Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Siyosatshunoslik

siyosatshunoslik_1
- Siyosatshunos Shoxislombek Sharobiddinovning "Siyosiy fanlar"ga oid muhim fakt, tahlil va tadqiqodlarni o'zida jamlagan ilmiy-siyosiy kanali. Yangiliklar kanali: https://t.me/liberalist_uz Kutubxona: https://t.me/politicorium
Subscribers
923
24 hours
1
30 days
-8
Post views
1 659
ER
1,8%
Posts (30d)
Characters in post
1 601
June 14, 06:39

Siyosatda o‘zgarmas 5 asosiy qonuniyat
Siyosat o‘zgaruvchan va murakkab soha bo‘lib tuyuladi. Ammo tarixiy tajriba, nazariy tahlillar va real voqealar shuni ko‘rsatadiki, siyosiy maydonda ayrim qonuniyatlar doimiy amal qiladi. Ular siyosiy harakatlarni tushunishda, tahlil qilishda va hatto bashorat qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Quyida shunday beshta fundamental qonuniyat keltirib o'tiladi.
1️⃣
Kuch muvozanati qonuniyati
Har qanday davlat yoki siyosiy kuch o‘z raqiblaridan kuch jihatidan orqada qolmaslikka harakat qiladi. Kuchlar o‘rtasidagi nomutanosiblik ziddiyatlarni keltirib chiqaradi, tenglik esa murosaga undaydi.
(Manba: Hans Morgenthau – “Politics Among Nations” (1948); Kenneth Waltz – “Theory of International Politics” (1979))
2️⃣
Milliy manfaat ustuvorligi qonuniyati
Davlatlar hamisha o‘z manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Gumanitar yordam, xalqaro huquq yoki axloqiy shiorlar ortida ham strategik yoki iqtisodiy foyda yotgan bo‘ladi. Diplomatiya, urush yoki ittifoqlar – barchasi manfaatlar atrofida quriladi.
(Manba: Niccolò Machiavelli – “Il Principe” (1532); Raymond Aron – “Peace and War” (1962))
3️⃣
Hokimiyatni qo‘lga olish va saqlab qolish qonuniyati
Siyosiy kuchlar hokimiyatga intiladi va unga erishgach, uni yo‘qotmaslik uchun har qanday chorani ko‘rishga tayyor bo‘ladi. Bu qonuniyat, ayniqsa, avtoritar tuzumlar va siyosiy elitachilikda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
(Manba: Machiavelli – “Hokim” (1532); Robert Michels – “Political Parties” (1911); Gaetano Mosca – “The Ruling Class” (1896))
4️⃣
Siyosiy legitimlik zarurati qonuniyati
Har qanday hokimiyat qonuniy ko‘rinishga ega bo‘lishga intiladi. Saylovlar, konstitutsiyaviy islohotlar yoki mafkuraviy dalillar orqali o‘zini “xalq vakili” sifatida ko‘rsatish harakati bu qonuniyatni tasdiqlaydi. Legitimlik – boshqaruvga bo‘lgan ijtimoiy rozilikni anglatadi.
(Manba: Max Weber – “Economy and Society” (1922); David Beetham – “The Legitimation of Power” (1991))
5️⃣
Axborot ustidan nazorat – siyosiy nazorat qonuniyati
Axborotni nazorat qilgan siyosiy kuch omma ongini ham boshqaradi. Bugungi kunda bu qonuniyat PR texnologiyalar, media, algoritmlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilmoqda. Axborot vositalari – zamonaviy siyosatning qudratli quroli.
(Manba: Noam Chomsky & Edward Herman – “Manufacturing Consent” (1988); Jürgen Habermas – “The Structural Transformation of the Public Sphere” (1962))
Siyosatshunoslik...

May 22, 09:32

Yolg'on qanchalik mantiqiy bo'lsa shuncha ishonchli bo'ladi
Yolgʻon hech qachon tasodifan paydo boʻlmaydi. U doimo ongli tanlov, ichki hisob-kitob, maqsad va strategiyaga umuman mantiqqa asoslanadi. U tashqi ko‘rinishdan haqiqatga o‘xshaydi, ammo ichki mohiyati bo‘yicha undan butunlay farqlanadi. Har qanday ishonarli yolgʻon ham o‘z kuchini aynan shu o‘xshashlikdan oladi. Yolg'on faqat haqiqatga o‘xshab ko‘rinibgina qolmay, balki uni qisman ichiga singdirgan va soxta asoslar bilan qoplagan bo‘ladi. Bu xususiyati sababli yolgʻon ko‘pincha haqiqatga nisbatan yanada ko‘proq qabul qilinadi — chunki u haqiqatdan ko‘ra yoqimli, maqbul va emotsional ehtiyojlarga mos keluvchi shaklda taqdim etiladi. Ayniqsa siyosiy kontekstda yolgʻon shunchaki tasodiyif axborot buzilishi emas, balki ongli tarzda tanlangan strategik vosita sifatida siyosiy maydonga qo'llaniladi.
Immanuil Kant, yolgʻonning ashaddiy tanqidchisi sifatida, uni har qanday sharoitda ham mutlaqo axloqiy jihatdan notoʻgʻri deb hisoblagan. Kantga koʻra, inson harakatlari oqibatiga qarab emas, balki qanday axloqiy prinsipga asoslanganiga qarab baholanishi lozim. Yolgʻon, hatto foydali yoki kimnidir himoya qilish uchun aytilgan boʻlsa ham, baribir axloqiy jihatdan nomaqbul harakat hisoblanadi. Kantning “kategorik imperativ” degan mashhur axloqiy tamoyiliga koʻra, har bir inson shunday harakat qilishi kerakki, uning harakati universal qonun darajasiga koʻtarilishi mumkin boʻlsin. Agar yolgʻon gapirish barchaga ruxsat etilsa, jamiyatda ishonch, aloqa, hatto muloqotning oʻzi ham barbod boʻladi. Shu sababli, yolgʻon bu nafaqat shaxsiy xato, balki ijtimoiy tuzumga xavf soluvchi buzilishdir — u insoniyat sha’nini xoʻrlaydi, odamlarni vosita sifatida ishlatadi, ularni haqiqatdan mahrum qiladi deya ta'kidlaydi Kant.
Fridrix Nitsshe esa bu masalaga butunlay teskari yondashadi. Uning fikricha, insoniyat hech qachon sof haqiqatda yashamaydi, balki har doim o‘ziga qulay bo‘lgan illuziyalarni tanlaydi. “Haqiqat — bu unutilgan yolgʻondir” degan iborasi orqali u shuni nazarda tutadiki, hozir biz “haqiqat” deb biladigan ko‘plab tushunchalar avval boshda inson aqli yoki jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan ixtirolardir. Vaqt o‘tishi bilan ular shu darajada ko‘p takrorlanganki, biz ularni haqiqat deb qabul qilamiz deydi. Nitshe yolgʻonni inson ongining faol ijodiy mahsuli sifatida ko‘radi. Yolgʻon, uning nazarida, hayotni bardavom qiluvchi zarur vositadir: inson voqelikning ogʻir yukiga bardosh bera olmasligi sababli uni go‘zallashtiradi, qayta izohlaydi, yashiradi. Haqiqat — bu kuchsizlar istagi, yolgʻon esa kuchlilar quroli. Shu sababli, Nitshe axloqiy nuqtai nazardan emas, ekzistensial haqiqatga sodiqlik nuqtai nazaridan haqiqat va yolgʻonni baholaydi.
Yolgʻon gapirish oson emas, chunki u haqiqatga juda yaqin boʻlishi kerak. Har bir tafsilot oʻzaro mos bo‘lishi, hech qanday ziddiyat tug‘dirmasligi va haqiqatning umumiy mantiqiy mohiyatiga mos kelishi kerak. Yolgʻon gapirish — bu bilimsizlik emas, balki aynan bilgan holda haqiqatni buzish, uni kerakli shaklga keltirish, ijtimoiy muhitga yoki siyosiy tizimga moslashtirishdir. Bu esa katta intellektual mehnatni, foresayting qilish qobiliyatini, ijtimoiy psixologiyani chuqur bilish va tushunishni talab qiladi.
Siyosatshunoslik...

May 12, 06:43

Yangi elitani shakllanishi va hokimiyatni egallashi (1-qism) Jamiyatda mavjud elita uzoq vaqt hukmronlik qilganda, vaqt o‘tishi bilan u o‘zining dastlabki faoliyati, qobiliyati va moslashuvchanligini yo‘qota boshlaydi. Vilfredo Pareto buni "elitalarning almashinuvi…

May 06, 07:08

Elita almashinuvi nazariyasiga ko‘ra: elitlar qanday paydo bo‘ladi, qanday qilib hokimiyatga ega bo‘ladi va uni qanday yo‘qotadi? Elita almashinuvi nazariyasi — klassik elita nazariyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, jamiyatdagi hokimiyat egalarining…

April 30, 05:09

Elita almashinuvi nazariyasiga ko‘ra: elitlar qanday paydo bo‘ladi, qanday qilib hokimiyatga ega bo‘ladi va uni qanday yo‘qotadi?
Elita almashinuvi nazariyasi — klassik elita nazariyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, jamiyatdagi hokimiyat egalarining tarkibi doimiy ravishda o‘zgarib borishini, ya’ni elitalarning muqarrar ravishda almashinib turishini asoslaydi. Ushbu konsepsiya XX asr boshlarida Vilfredo Pareto, Gaetano Mosca va Robert Michels tomonidan nazariy jihatdan asoslangan bo‘lsa, keyinchalik C. Wright Mills va Peter Turchin singari zamonaviy olimlar tomonidan yanada chuqurlashtirilgan.
Har qanday murakkab jamiyatda hokimiyatni qo‘lida tutuvchi guruh — ya’ni elita — mavjud bo‘ladi. Ular siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy jihatdan jamiyatning eng yuqori pog‘onalarini egallab, strategik resurslar va qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘ladilar. Biroq, bu guruhlar abadiy saqlanib qolmaydi: vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rnini boshqa guruhlar — yangi elitalar egallaydi. Bu dinamik jarayon "elitalarning aylanishi" (circulation of elites) deb nomlanadi va ijtimoiy barqarorlikning muhim omili sifatida talqin qilinadi.
Vilfredo Pareto elita almashinuvi nazariyasining otasi sanaladi. U "tulki" va "arslon" tipidagi elitalar o‘rtasidagi navbatma-navbat almashuv orqali jamiyatda muvozanat saqlanishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, agar mavjud elita o‘zini yangilay olmasa, bu jamiyatning siyosiy inqirozga yuz tutishiga olib keladi.
Gaetano Mosca "siyosiy sinf" tushunchasini ilgari surib, jamiyatda hokimiyat doimo oz sonli kishilar qo‘lida bo‘lishini nazariy jihatdan asoslaydi. Unga ko‘ra, bu sinf o‘z pozitsiyasini saqlab qolish uchun qonunchilik, mafkura va institutlar orqali o‘z hukmronligini "tabiiy va adolatli" sifatida ko‘rsatadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu sinf quyi qatlamlardan yangi vakillarni qabul qilib, o‘zini yangilab turadi.
Robert Michels esa "oligarxiyaning temir qonuni" (iron law of oligarchy) tushunchasini ilgari surgan. U shunday xulosa qiladi: hatto eng demokratik ko‘rinishdagi tashkilotlar ham, oxir-oqibat, oz sonli, doimiy almashmaydigan rahbarlar guruhiga — oligarxiyaga — aylanadi. Bunga tashkilot ichida bilim, tajriba, ma’lumot va vaqt bo‘yicha tengsizlik sabab bo‘ladi.
Siyosatshunoslik...

April 23, 07:15

Odamlar qanday qilib bo‘ysunishga o‘rgatiladi?
Ko‘p odamlar siyosat haqida gapirganda, faqat hozirgi rahbarlar yoki qonunlar haqida bahs yuritadi. Ammo ko‘pincha, bu qabul qilingan qarorlar qayerdan paydo bo‘layotgani, ularning tagida qanday tarixiy ildizlar yotganini unutishadi. Shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo davlatlaridagi qabul qilinayotgan va amalga oshirilayotgan ko‘plab siyosiy qarorlar — bu faqat bugunning mahsuli emas. Balki asrlar davomida shakllangan ijtimoiy, siyosiy va psixologik munosabatlarning natijasidir. Aynan shularni tushunmasdan turib, nima sababdan ba’zi rahbarlar mustaqil qaror qabul qilolmasligini yoki qabul qilingan qarorlarni amalga oshira olmasligini tushunib bo‘lmaydi. Shunday jarayonlardan biri — psixologik kastratsiya hisoblanadi.
Bu atama psixoanaliz asoschisi Zigmunt Freyd tomonidan “The Ego and the Id” asarida ilgari surilgan. Unga ko‘ra, bola yoshlikdan nazorat ostida o‘sganligi uchun, katta bo‘lganida ham mustaqil qaror qilishda qiynaladi. Chunki ichki nazoratchi — “super-ego” — doimo ogohlantiruvchi signal beradi: “xato qilsang, jazolanishing mumkin.” Bu holat yillar o‘tib, hatto rahbar darajasiga chiqqanda ham saqlanib qoladi. Odam tashabbus ko‘rsatgisi keladi, lekin yuragining bir chekkasida unga qarshi kurashayotgan ichki qo‘rquv mavjud bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda bu jarayon tarixiy sabablarga ko‘ra ayniqsa chuqur ildiz otgan. Sovet Ittifoqi davrida mintaqa davlatlarida har bir siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy qaror markaz — ya’ni Moskva tomonidan belgilangan. Mustaqillikdan so‘ng siyosiy mustaqillik qo‘lga kiritildi, biroq ongdagi bo‘ysunuvchanlik ruhi saqlanib qoldi. Rahbarlar ko‘pincha tashabbus qilish o‘rniga kutishga odatlangan, “yuqoridan ruxsat bo‘lmas ekan, yuqoridan buyuq keldi, bizga bog'liq emas” degan fikr saqlanib qolgan. Lekin bu holat faqat Sovet davrida shakllanmagan. Yana orqaga qarasak — xonliklar davrida, ya’ni Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari davrida ham hokimiyatga bo‘lgan munosabat vertikal bo‘lgan: hokimiyat so‘zsiz bo‘ysunishni talab qilingan. Xonlar qarshilikni emas, itoatni qadrlagan. Shu sababli xon atrofida asosan maddoh amaldorlar to'plangan. Ortiqcha fikr bildirgan, tanqid qilgan shaxslar lavozimdan ayrilgan yoki og'ir jazolarga duch kelgan. Shunday ruhda siyosiy madaniyat jamiyat ongiga doimiy singib kelgan: hukumat — bu buyruq beruvchi; oddiy odam — bu itoat qiluvchi. Bu qarashlar keyingi siyosiy tizimlarga ham ta’sir qilgan.
Bu jarayonni tahlil qilishda postmustamlakachilik nazariyasi (postcolonial theory) muhim o‘rin tutadi. Edward Said "Orientalism" asarida G‘arb Sharqni doim zaif, his-tuyg‘uga berilgan va bo‘ysunuvchi tarzda tasvirlaganini ko‘rsatadi. Eng og‘riqli jihati shundaki, vaqt o‘tib, bu tasvirlar Sharq xalqlarining ongiga ham singadi. Ular o‘zlarini mustaqil qaror qabul qiluvchi emas, balki doim boshqalarning rahbarligiga muhtoj deb his qila boshlaydi. Natijada, tashqi kuchlarga ishonch kuchayadi, lekin o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch so‘nadi.
Bu ruhiy holat keyinchalik rahbarlar faoliyatida ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, Harold Lasswell o‘zining Power and Personality asarida siyosiy liderlarning qarorlariga ularning ichki ruhiy holati — qo‘rquv, ishonchsizlik, o‘ziga nisbatan shubha — qanday ta’sir qilishini tahlil qiladi.
Siyosatshunoslik...

April 09, 04:08

Elitalar nazariyasi: Jamiyatni kim boshqaradi?
Elitalar nazariyasi — bu siyosiy sotsiologiyada shakllangan yondashuv bo‘lib, unga ko‘ra har qanday jamiyatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hokimiyat aslida oz sonli, qudratli guruh — ya’ni elita qo‘lida to‘plangan bo‘ladi.
Nazariyaga ko'ra asosiy tamoyillar:
- Jamiyatda tenglik yoki to‘liq demokratiya hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi.
- Har doim qaror qabul qiluvchi, resurslarni nazorat qiluvchi elita mavjud bo‘ladi.
- Xalq ommasi esa siyosiy ishtirokda passiv bo‘lib qoladi.
Elitalar nazariyasi XIX–XX asr boshlarida Yevropada shakllangan. Bu g‘oya jamiyatdagi haqiqiy hokimiyat qanday taqsimlangani haqidagi dastlabki g'oyalardan birini ilgari surgan. Elitalar nazariyasiga ko'ra uni shakllanish jarayonidagi asosiy ta'limotchilar quyidagilardan iborat:
🔹
Vilfredo Pareto (1848–1923) – italyan iqtisodchisi va sotsiologi. U elitalarning doimiy almashinuvi haqidagi g‘oyani ilgari surdi: "Tarixda eski elita qulaydi, lekin uni yana boshqa elita egallaydi – xalq emas."
🔹
Gaetano Mosca (1858–1941) – siyosiy nazariya asoschilaridan biri. U jamiyatlarni doim “hukmron ozchilik” va “boshqariluvchi ko‘pchilik”ga bo‘ladi, deb hisoblagan.
🔹
Robert Michels (1876–1936) esa "Oligarxiyaning temir qonuni"ni ishlab chiqqan: "Ijtimoiy harakatlar demokratik bo‘lib boshlanadi, lekin vaqt o‘tib, ular ham ozchilik rahbarlar qo‘lida jamlanadi."
Elitalar turlicha bo‘lishi mumkin:
- Siyosiy elita – davlat rahbarlari, partiya yetakchilari
- Iqtisodiy elita – moliyaviy resurslarga ega biznes doiralari
- Harbiy elita – armiyani boshqaruvchi yuqori martabali zobitlar
- Madaniy/axborot elita – ommaviy axborot vositalari va ta’lim tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchilar
Siyosatshunoslik...

April 07, 07:24

Zamonaviy siyosatshunoslikda asosiy nazariy yondashuvlar
1. Ratsional tanlov nazariyasi – Siyosiy qarorlar, odatda, foyda va zararlarni baholashga asoslanib qabul qilinadi. Saylovchilar o‘z manfaatlariga mos keladigan nomzodga ovoz beradilar.
2. Struktural-funksionalizm – Har bir siyosiy institut, tizim barqarorligini ta'minlash uchun muayyan funksiyalarni bajaradi. Bu yondashuv siyosiy tizimni tirik organizm sifatida ko‘radi.
3. Behavoralizm – Siyosiy jarayonlarni tahlil qilishda individual va guruh xatti-harakatlari, shuningdek, statistik ma’lumotlarga e'tibor qaratiladi. Bu yondashuv empirik tadqiqotlarga asoslanadi.
4. Yangi institutsionalizm – Institutlar nafaqat qonuniy, balki madaniy, tarixiy va ijtimoiy omillar ta'sirida shakllanadi. Bu nazariya institutlarning jamiyatdagi rolini va ularning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni ko‘rsatadi.
5. Konstruktivizm – Real siyosiy vaziyatlar, odamlar o‘rtasidagi muloqot va ijtimoiy identitet orqali shakllanadi. Bu nazariya siyosiy voqealarni tushunishda insonlararo munosabatlarni muhim deb biladi.
6. Elitalar nazariyasi – Siyosiy qarorlar ko‘pincha keng aholi manfaatlariga emas, balki oz sonli siyosiy va iqtisodiy elitalar manfaatlariga xizmat qiladi. Bu yondashuv kuch va resurslarni boshqarishga e'tibor qaratadi.
7. Pluralizm – Siyosiy hokimiyat bir markazda emas, balki turli manfaatdor guruhlar o‘rtasida taqsimlanadi. Qarorlar raqobat va murosa orqali shakllanadi, bu esa demokratik jarayonlarni rivojlantiradi.
8. Bog‘liqlik nazariyasi – Rivojlangan davlatlar sobiq mustamlakalarini iqtisodiy jihatdan o‘ziga qaram holda saqlashga intilishadi. Bu nazariya global iqtisodiy bog‘liqlikni tushuntiradi.
9. Jahon tizimi nazariyasi – Global iqtisodiy tizimda mamlakatlar yadro, yarim periferiya va periferiya sifatida ierarxik joylashadi. Bu yondashuv iqtisodiy va siyosiy kuchlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganadi.
10. Feministik siyosiy nazariya – Siyosiy tizimlarni tahlil qilishda gender tengligi va patriarxal tuzumlarga qarshi tanqidga e'tibor qaratiladi. Bu nazariya gender masalalarini siyosiy jarayonlarda hisobga olish zaruratini ta'kidlaydi.
Siyosatshunoslik...

April 05, 18:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

#iqtibos
"Siyosatda nafaqat haqiqatni, balki har bir odamning manfaatlarini ham ko‘rish kerak."
#Otto_fon_Bismark
Siyosatshunoslik...

March 22, 17:57

📌
Mukofot orqali jazolash (Co-optation) strategiyasini amalga oshirish bosqichlari
🔎
1. Strategik asosni ishlab chiqish

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muhitni chuqur tahlil qilish

Elitalar konfiguratsiyasini o‘rganish va ularning manfaatlarini aniqlash…