Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
#korrupsiya
Qarmoq qoʻygan — oʻzi ilindi: qonun aylanma yoʻlni tan olmaydi
Hayotda shunday “ziyraklar” ham borki, ular qonunni chetlab oʻtishni emas, balki uni “aylanib oʻtishni” sanʼat darajasiga chiqarmoqchi boʻladi. Ammo qonun — aylana yoʻl emas, u doira: qaysi tomondan yurmang, oxiri baribir oʻzingizga qaytib keladi.
Soliq mobil ilovasi — adolatga eltuvchi qulay koʻprik. U orqali har bir fuqaro qonunbuzilishni bildirib, jamiyatda tartib va shaffoflikni mustahkamlashga hissa qoʻshishi mumkin. Lekin, afsuski, ayrimlar bu imkoniyatni “oson daromad” manbai deb tushunib, rost bilan yolgʻonni aralashtirib yuborishmoqda.
Jizzax shahridagi fuqaro A.X. ham ana shunday “faollar”dan biri boʻlib chiqdi.
U savdo nuqtalariga kirib, chek berilmadi, qonun buzildi deya ketma-ket murojaatlar yozavergan. Shunchalik koʻpki, hatto soliqchida ham “bu yerda nimadir notoʻgʻri” degan his paydo boʻlgan.
Soliq idorasi xodimi uni hurmat bilan chaqirib, “faollik ham meʼyor bilan goʻzal” deb tushuntirgan. Ammo bizning “qahramon” buni boshqacha tushunibdi: murojaatni kamaytirish uchun “kichikgina ragʻbat” — 10 million soʻmlik telefon soʻragan.
Mana shu yerda hayotning yumori boshlanadi: u boshqalarni “qarmoqqa ilintirmoqchi” edi, ammo oʻzi ilon deb oʻylagan narsa qarmoq boʻlib chiqdi. Soliqchi vaziyatni toʻgʻri baholab, tegishli idoralarga xabar berdi.
Va “murojaat ustasi” Jizzax shahar IIB hamda Soliq boshqarmasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida pora olayotgan paytida qoʻlga tushdi.
Biz koʻpincha davlat xizmatchisi pora olsa, qattiq norozilik bildiramiz — bu toʻgʻri. Ammo fuqaro pora talab qilsa-chi? Bu ham oʻsha tanganing ikkinchi tomoni emasmi? Adolat — bir tomonlama emas, u ikki tarafga ham bir xil qaraydi.
Xulosa oddiy, lekin oʻylantiradi: qonunni aldashga urinish — xuddi soyadan qochishdek. Qancha tez yugurmang, u sizdan uzoqlashmaydi. Balki toʻxtab, yuzma-yuz qarashgan maʼquldir. Shunda ham kulgudan, ham xulosadan nasibador boʻlamiz.
Ogoh boʻling odamlar!!!
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#eʻtirof
Ishonch, adolat va xizmat — kelajak poydevori
Ular — xalq ishonchiga munosib boʻlishni hayot mazmuniga aylantirgan insonlar. Ular uchun bugungi mehnat — ertangi farovonlikka qoʻyilgan mustahkam poydevordir. Xalq ularga ishonadi, chunki ular adolatni his etadi, qonunni esa nafaqat talab, balki vijdon mezoni sifatida qabul qiladi.
Soliqchi — bu shunchaki nazorat qiluvchi emas. U — jamiyat va davlat oʻrtasidagi ishonch koʻprigi. Uning har bir qarorida qonun ustuvorligi, har bir harakatida xalq manfaati mujassam. Shu boisdan ham u doimo xalqqa xizmat qilishni oʻz burchi, oʻz sharafi deb biladi.
Kuni-kecha 28 nafar fidoyi soliqchi Soliq qoʻmitasi rahbarining yuksak eʼtirofiga sazovor boʻldi. Bu — oddiy mukofot emas, bu — ishonchga berilgan yuksak baho, sidqidildan qilingan mehnatning eʼtirofi.
Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan “Tekshirishdan — servisga” tamoyili esa bu sohada yangi davrni boshlab berdi. Bu gʻoya — faqat shior emas, balki butun tizimning falsafasiga aylangan yoʻnalishdir. Endi soliq idoralari nazoratchi emas, balki koʻmakchi, jazolovchi emas, balki yoʻl koʻrsatuvchiga aylanmoqda.
Ana shu yuksak gʻoyalarga sodiq qolgan, zamon bilan hamnafas boʻlgan ushbu xodimlar — islohotlarning haqiqiy yurak urishi, kelajakning ishonchli posbonlaridir. Ular orqali davlat siyosati hayotga tatbiq etilmoqda, ular orqali xalq va davlat oʻrtasidagi ishonch yanada mustahkamlanmoqda.
Shunday insonlar bor ekan — kelajak ravshan, taraqqiyot bardavom, ishonch mustahkam.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
Bozorda qonuniylik — asosiy mezon
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya qilib berilib, barcha hududlarda ishni shu tartibda tashkil qilish topshirilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Buxoro shahrida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, Buxoro shahar hokimligi hamda shahar soliq inspeksiyasi masʼullari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Markaziy dehqon bozorida monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida xufiyona iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish maqsadida bozor hududi to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazilib, savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subyektlarning huquqiy maqomi chuqur tahlil qilindi. Jumladan, tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomalari, faoliyat yuritish uchun zarur ruxsatnomalari hamda QR-kod orqali identifikatsiya qilinuvchi ma’lumotlarining mavjudligi va haqqoniyligi qat’iy nazorat qilindi.
Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish, fiskal intizomni mustahkamlash, soliq bazasini kengaytirish hamda noqonuniy savdo faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Jarayonda aniqlangan kamchiliklarlarni bartaraf etish choralari ham koʼrildi.
Mazkur tadbirlar xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
#raqamlashtirish
#EHF
I-chorakda
Buxoro viloyatida EHF orqali tovar aylanmasi
11,2 trln so‘mni
(QQS bilan)
tashkil etdi
2026-yilning yanvar-mart oylarida
Buxoro viloyatida elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanuvchilar jami tovar aylanmasi 11,2 trln so‘mni
(QQS bilan)
tashkil
etgan
.
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qoʻmitasi tomonidan goʻyoki umumiy ovqatlanish sohasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) nol stavkasi joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan maʼlum qilamizki, mazkur soha vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda umumiy ovqatlanishni qoʻllab-quvvatlashning turli yondashuvlari hamda xalqaro tajriba muhokama qilindi. Xususan, ayrim davlatlarda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun QQS boʻyicha imtiyozli shartlar qoʻllanilishi misol tariqasida keltirildi. Bunda, odatda, bunday imtiyozlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan muayyan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻladi, jumladan, xodimlar soni, ish haqi darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha talablar nazarda tutiladi.
Shu bilan birga, alohida taʼkidlash joizki, mazkur masala doirasida faqat xorijiy tajribani oʻrganish va sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ehtimoliy yondashuvlarni koʻrib chiqish haqida soʻz yuritildi. Hozirgi bosqichda umumiy ovqatlanish sohasi uchun QQSning nol stavkasi joriy etilishi boʻyicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilingani yoʻq.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga mazkur sohani qoʻllab-quvvatlash yuzasidan oʻz takliflarini taqdim etish taklif qilindi. Ushbu takliflar har tomonlama oʻrganilganidan soʻng, biznes va davlat manfaatlarini inobatga olgan holda eng maqbul qarorlar ishlab chiqiladi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
Ishchilar sonini yashirgan korxonalar aniqlanmoqda
Buxoroda viloyat soliq organlari tomonidan
“Tekshiruvdan – servisga” tamoyili asosida tadbirkorlik subektlariga tahlillar jarayonida qayd etilgan kamchiliklar tushuntirilmoqda
hamda ushbu kamchiliklar subektlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmoqda.
Misol uchun,
Buxoro shahridagi “XXX” nomli umumiy ovqatlanish korxonasining
xisobotida 60 ishchi
taqdim etilgan. Ammo soliq xizmati xodimlari tomonidan joyiga borib o‘rganilganda esa
qo‘shimcha 15 ta ishchi aniqlandi.
Tushuntirishlar natijasida tadbirkor ushbu ishchilarini ham keyingi oy xisobotiga qo‘shib qayta hisobot taqdim etadigan bo‘ldi.
Yana bir korxonalarning
hisobot buyicha 11 ta ishchi
, o‘rganish davomida esa
8 ta qo‘shimcha ishchisi borligi aniqlandi.
Jarayonda soliq to‘lovchiga norasmiy ishchilarining qonuniy faoliyat yuritishlarini ta’minlash va ishchilar sonini to‘g‘ri ko‘rsatgan holda qayta hisobot taqdim etish imkoni berildi.
Тelegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
KUN TA’RIFI
Ayol zoti azaldan jamiyatning ma’naviy ustuni, taraqqiyotning nafis va mustahkam tayanchi sifatida e’tirof etib kelingan. Bugun esa ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni yangi mazmun bilan boyib, faollik, bilim va mas’uliyat uyg‘unligida yanada yuksalmoqda.
Xususan, soliq tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar nafaqat o‘z kasbiy mahorati, balki halollik, sabr va adolatga sodiqligi bilan sohaning barqaror rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Ular o‘z mehnati orqali nafaqat iqtisodiy tizimga, balki jamiyatda ishonch va tartib-intizom muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Zero, ayolning faol ishtiroki bor joyda barqarorlik, taraqqiyot va insonparvarlik qadriyatlari yanada mustahkam qaror topadi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
✅
Soliq tizimida yangi bosqich: adolat va himoya kuchaymoqda
Mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Yangi qabul qilingan qonun aynan soliq tizimini yanada shaffof va adolatli qilishga xizmat qiladi.
❗️
Endilikda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Biroq muhim jihati shundaki – yetkazilgan zarar to‘liq qoplansa, javobgarlikdan ozod etish imkoniyati saqlanib qoladi.
✍️
Shuningdek, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha himoya mexanizmlari joriy etilmoqda. Endi ular sud va tergov jarayonlarida jamoat himoyachisi — ombudsman yoki Palata vakili orqali o‘z manfaatlarini himoya qilishi mumkin.
✅
Yana bir muhim yangilik — sudga qadar hisoblangan penya miqdori cheklanadi, yer olib qo‘yish bilan bog‘liq kompensatsiyalar esa daromad solig‘idan ozod etiladi.
❓
Bu o‘zgarishlar nima beradi?
🟡
halol ishlayotgan tadbirkor uchun kafolat;
🟡
soliq tizimida adolatli yondashuv;
🟡
iqtisodiyotda barqarorlik va ishonch.
⚡️
Yangi qonun soliq sohasini faqat nazorat emas, balki ishonch va himoyaga asoslangan tizimga aylantirishga xizmat qiladi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads