
Sirdaryo.uz
‼️
‼️
‼️
#Йил_ўқитувчиси
✅
“Yil o‘qituvchisi” tanlovining SIRDARYO VILOYATI g‘oliblari
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.
—
Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
📢
ЭЪЛОН
Азиз сирдарёликлар!
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Сирдарё вилоятидаги Халқ қабулхонасида вилоят ҳокими ва ўринбосарларининг жисмоний ва юридик шахслар вакиллари учун шахсий қабуллари қуйидаги тартибда ўтказилади:
📅
21 сентябрь, душанба
🕙
08:00–12:00
— вилоят ҳокими
Эркинжон Турдимов
.
📅
22 сентябрь, сешанба
🕙
10:00–12:00
— вилоят ҳокимининг биринчи ўринбосари
Фахриддин Қўшақов
.
📅
23 сентябрь, чоршанба
🕙
10:00–12:00
— вилоят ҳокимининг қурилиш, тўсиқларсиз муҳит яратиш, коммуникациялар, коммунал хўжалик, экология ва кўкаламзорлаштириш масалалари бўйича ўринбосари
Алишер Хидиров
;
🕒
15:00–17:00
— вилоят ҳокимининг ўринбосари — Оила ва хотин-қизлар бошқармаси бошлиғи
Наргиза Тожибоева
.
📅
24 сентябрь, пайшанба
🕙
10:00–12:00
— вилоят ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари — вилоят Қишлоқ хўжалиги бошқармаси бошлиғи
Аброр Хидиров
;
🕒
15:00–17:00
— вилоят ҳокимининг жамоат ва диний ташкилотлар билан алоқалар бўйича ўринбосари
Фарохиддин Раҳимов
.
📅
25 сентябрь, жума
🕙
10:00–12:00
— вилоят ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари
Отабек Мавлонбердиев
;
🕒
15:00–17:00
— вилоят ҳокимининг туризм масалалари бўйича ўринбосари
Дилобар Каттабекова
.
❗️
Сизни қийнаётган муаммолар, таклиф ва мулоҳазаларингиз бўлса мурожаат қилишингиз мумкин.
📍
Манзил:
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Сирдарё вилоятидаги Халқ қабулхонаси.
Сирдарё вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати
📢
Ички ишлар тизимига оид савол ёки мурожаатингиз борми?
Бугун,
20 сентябрь куни
, аҳоли мурожаатларини бевосита ўрганиш мақсадида Сирдарё вилояти ИИБ бошлиғи
Сардор Мирзараимовнинг навбатдаги сайёр қабули
ўтказилади.
Агар ички ишлар органлари фаолиятига оид муаммо, савол, таклиф ёки мурожаатингиз бўлса, қабулда иштирок этиб, уни бевосита вилоят ИИБ бошлиғига билдиришингиз мумкин.
📍
Манзил:
Сирдарё вилояти ИИБ биноси, Гулистон шаҳри, И.Каримов кўчаси, 1-уй
🕙
Бошланиш вақти:
соат 10:00
Dual ta’lim dasturi yordamida agrar soha uchun yangi avlod mutaxassislari tayyorlanmoqda
🟢
“Yangi agronom” dasturi
doirasida Toshkent davlat agrar universiteti
Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti talabalari
dual ta’limning amaliy bosqichini bevosita ishlab chiqarish sharoitida davom ettirmoqda. Navbatdagi amaliy jarayon
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Farg‘ona hududidagi “Bobur” qishloq xo‘jaligi klasterida
davom etmoqda.
🚜
Talabalar dalaning o‘zida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ishlash, ularni boshqarish, agrotexnologik jarayonlarni kuzatish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ya’ni, auditoriyada o‘rganilgan bilimlar bu yerda
real ishlab chiqarish jarayoniga aylanmoqda.
➡️
Amaliyot jarayonida
TDAU rektori Narzullo Oblomurodov
,
Oqoltin tumani hokimi Husnitdin Suvonov
hamda
“Bobur” qishloq xo‘jaligi klasteri rahbari Shavkat Muqimov
talabalar bilan uchrashib, ularning amaliy mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi va yoshlar bilan suhbatlashdi.
✅
“Yangi agronom” dasturi doirasida dual ta’lim orqali talabalar nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonidagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirmoqda.
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram
|
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
Kelasi yili
qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.
Prezidentimiz shoirning
“Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari
bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.
Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish
muhimligi qayd etildi.
Kelgusi yili
Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash
taklifi bildirildi.
Mutasaddilarga bir oyda
keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash
topshirildi.
Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda
ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish
masalasiga e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari asosiy maqsad
har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish
ekanini ta’kidladi.
Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish
orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish
mumkin.
Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan
ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi
qayd etildi.
Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish,
har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish
muhim.
Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi
,
tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi
qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qoraqalpog‘istonda
yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.
Nukusdagi markaziy shifoxonada
jigar va buyrak transplantatsiyasi
amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida
150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat
ko‘rsatilmoqda. Shu yil
bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.
Hududda
tibbiy sug‘urta mexanizmi
joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga
10 million dollarlik jihozlar
olib berildi.
O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi
soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.
Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib,
Universitet tibbiy klasteri
tashkil qilinadi.
Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlarga to‘lanayotgan 200 foizgacha oylik ustama
1-yanvardan
Bo‘zatov
va
Taxtako‘pirda ham joriy etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qoraqalpog‘istonda
maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan.
Biroq
Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli
va
Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi
qayd etildi.
Endi
Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.
Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini
ta’kidladi.
Texnikumda “
Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi
joriy etilgan bo‘lib,
bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.
Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda
37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda.
Ushbu uskunalarni olgan
4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.
Yangi yildan
Amudaryo, Beruniy, Chimboy
va
Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.
1-oktabrdan
asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.
“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash
bo‘yicha
yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.
Facebook
|
Instagram
|
X