Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shovot.Uz |Rasmiy|

shovothokimlik
Shovot tumani hokimligi axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari. Telegram: https: // t.me/shovothokimlik Facebook: https://www.facebook.com/shovottumanihokimligi.axborotxizmati?mibextid=ZbWKwL Instagram:
Subscribers
2 241
24 hours
-3
30 days
-49
Post views
1 250
ER
55,78%
Posts (30d)
63
Characters in post
577
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
October 25, 16:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚠️
HURMATLI FUQAROLAR!
IS GAZIDAN EHTIYOT BO‘LING!
Kuz-qish mavsumida isitish pechlari, qozonlar va mo‘rilarning texnik holatiga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
❗️
Isitish uskunalarining nosozligi, mo‘rilarning tiqilib qolishi va xonada havo almashinuvining yetarli emasligi is gazidan zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
✅
XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
🔹
Isitish pechlari va mo‘rilarni mavsum boshlanishidan oldin tekshiring va muntazam tozalang.
🔹
Nosoz isitish uskunalaridan foydalanmang.
🔹
Xonada yetarli havo almashinuvini ta’minlang.
🔹
Isitish uskunalarini nazoratsiz qoldirmang.
❗️
UNUTMANG!
Is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni sezish qiyin. Shu bois xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish hayotingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega.
EHTIYOT CHORASI — HAYOT GAROVI!

October 24, 09:17
Media unavailable
10
Show in Telegram

Shovot tumanida 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar.
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 24, 09:17
Media unavailable
9
Show in Telegram

SHOVOT TUMANIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI NISHONLANDI
Shovot tumanida
25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda
tuman hokimi Muradbek Davlatov
so‘zga chiqib, soha xodimlari va mehnat faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va tumanda osoyishtalikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdi.
Shuningdek, xizmat burchini fidoyilik bilan ado etib kelayotgan bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Bayram tadbiri tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 23, 11:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Light_Industry_News
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi
tomonidan
yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar
sizga atigi
2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda
yetkaziladi.
🟠
Mazkur video orqali
“Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”
tomonidan
tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar
bilan tanishing.
☎️
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 (71) 203 77 72
(411)
,
(412)
,
(413)
,
(420)
Xorazm.uz
|
Facebook
|
Telegram
|
Instagram
|
Youtube

October 22, 09:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

🥉
Shovotlik Zoxira Qozoqova navbatdagi bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o'tkazilayotgan "Aichi-Nagoya–2026" Para Osiyo o‘yinlarining para yengil atletika bahslarida, ayollar o‘rtasidagi F37 klassining yadro uloqtirish finalida Shovotlik
Zoxira Qozoqova
9,25 metr natija bilan 3 o‘rinni egallab, bronza medalini qo'lga kiritdi.
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 21, 11:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mahalla ko'rsatuvi Shovot tumani misolida
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 21, 10:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🆕
Фуқароларнинг иш стажларини, устамаларини инобатга олиш, пенсияни бошқа манзилга кўчириш каби хизматларда янги қулайликлар яратилмоқда
.
✈️
Вазирлар Маҳкамасининг "
Фуқароларга давлат пенсияларини тайинлаш бўйича ихчам хизмат кўрсатиш тизимини босқичма-босқич жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида
"ги Қарори қабул қилинди.
(
2026 йил 19 октябрь, 576-сон
.
)
Мазкур Қарор билан Вазирлар Маҳкамасининг 592-сон
Қарорига
фуқароларнинг
ижтимоий ҳимоясини кучайтириш
ва бошқа
қулайликлар яратишга хизмат қилувчи
қуйидаги ўзгартиришлар киритилди:
⏩
2005–2016 йилларда ишлаган фуқаролар
бирор ташкилотда ишлаган бўлса ва бу ҳақида меҳнат дафтарчасида ёзувлар мавжуд бўлса, шунингдек, иш берувчи томонидан унинг жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига
календар йил давомида камида бир марта мажбурий бадал ўтказилган бўлса, энди тегишли иш даври архив маълумотномасисиз иш стажига инобатга олинади
;
⏩
фуқаронинг
18 ёшгача ногиронлиги бўлган болага
қараб турган даврини пенсия ҳисоблашда иш стажи сифатида инобатга олиш учун
электрон тиббий хулосанинг ўзи асос ҳисобланади.
Энди фуқародан болага қараб турилганлиги тўғрисида ортиқча ҳужжат талаб этилмайди;
⏩
пенсияга қўшиб ҳисобланадиган устама ҳақлардан
энг юқори миқдори
энди проактив (фуқаро мурожаат қилмаган ҳолда)
қўшиб ҳисобланади;
⏩
энди пенсионер яшаш манзили ўзгарган тақдирда исталган
Давлат хизматлари маркази
орқали ёки
my.gov.uz
портали
орқали онлайн пенсиясини кўчириш учун ариза юбориши мумкин.
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 21, 10:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

TOZALIK VA OZODALIK DOLZARB IKKI OYLIGI
📲
DASTURNING HD versiyasi
👇
🎥
YouTube
📺
OnlineTV
📻
Online Radio
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
Facebook
Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtelekanal

October 21, 03:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va bebaho qadriyatimiz. U xalqimizning tarixi, tafakkuri va boy madaniyatini o‘zida mujassam etgan buyuk boylikdir.
Tilimizni asrash, uning sofligini ta’minlash, nufuzini oshirish va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
💐
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Veb-sayt

October 19, 14:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

🥉
Shovotlik Zoxira Qozoqova Para Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibasi!
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o'tkazilayotgan "Aichi-Nagoya–2026" Para Osiyo o‘yinlarining para yengil atletika bahslarida Shovot tumani 2-son sport maktabi tarbiyalanuvchisi Zoxira Qozoqova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida F37/38 klassida disk uloqtirish finalida ishtirok etgan hamyurtimiz 27,84 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni qo‘shdi.
Shovot tumani hokimligi axborot xizmati.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Veb-sayt