’lib uni hushiga keltirishga harakat qiladi, biroq urunishlari foydasiz yakun topadi. Ammo, o’z hirslarini jilovlay olmay malikani uyqudalik chog’ida zo’rlaydi, so’ngra o’z yo’liga ravona bo’ladi. To’qqiz oydan so’ng, Taliya egizaklar – Quyosh ismli o’g’il va Oy ismli qizaloqni dunyoga keltiradi, farzandlari ko’krak sutini emib kata bo’lishadi. Kunlarning birida qizalog’i onasining barmoqlari orasiga kirib qolgan zaharli tikanni payqab qoladi va uni so’rib, olib tashlaydi, nihoyat Taliya uzoq yillik uyqudan uyg’onadi. Bu paytga kelib, uyqudagi hurliqoning tadiriga qiziqqan qirol o’rmonga qaytib keladi va egzak farzandlar qurshovidagi Taliyani topadi. Ularning yuragida muhabbat kurtak yozadi, qirol qilgan ishlari tan olib, Taliya va farzandlarini o’z qirolligiga olib ketadi. Ammo ertak shu bilan tugamaydi.
Qirol allaqachon uylangan edi, uning rashkchi qirolichasi Taliya va bolalar haqida xabar topgandan so’ng, g’azabga to’lib, bolalarni o’ldirib kechki taomga tortishni, Taliyani esa tiriklayin yoqishni buyuradi. Kechki ovqat tayyorlanadi, Taliyani ham gulxanga otadilar, biroq o’z qirolichasining rejasidan voqif bo’lgan qirol malikani qutqarib qoladi. Keyinchalik, kechki ovqatni tayyorlagan oshpaz bolalarga rahmi kelib, ularni qo’zichoq bilan almashtirib qo’yganligini tan oladi. Ohir-oqibat yovuz qirolicha qatl etiladi. Taliya, qirol va bolalari uzoq va baxtli hayot kechiradilar.
Perraulti, Basilening Quyosh, Oy va Taliya ertakidan ilhomlangan va uni takomillashtirib, fransuz jamiyatining didi va his-tuyg’ulariga moslashtiradi. Shu tariqa biz bilgan “Uyqudagi malika” dunyoga keldi.
@shisha_bino
#review
Tomas Xarris. Qo’zichoqlar sukunati
Asar o’zining ko’p qirrali personajlari, murakkab syujeti va chuqur psixologik izohlari bilan o’ziga torta oladi. Hikoya psixiatr va seriyali qotil Gannibal Lekterdan intervyu olish vazifasi yuklangan FQB xodimi Klarisa Starling atrofida qurilgan. Klarisaning maqsadi ayollarni doimiy ravishda o'ldirib kelayotgan boshqa bir seriyali qotil Buffalo Billning motivlarini tushunishdir.
Yozuvchi Starling va Lekter, FQB va Buffalo Bill o'rtasidagi qo'shaloq mushuk-sichqon o'yinlari orqali keskin burilishlarga boy syujetni taklif qiladi. Menga ko’proq Xarrisning axloq tushunchasining murakkabligini, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi nozik pardani tasvirlay olgani yoqdi.
Lekterning harakatlari shubhasiz dahshatli, ammo u intellektual qobiliyati va madaniyatli xulq-atvori orqali an’anaviy axloq qoidalariga qarshi chiqadi, demakki, yovuzlik ham madaniyat va nafosatga ega bo’lishi mumkin. Men Gannibalni eng xarizmatik antiqahramonlar qatoriga qo’shgan bo’lardim.
Qo’zichoqlar sukunati Xarris repertuaridan o’qigan birinchi kitobim bo’ldi. Uslubi o’tkir, yozuvlari ta’sirli hamda hayajon uyg’ota oladi. Tavsiya qilaman.
@shisha_bino