
SIRDARYO
Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt subsidiyasi yo‘lga qo‘yildi
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun OTM bakalavriatida yillik to‘lov-kontraktning bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Subsidiya olish uchun arizalar
subsidiya.imv.uz
platformasi orqali qabul qilinmoqda.
➡️
Sirdaryo
Kiberfiribgar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun yordam beradigan foydali resurslar
1️⃣
@cyberqalqonbot
✔️
Agar sizga shaxsiy xabarda noma'lum yoki shubhali fayl yuborilgan bo‘lsa, uni botga yuborishingiz kifoya. Bot qisqa vaqt ichida faylni tahlil qilib, uning zararli yoki xavfsiz ekanligi haqida ma'lumot beradi. Bu esa viruslar, zararli dasturlar va firibgarlar yuborgan fayllarni ochishdan oldin xavfni aniqlash imkonini yaratadi.
2️⃣
Xavfsizlink.uz
✔️
Kiberfiribgarliklar, soxta havola va sun'iy intellekt yordamida yaratilgan shubhali kontentlarga duch kelganingizda, barchasini bitta platforma orqali tekshirishingiz mumkin.
✔️
Shubhali QR-kodlarni tekshiradi
QR-kodni yoki u joylashgan faylni yuklang va tekshiring.
✔️
Fayllarni qanchalik xavfsizligini tahlil qiladi
Misol uchun, ".doc, .docx, .xls, .xlsx .pdf, .exe, .bat, .apk” kabi formatdagi fayllar
✔️
Shubhali havolalarni aniqlaydi
Havolani yuboring va uning xavfsizligini baholang.
✔️
Video yoki rasm haqiqiyligini ajratishda ko‘maklashadi.
Video yoki rasmni yuklang va uning sun'iy intellekt yordamida yaratilgan yoki haqiqiy ekanligini aniqlashga yordam beruvchi tahlil natijasini oling.
3️⃣
“
Check Permission” ilovasi
✔️
"Android" operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan ushbu dastur ilovalarni avtomatik tahlil qilib, zararli ilovaning o‘rnatilishini oldini oladi. Avvaldan mavjuf zararli ilova aniqlansa, bu haqida foydalanuvchiga tezkor bildirishnoma (notification) yuboriladi. Doimiy ravishda ilovaga kirib, qurilmada virus bor yoki yo'qligini tekshirish shart emas.
✔️
Eng asosiysi oflayn rejimda ham ishlaydi.
Hurmatli fuqarolar!
⬆️
Yuqoridagi mahsulotlar
Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha foydalanuvchilar uchun bepul xizmat ko'rsatadi.
📈
Ushbu vositalardan foydalanish va kibergigiyena qoidalariga amal qilish orqali shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qiling.
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram
🎭
#Anons
Bugun, 27-iyul kuni soat 19:00 da Sirdaryo telekanali orqali Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri bilan hamkorlikda tasvirga olingan O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyevaning hayot va ijod yo‘liga bag‘ishlangan «Halima» spektaklini tomosha qiling.
➡️
Sirdaryo
Davlat tavsiyalariga qarab qolmang: issiqlarda o‘zingiz ham ezgu amallar bilan o‘rnak bo‘ling
Harorat keskin ko‘tarilgan kunlarda vazirliklar, tashkilotlar turli tavsiyalar berdi, choralar qabul qildi. Davlat qilganini qilyapti, lekin har bir inson jamiyatga foydasi haqida o‘ylashi, ibrat bo‘lishi kerak.
Xo‘sh, nima qilmoq lozim? Hammasi oddiy:
▪️
Atrofga hushor bo‘ling, tayyor turing. Kimdir lohas bo‘layotganini his qiling, darrov suyanchiq bo‘ling. Suv, soyaga olish, yelpish bilan ham vaziyatni o‘nglashingiz mumkin;
▪️
Keksalarni, bolalarni ehtiyot qiling. Keksalar yolg‘iz qolmasligi kerak. Bolalar esa cho‘milishga qochib ketishi mumkin. Xabardor bo‘lib turing;
▪️
Issiqda vahima qilmang. Yuqori harorat oldin ham bo‘lgan, bo‘lyapti, yana bo‘ladi. Bu vaqtincha deya qabul qiling. Faqat e’tiborli bo‘ling;
▪️
Mashinangiz bo‘lsa, issiqda ko‘chada turganlarni olib keting, uzog‘ini yaqin qiling. Pul olmang, yana topilar.
➖
Batafsil o‘qing
➡️
Sirdaryo
❗️
Bugun soat 15:00 dan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlanadi
Bugun, 27 iyul soat 15:00 dan boshlab fuqarolar ipoteka krediti bo‘yicha davlat subsidiyasini olish uchun ariza topshirishi mumkin.
Arizalar
my.gov.uz
portali, myGov Mobile ilovasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Subsidiya olish uchun oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan mezonlarga mos bo‘lishi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi talab etiladi.
➡️
Sirdaryo
Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.
Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor
bo‘ldi
.
Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!
➡️
Sirdaryo
Sirdaryo tumanida aholi muammolari o'rganildi
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan Sirdaryo tumani Adolat mahallasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o'tkazildi.
👉
Batafsil
➡️
Sirdaryo
🎓
OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash boshlandi
25-iyuldan test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar OTM, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
5 tagacha oliygoh va yo‘nalishni tanlash mumkin. Kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklini belgilash imkoniyati mavjud.
Tanlov
my.uzbmb.uz
platformasi orqali amalga oshiriladi.
Tanlovlarni 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Muddat tugagach, o‘zgartish kiritish imkoni bo‘lmaydi.
➡️
Sirdaryo
📹
Guliston shahrida o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabuli
➡️
Sirdaryo
🎞
Sirdaryo tumanining Paxtakor mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Prezidentning Sirdaryo viloyati bo‘yicha Xalq qabulxonasi tomonidan Sirdaryo tumanining Paxtakor mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida o‘tgan muloqot davomida fuqarolardan jami
125 ta murojaat
kelib tushdi.
Murojaatlarning asosiy qismi uylarni rasmiylashtirish, yo‘llarni ta’mirlash va ijtimoiy masalalarga taalluqli bo‘ldi.
📊
Yo‘nalishlar (sohalar) kesimida:
🔹
Uy-joy va kadastr masalalari:
35 ta
(hujjatlashtirish, xususiylashtirish, turar joy ajratish va subsidiya)
🔹
Yo‘llar va infratuzilma:
17 ta
(ichki yo‘llarni asfalt qilish, bekat va bolalar maydonchasi qurish)
🔹
Bandlik va ijtimoiy ko‘mak:
14 ta
(ishga joylashish va moddiy yordam)
🔹
Kommunal soha:
12 ta
(ichimlik suvi tarmog‘i, elektr ta’minoti va simyog‘ochlar)
🔹
Moliya, kredit va ish haqi:
11 ta
(to‘lanmay qolgan ish haqilarini undirish, bank kreditlari va subsidiyalar)
🔹
Sog‘liqni saqlash:
9 ta
(davolanish va tibbiy yordam ko‘rsatish)
🔹
Yer masalalari va qishloq xo‘jaligi:
5 ta
(ijara yer va fermerlik masalalari)
🔹
Boshqa ijtimoiy-huquqiy masalalar:
22 ta
📍
Mahallalar kesimida eng ko‘p murojaat tushgan hududlar:
🔹
Orzu MFY:
10 ta
🔹
Paxtakor MFY:
6 ta
🔹
Shirin MFY:
6 ta
🔹
Oqibat MFY:
5 ta
🔹
Quyosh MFY:
5 ta
🔹
Bunyodkor, Intilish va Ilg‘or MFYlar:
4 tadan
(Qolgan murojaatlar tuman va viloyatning boshqa mahallalari hamda tutash hududlar hissasiga to‘g‘ri keldi).
Sayyor qabul davomida har bir murojaat mas’ul mutasaddi va tashkilotlar biriktirilgan holda nazoratga olindi. Joyida hal etish imkoni bo‘lgan masalalar qanoatlantirildi, muddat talab etadigan jarayonlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.